Rinolaliya Reja


Hozirgi vaqtda quyidagi tasnif qabul qilingan



Download 93,5 Kb.
bet4/11
Sana29.06.2022
Hajmi93,5 Kb.
#717943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rinolaliya

Hozirgi vaqtda quyidagi tasnif qabul qilingan:
Yuqori labdagi tug‘ma yoriqliklar: yashirin yoriqlik, to‘liq bo‘lmagan yoriqlik: a) burun bo‘limida teri-tog‘ayning o‘zgarmaganligi; b) burun bo‘limida teri-tog‘ayning o‘zgarganligi.
To‘liq yoriqlik. Bunda bolaning ilk yashash davrida xirurgik davolash ishlari olib boriladi, bu davolash ishlari bola nutqining normal rivojlanishiga imkon yaratadi.
Tug‘ma tanglay yoriqliklari:

  1. yumshoq tanglay yoriqliklari: bu yoriqliklar yashirin, to‘liqsiz va to‘liq bo‘ladi;

  2. yumshoq va qattiq tanglay yoriqliklari: yashirin, to‘liqsiz, to‘liq;

  3. alveolyar o‘simtaning, qattiq va yumshoq tanglayning to‘liq yoriqliklari: bir tomonlama, ikki tomonlama;

  4. alyevolyar o‘simtaning va qattiq tanglay oldingi qismining to‘liq yoriqligi: bir tomonlama, ikki tomonlama.

Ikki tomonlama yoriqliklar bir tomonlama yoriqliklarga nisbatan kam uchraydi. M.P. Barchunovning ta’kidlashicha, yoriqliklar ko‘proq chap tomonda (70,4%), o‘ng tomonda kamroq (21,4%) kuzatiladi. Bu jarohatdan ayollarga nisbatan ko‘proq erkaklar aziyat chekadilar (I.B. Bakumi 1966, V.M. Messika 1971). Guttsmanning ma’lumotiga ko‘ra alohida lab yoriqliklari va lab yoriqliklarining tanglay yoriqliklari bilan birga kelishi erkaklarda 68,66%, ayollarda 31,34% uchraydi, shu bilan birga ayollarda tanglayning alohida yoriqliklari ikki marotaba ko‘p kuzatiladi. Ko‘p uchraydigan patologiya shakllari bo‘lib, yumshoq va qattiq tanglaydagi yoriqliklar hisoblanadi.
Nutqqa burunli ottenkani beruvchi tanglayni tug‘ma nuqsonlariga quyidagilar kiritiladi:

  1. tanglay va labning tug‘ma yoriqliklari;

  2. shilliq qavat osti yoriqliklari;

  3. tanglayning tug‘ma rivojlanmasligi;

  4. yuzning tug‘ma assimetriyasi.

Amaliyotda ko‘proq lab va tanglaydagi yoriqliklar kuzatiladi. Tanglay yoriqliklari shakllari favqulodda xilma-xil bo‘lib, ularning hammasi nutq buzilishigi olib keladi.
Lab yoriqliklari labning qisman va to‘liq yoriqliklariga ajratiladi. Qisman lab yoriqligi faqat lab chetida bo‘ladi, ya’ni nuqson pastki burun tirqishiga yetib bormaydi. Agar yoriqlik burun tirqishining pastki sohasini, ba’zan burun yo‘lini oldingi uchini qamrab olgan bo‘lsa, yoriqlik to‘liq hisoblanadi.
Tanglaydagi tug‘ma yoriqliklarning bo‘lishi bolaning jismoniy rivojlanishiga ta’sir qiladi. Nuqson qanchalik keng bo‘lsa, bola Shunchalik ko‘p rivojlanishida buzilishlarga ega bo‘ladi. Tanglayning qo‘pol nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalar anamnezida ularga ko‘krak tutishni iloji bG‘lmagani qayd qilinadi. Emizishga uringanda sut nafas yo‘liga tushib, bolani nafasi ichiga tushib ketadi. Bolalarni qoshiqchadan ovqatlantirishga o‘tilgan, bu usulda ham ovqat rivojlanib yetmagan tanglayga, burun bo‘shlig‘iga, burunhalqumga, nafas yo‘llariga tushib, u yerda shilliq qavatlarni shamollash va ta’sirlanish holatlariga olib kelgan. Yuqorida aytganimizdek, tug‘ma tanglay yoriqliklari bor bolalar surish harakatlarini bajara olmaydilar, natijada ularda tug‘ma surish refleksi so‘nib boradi, butun yuz muskulaturasi rivojlanishi susayadi.
Tanglay yoriqligining mavjudligi bolaning fiziologik nafas olishini yomonlashtiradi. Tug‘ma yoriqligi bor bolalar o‘z nuqsoniga instinktiv ravishda moslanishga majbur bo‘ladilar. Bu moslanish tilning og‘iz bo‘shlig‘ida o‘ziga xos joylashuvida namoyon bo‘ladi. Rinolaliyadagi tanglay nuqsonlari butun artikulyatsion apparat muskullarni noto‘g‘ri muskuliy bog‘liqligini keltirib chiqaradi. Rinolaliyada nutq apparati muskullari anatomik jihatdan saqlangan bo‘lsa ham, harakatlar o‘zlarining sustligi, tormozlanganligi bilan ajralib turadi.
Ko‘pincha, rinolaliya eshitishning zaiflashuvi kuzatiladi. Bu narsa ovqatni yevstaxiyev trubalariga tushib, u yerda eshitish traktida shamollash jarayonlarini keltirib chiqarishi bilan bog‘liqdir. Eshitishni pasayishi turli xil darajada bo‘lishi mumkin (L. Y. Derbanyuk 1966, V. V. Messina 1971, V. S. Dmitrev, R. L. Lando 1969).
Shu tariqa, tug‘ma lab va tanglay yoriqlari mavjudligida u yoki bu darajada bolaning ovqatlanishi, uning fiziologik va nutqiy nafasi buziladi, yuz muskulaturasining faoliyati xarakteri o‘zgaradi, eshitish qobiliyatining pasayishi kelib chiqadi, tilning og‘iz bo‘shlig‘ida noto‘g‘ri holati stabillashadi. Tabiiyki, bularning hammasi bola nutqining shakllanishiga ta’sir qiladi.

Download 93,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish