Test-2 Kinematika
1.
Uzunligi 100 m va tezligi 36 km/h bo’lgan poyezd 200
m uzunlikdagi tunelni necha minda bosib o’tadi?
A) 30 B) 0,5 C) 20 D) 1/3
2. Shar pilot yerdan 200 m balandlikka ko’tarilishi bilan
birga shamol uni g’arbga tomon 150 m eltib bordi.
Sharning o’tgan yo’lini va uning ko’chishi yig’indisini
toping.
A) 350 m B) 250 m C) 600 m D) 500 m
3. Vertalyot to’g’ri chiziq bo’yicha 400 km uchib borib,
90
0
burchak ostida burildi va yana 300 km uchib o’tdi.
Vertolyot uchib borgan yo’lni toping.
A) 700 m B) 500 km C) 700 km D) 350 m
4. Chana gorizont bilan 45
0
burchak hosil qilgan
tepalikdan pastga tomon 100 m masofa bosib o’tdi.
Chananing vertical va gorizontal ko’chishlari nisbatini
toping.
A) S
x
=70 m S
y
=70 m B) 100 C) 1 D) TJY
5. Metropolitilen stansiyasida escalatorning qiyalik
buirchagi 30
0
. Uning siljish tezligi 80 sm/s, yo’lovchilarni
yuqoriga ko’tarish vaqti esa 2.5 min bo’lsa bu escalator
yo’lovchilarni gorizontal qancha masofaga ko’chiradi?
A) 100 m B) 60 m C) 120 m D) 104 m
6. O’q miltiqdan 700 m/s tezlik bilan uchib chiqib, 2 km
masofadan keyin 670 m/s tezlik bilan urildi. O’q tuproqqa
0,5 m chuqurlikka kirdi. Uning havodagi va tuproqdagi
tezlanishlarini toping?
A) 10 ; 449 B) -10 ; 449000 C) 449000 ; -10 D) 449; 10
7. Ikkita avtomobil bir biriga qarama qarshi yo’nalishda
72 km/h va 90 km/h tezlik bilan harakat qilmoqdalar.
Ikkinchi avtomobil birinchi avtomobildagi kuzatuvchi
yonidan 0,072 s vaqtda o’tdi. Ikkinchi avtomobil uzunligi
topilsin.
A) 3,2 m B) 1,6 m C) 6,4 m D) 3 m
8. Quduq ichidagi suv yuzasiga tashlangan tosh 4 s da
tushdi. Quduqning chuqurligini (m) va toshning
urilishdagi tezligi (m/s) topilsin.
A) 40; 80 B) 40; 40 C) TJY D) 80; 40
9. 10 g massali o’q 200 m/s tezlik bilan taxtaga kelib tegib
taxta ichiga 4 sm kirdi. O’qning taxta ichidagi harakat
vaqti(ms) topilsin.
A) 0,4 B) 0,0004 C) 4 D) 0,04
10. Avtomobil yo’lning birinchi yarmini 36 km/h tezlik
bilan, qolgan yarmini 54 km/h tezlik bilan o’tdi.
Avtomobilning butun harakati davomidagi o’rtacha tezligi
(km/h) topilsin.
A) 43 B) 12 C) 40 D) 12,5
11. Bola 20 m balandlikdagi derazadan koptokni
gorizontal ravishta otdi. Agar koptok uy poydevoridan 6
m nariga borib tushsa, yerga tushguncha u qancha vaqt
uchgan ?
A) 2 s B) 6 s C) 3 s D) 1 s
12. 25 m/s tezlik bilan gorizontal otilgan koptok 3 s
o’tgach yerga tushdi. Koptok qanday masofaga ko’chgan?
A) 75 m B) 87,5 m C) 45 m D) 120 m
13. Tosh gorizontal yo’nalishda otilgandan 3 s o’tib tezligi
yerga nisbatan 60
0
burchak hosil qilgan bo’lsa, jismning
boshlang’ich tezligini toping.
A) 17,3 m/s B) 30 m/s C) 34,6 m/s D) TJY
14. Bola balandligi 5 m bo’lgan qirg’oqdan yugurib kelib
suvga kalla tashladi. Suvga sakrayotganda ya’ni uchib
borayotganda bolaning gorizontal yo’nalishdagi tezligi 6
m/s. Bola suv betiga yetganda qanday tezlikka erishadi?
A) 6 m/s B) 10 m/s C) 11,6 m/s D) 16 m/s
15. Burchak tezligi 4 rad/s bo’lgan g’ildirak qancha
vaqtda 100 marta aylanadi?
A) 50 s B) 157 s C) 3,14 s D) 150 s
16. Radiusi 20 sm bo’lgan shkiv minutiga 150 marta
aylanadi. Shkiv aylanasida yotgan nuqtalarning chiziqli
tezligi qancha?
