Transportda tashishda axborot tashuvchilarining xavfsizligi Axborotga ega bо‘lgan tashuvchilarni ruxsatsiz foydalanishdan, huquqsiz ishlatishdan va tashkilotning jismoniy chegaralaridan tashqarida transportda tashish vaqtida shikastlanishdan muhofaza qilish kerak.
Tashkilotlar о‘rtasida transportda tashiladigan axborot tashuvchilarini muhofaza qilish uchun quyidagi tavsiyalar kо‘rib chiqilishi kerak:
a) ishonarli tashuvchilar yoki kuryerlardan foydalanish kerak;
b) vakolatli kuryerlarning rо‘yxatini rahbariyat bilan kelishish zarur;
s) kuryerlarni identifikatsi qilishni tekshirish tartibini ishlab chiqish kerak;
d) о‘rov axborot tashuvchilarini transportda tashishda mumkin bо‘lgan har qanday jismoniy shikastlanishdan muhofaza qilish uchun yetarli bо‘lishi kerak va ishlab chiqaruvchilarning talablariga mos kelishi kerak (misol uchun dasturiy ta’minotning). Tashuvchilarning tiklash samaradorligini pasaytirishi mumkin bо‘lgan yuqori haroratning ta’siri, namlik yoki elektromagnit maydon kabi muhitning har qanday omillari ta’siridan muhofaza qilish zarur.
ye) konfidensial axborotni ruxsatsiz ochish yoki modifikatsiya qilishdan muhofaza qilish uchun zarur bо‘lganda, maxsus vositalar qо‘llanishi kerak. Masalan:
1) qulflanadigan konteynerlardan foydalanish;
2) shaxsan eltib berish;
3) bilintirmasdan buzish mumkin bо‘lmagan (ochish uchun har qanday urinish bilinadigan) о‘rovdan foydalanish;
4) istisno hollarda, jо‘natmani bir necha qismlarga bо‘lish va turli marshrutlar bilan jо‘natish.
Axborot ruxsatsiz foydalanish, notо‘g‘ri ishlatish yoki transportda jismonan tashish vaqtida buzilishi oqibatida buzilishi yoki komprometatsiya qilinishi mumkin, masalan, axborot tashuvchilarni pochta yoki kuryer orqali jо‘natishda axborot buzilishi mumkin.
Xabarlar bilan elektron almashinuv Elektron almashinuvda ishlatiladigan axborotni lozim darajada muhofaza qilish kerak.
Elektron almashinuvi xavfsizligi masalalari quyidagilarni о‘z ichiga olishi kerak:
a) xabarlarni ruxsatsiz foydalanishdan, modifikatsiya qilish yoki xizmat kо‘rsatishda bosh tortishdan muhofaza qilish;
b) xabarlarni tо‘g‘ri adresatsiya qilish va transportda tashish kafolatlari;
c) xizmat kо‘rsatishning umumiy ishonchliligi va qulayligi;
d) yuridik masalalar, masalan, elektron raqamli imzolarga qо‘yilgan talablar;
e) bir lahzali xabarlar bilan almashinuv yoki fayllardan birgalikda foydalanish kabi hamma erkin foydalana oladigan tashqi servislardan foydalanish uchun ruxsat olish;
f) umumiy foydalanish tarmoqlaridan foydalanishni boshqarishda autentifikatsiya qilishning ishonchliroq metodlari.
Xabarlar bilan elektron almashinuvi, masalan, elektron pochta, ma’lumotlar bilan elektron almashinuvi (Eltctronic Exhanje Data EDI) va bir lahzalik xabarlar bilan almashinuv xizmatga oid kommunikatsiyalarda muhim о‘rin tutmoqda. Xabarlar bilan elektron almashinuvining xavflari qog‘ozli ish yuritishga asoslangan kommunikatsiya xavf-laridan farq qiladi.