2-bosqich. Oralpraksisni rivojlantirish. Diafragmal nafas olishni rivojlantirish bo‘yicha qilinadigan ishlar bilan parallel ravishda unli va undosh tovushlar artikulemasiga oid artikulyatsion apparat gimnastikasi o‘tkaziladi.
Nutqning aniqligi ko‘p jihatdan unli tovushlarning tG‘g‘ri talaffuziga bog‘liq. Shuning uchun unli tovushlarni talaffuz qilish vaqtida artikulyatsion organlar holati diqqat bilan kuzatib boriladi. Bu o‘rinda ham asosiy e’tibor til uchining holatiga qaratiladi. Uni dastlabki davrlarda barcha unli tovushlar artikulemasini tayyorlashda pastda ushlab turish lozim. Bu usul og‘iz bo‘shlig‘ining hajmini kattalashtirishga yordam beradi, hamda havo qatlamining og‘iz bo‘shlig‘i orqali o‘tishi uchun imkoniyatlarni ta’minlaydi. Muskullar, paylar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik sababli unlilar artikulyatsiyasida lablar holatining o‘zgarishi tabiiy yo‘l bilan har bir alohida tovush uchun tilni to‘g‘ri holatga olib keladi. Gimnastika unli tovushlar artikulyatsiyasini o‘rganishdan boshlanadi. Bu artikulyatsiya xarakteridagi mashqlar 1-jadvalga kiritiladi.
Tayyorgarlik bosqichida asosiy vazifa og‘izdan nafas olishni shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham barcha artikulyatsion mashqlar ovozni jalb qilmasdan amalga oshiriladi. Bola hali o‘zi bajarayotgan mashqlar unli tovushlar artikulemalari hisoblanishini bilmaydi. Bu vaqtda logopedga artikulemalar ukladini aniqlashtirish va yaxshilash imkoniyatini beradi. Shakllanayotgan artikulyatsiyalarni rinolalik bola sinestetik tarzda eslab qoladi.
Bu holatda artikulema va uning rasmi o‘rtasidagi shartli refletor munosabatlari o‘rnatiladi va u rasmga tayangan holda tovushni shivirlab erkin talaffuz qila boshlaydi. Logopedning tushuntirishi bolani talaffuz organlarining aniq holati bilan, havo qatlamining og‘iz orqali yo‘naltirilishi bilan shakllantirib boriladi.
Artikulemaning shakllanishida mashqlarni ortiqcha zo‘riqishlarsiz bajarishga e’tibor qaratish hamda yuz va mimik muskullar sinkneziyasining paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Artikulyatsion gimnastika tamoyili qo‘shimcha artikulyatsion mashqlar (bevosita nutq tovushlari, artikulemani yuzaga keltirmaydigan) dan foydalanishga imkon beradi. Masalan, bolada rinolaliya va dizartriya qo‘shilganda til yuqoriga ko‘tarilganda u chap tarafga ketadi. Bu tilning o‘ng tomonidagi paylar chap tarafdagiga nisbatan kuchsizroq ekanligidan darak beradi. Bu o‘rinda tilning o‘ng tarafidagi paylar kuchini rivojlantirish va mustahkamlashga oid tegishli mashqlarni bajarish tavsiya qilinadi. Buning uchun bolaga tilni tishlarning chap tomondagi pastki va yuqori qismiga tekkizish, til bilan chap lunjni siypalash taklif qilinadi. Bu esa tilning o‘ng tomonidagi paylarga ko‘proq vazifa yuklaydi. Tilning chap tomonidagi paylar zaifligida ko‘rsatilgan barcha mashqlar tilning chap tomoniga ko‘proq vazifa yuklashni hisobga olgan holda bajariladi. Qarama-qarshilikni bartaraf qiluvchi mashqlar samarali hisoblanadi. Masalan, tilning o‘ng tomoni nisbatan zaif bo‘lganda boladan tilni chiqarish va chap tarafga yo‘naltirish so‘raladi. Bunga logoped tilning o‘ng tarafi paylariga ko‘proq vazifa yuklash uchun shpatel bilan tilni bosgan holda qarshilik ko‘rsatadi.
Artikulyatsiya paytida til, lablar va yuz muskullarini, paylarning erkin harakatini yaxshilash uchun bolaga qayyerda va qaysi muskulni nisbatan zo‘riqtirish haqida so‘zlab berish maqsadga muvofiq. Bola bu jarayonda ishtirok etayotgan organlar harakatini his qilishi, Shuningdek, bu holatni kinestetik tarzda va oynadan foydalangan holda eslab qolishi lozim.
Bu holatni bola yana ham aniqroq his qilishi uchun bolaga mexanik tarzda yordam berish mumkin. Masalan, tilni sterillangan doka salfetka bilan ushlagan holda kerakli til ukladi amalga oshiriladi.
Artikulyatsion praksisni shakllantirishda artikulyatsiya organlari paylari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni hisobga olish lozim bo‘ladi. Buning uchun quyidagi usullardan foydalanish tavsiya qilinadi. Masalan, ma’lumki, ko‘rinishdagi artikulyatsiya ukladini shakllantirish uchun tilni og‘izning chuqurroq tomoniga harakatlantirish kerak. Buning uchun og‘iz burchaklari mexanik usul bilan oldinga harakatlantiriladi. Aksincha, og‘iz burchaklari chekkaga harakat qilinganda til oldinga harakatlantiriladi.
Ko‘rsatilgan usullarni ko‘rish nazorati yordamida amalga oshirish lozim (oyna oldida mashq qilish nazarda tutilmoqda).
Bu esa o‘z navbatida bolaga u yoki bu paylar guruhining harakatini va Shunga tegishli paylar zo‘riqishini va ularni o‘zaro differensiatsiya qilishni his qilishga va anglashga yordam beradi.
Shunday qilib, logopedik ishlarning tavsiya qilinayotgan tizimida artikulyatsiya organlarining maxsus gimnastikasidan foydalaniladi (faqatgina nutq tovushlari uchun zarur bo‘ladigan harakatlar mashq qilinadi); shu bilan bir vaqtda artikulyatsion praksisni rivojlantirishga yordam beradigan qo‘shimcha mashqlar ham ko‘zda tutiladi.
Artikulyatsion praksisni rivojlantirish nutqiy nafas olishni rivojlantirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.