A) 11,3 km/h B) 3 m/s C) 3 km/h D) 3,5 m/s
17. Birinchi kosmik stansiyasining aylanish davri 88,85
min va yerdan 230 km balandlikda. Stansiyaning harakat
tezligi qanchaga teng? R
yer
=6370 km
A) 7 m/s B) 7773 m/s C) 777 km/h D) 7777 km/s
18. 900 km/h tezlikda uchuvchi samolyotni vertical
sirtmoqqa kiritadi. Sirtmoqning radiusi qancha (km)
bo’lganda markazga intilma tezlanish 5g dan ortiq
bo’lmaydi?
A) 1250 B) 1,25 C) 125 D) 12,5
19. G’ilsdirak o’zgarmas 2 rad/s
2
burchak tezlanish bilan
aylanadi. Harakat boshlanishidan 0.5 s o’tgach
g’ildirakning to’la tezlanishi 13,6 sm/s ga teng bo’lsa,
uning radiusi qancha(sm)ga teng?
A) 4,8 B) 0,048 C) TJY D) 48
20. Radiusi 20 sm bo’lgan g’ildirak harakatini φ=3t (rad)
qonun bo’yicha o’zgaradi. G’ildirakning chiziqli tezligi
qanchaga teng?
A) 3 m/s B) 6 m/s C) 1,5 m/s D) 0,6 m/s
21. Metropolitilen ikki stansiyasining oralig’i 1,5 km.
Poyezd bu masofaning birinchi yarmida tekis
tezlanuvchan, qolgan yarmida tekis sekinlanuvchan
harakat qiladi. Poyezdning max. tezligi 50 km/h ga teng.
Poyezdning ikki stansiya orasidagi harakat vaqti qanchaga
teng?
A) 120 s B) 108 s C) 200 s D) 216 s
22. Gorizontga 12 m/s tezlik bilan α=45
0
burchak ostida
otilgan jism otilgan joydan s masofaga borib tushadi. Tosh
tushgan joyga tushishi uchun toshni qanday balandlikdan
shu tezlik bilan otish kerak?
A) 14,4 m B) 6,5 m C) 7,2 m D) 8,4 m
23. Bola gorizontga α=45
0
burchak ostida 10 m/s tezlik
bilan otgan koptok 3 m uzoqlikdagi devorga urilgan.
Koptok yerdan qanday balandlikda devorga uriladi?
A) 0,6 m B) 0,1 m C) 1,6 m D) TJY
24. Ventilyator 900 ayl/min chastotada ishlaydi. Bu
ventilyator tekis sekinlanuvchan harakat qilib to
to’xtaguncha 75 marta aylansa, qancha vaqtda to’xtagan?
A) 15 s B) 10 s C) 20 s D) 5 s
25. O’yinchi to’pni yerdan h=1,2 m balandlikda shunday
yo’lladiki, yo’nalish burchagi α=45
0
ga teng bo’ldi. To’p
otilgan joydan 47 m masofada balandligi 7,3 m to’r
tortilgan. To’p to’rdan oshib o’tishi uchun unga qanday
eng kichik tezlik berish kerak?
A) 20 m/s B) 11 m/s C) 23 m/s D) 31 m/s
26. Mototskilchi handaqning baland chekkasi tomondan
kelyapti. U handaqdan sakrab o’tib ketishi uchun handaq
chetidan uzilish vaqtida qanday minimal tezlikka(m/s) ega
bo’lishi kerak? S
x
=3 m h=1,5 α=15
0
A) 16,2 B) 4,5 C) 15 D) 5
27. Ikkita odam bir biriga to’p otib o’ynamoqda. Agar to’p
birinchi odamdan ikkinchi odamga 2 s vaqt mobaynida
yetib borayotgan bo’lsa, to’p o’yin vaqtida qanday eng
yuqori balandlikka ko’tariladi?
A) 5 m B) 20 m C) 10 m D) 2 m
28. To’p 9,8 m/s tezlik bilan gorizontal otildi. Qancha
vaqtdan keyin to’pning normal tezlanishi urinma
tezlanishidan ikki marta katta bo’ladi?
A) 1 s B) 0,5 s C) 2,5 s D) 0,75 s
29. 50 m masofadagi miltiqni nishonga to’grilab,
gorizontal ravishta ikki marta o’q uzildi. Birinchi o’qning
tezligi 320 m/s ikkinchi o’qning tezligi esa 350 m/s.
O’qlar hosil qilgan teshiklar orasidagi masofa(sm)
qancha?
A) 0,02 B) 4 C) 2 D) 0,01
30. Ikkita jism bir xil boshlang’ich tezlik bilan gorizontga
nisbatan α va (90-α) burchak ostida otildi. Bu jismlarning
eng yuqori ko’tarilish balandliklari orasidagi nisbatni
aniqlang.
A) 1 B) 4 C) tg
2
α D) ctg
2
α
S
x
h
ϑ