Reja: 1. Operatsion protseduralar va majburiyatlar. 2.Ishlab chiqarish, testdan о‘tkazish va ekspluatatsiya muhitlarini taqsimlash 3.Begona tashkilotlar xizmatlarini nazorat qilish va qayta kо‘rib chiqish 4.Zarar keltiruvchi dasturiy ta’minotdan va mobil koddan muhofaza qilish 5.Tarmoq xavfsizligini boshqarish 6.Axborotning almashinadigan tashuvchilarini boshqarish 7.Axborot tashuvchilarini utilizatsiya qilish va almashinuvining siyosati va protseduralari 8.Tizimlardan foydalanish monitoringi Operatsion protseduralar va majburiyatlar.Maqsad: axborotga ishlov berish vositalari kerak darajada va xavfsiz ishlashiga ishonch hosil qilish.
Barcha axborotga ishlov berish vositalarini boshqarish va ularning ishlashi bо‘yicha majburiyat va protseduralar belgilangan bо‘lishi kerak. Ular tegishli ekspluatatsion yо‘riqnomalar va insidentlarga munosabat bildirish protseduralarini ishlab chiqishni о‘z ichiga olishi kerak.
Pala-partishlik yoki g‘araz niyat natijasida tizimlardan notо‘g‘ri foydalanishda xavfni minimumga keltirish maqsadida imkoni boricha vakolatlarni bо‘lishish prinsipini amalga oshirish kerak.
Operatsion protseduralarni hujjatlirasmiylashtirish Boshqarish vositasi Operatsion protseduralarni hujjatlashtirish, saqlab turish kerak va ularga muhtoj bо‘lgan barcha foydalanuvchilar ulardan foydalana oladigan bо‘lishlari kerak.
Joriy etish bо‘yicha qо‘llanma Ishlov berish tizimlariga xizmat kо‘rsatish va axborot almashinuviga tegishli operatsion protseduralar, xususan kompyuter(lar)ni ishga tushirish va ishini xavfsiz tugatish protseduralari, rezervlash, uskunaga kundalik xizmat kо‘rsatish va ta’mirlash, kompyuterli va kommunikatsion uskunali xonalarning kerak bо‘lgan xavfsizligini ta’minlash prrotseduralari ham ishlab chiqilgan bо‘lishi kerak.
Operatsion protseduralar muayyan topshiriqlar va masalalarni bajarish bо‘yicha batafsil yо‘riqnomalarni, jumladan quyidagilarni о‘z ichiga olishi kerak:
a) axborotga ishlov berish va uni boshqarish;
b) rezervlash (10.5);
s) tizimlar о‘rtasidagi bog‘liqlikni о‘z ichiga olgan topshiriqlarni bajarish jadvaliga tegishli talablarni belgilash; ilk topshiriqni bajarishni boshlash vaqti va eng oxirgi topshiriqni tugatish vaqti;
d) topshiriqni bajarish davomida paydo bо‘lishi mumkin bо‘lgan xatolarga yoki boshqa alohida vaziyatlarga, jumladan tizim utilitlaridan foydalanish uchun cheklashlarga ishlov berish (11.5.4);
ye) kutilmagan operatsion yoki texnik muammolar bо‘lgan holda zarur aloqalar;
f) ma’lumotlarni chiqarishni boshqarish bо‘yicha maxsus tadbirlar, masalan bosib chiqaradigan qurilmalar uchun maxsus qog‘ozdan yoki, konfidensial axborotni chiqarish uchun о‘ziga xos protseduralardan, jumladan topshiriqni bajarish jarayonida oxiriga yetkazilmagan chiquvchi ma’lumotlarni xavfsiz utilizatsiya qilish uchun protseduralardan foydalanish (10.7.2, 10.7.3);
g) tizimni qayta ishga tushirish va tizim tо‘xtab qolgan holatlarda protsedurani qayta tiklash;
h) bayonnomalar axborotlarini va tizim jurnallarini boshqarish (10.10).
Tizim amallari bо‘yicha hujjatlashtirilgan operatsion protseduralar rasmiy hujjat sifatida kо‘rib chiqilishi kerak. Ularga kiritiladigan о‘zgartirishlar rahbariyat tomonidan ruxsat etilgan va tasdiqlangan bо‘lishi kerak. Texnik imkoniyatlar mavjudligida axborot tizimlarini bir xil protseduralar, asbobsozlik vositalari va utilitlarni qо‘llagan holda sо‘zsiz boshqarish kerak.