Rinolaliya Reja



Download 93,5 Kb.
bet1/11
Sana29.06.2022
Hajmi93,5 Kb.
#717943
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Rinolaliya

Rinolaliya

Reja:



1. Rinolaliya, uning shakllari
2. Rinolaliyani bartaraf etishda operatsiyagacha bo‘lgan logopedik ish tizimi
3. Operatsiyadan keyingi logopedik ishning o‘ziga xos xususiyati

Rinolaliya, uning shakllari


Rinolaliya (grekcha so‘zdan olingan bo‘lib, rhinos – burun, lalia – nutq) nutq apparatining anatomik va fiziologik kamchiliklari sababli ovoz tembri va tovushlar talaffuzidagi buzilishdir. Rinolaliyani o‘rganish tarixi juda uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tdi. Muammoni o‘rganishda vrachlar, psixologlar, defektologlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shdilar.
Lab va tanglay yoriqlari bilan izohlanadigan rinolaliya tibbiyot va logopediyaning turli tarmoqlari uchun xirurg-stomatologlar, ortodontlar, psixonevrologlar, logopedlar uchun muammo, ahamiyatga molik o‘rganish obyekti, predmeti hisoblangan.
Rinolaliya hosil bo‘lishga ko‘ra dislaliyadan farq qiladi, ya’ni rinolaliyada tovushlarni burun-dimog‘ bilan talaffuz qilish hollari kuzatiladi.
Rinolaliyada tovushlar artikulyatsiyasi, fonatsiya, tovush hosil bo‘lish mexanizmlari jiddiy ravishda normadan chetga chiqadi.
Normal fonatsiya bo‘lganda kishida burun tovushlaridan tashqari nutqdagi hamma tovushlarni talaffuz qilish vaqtida burun-xalqum va burun bo‘shlig‘ining bo‘g‘iz va og‘iz bo‘shlig‘idan ajralish ro‘y beradi.
Nutq jarayonida yumshoq tanglay uzluksiz ravishda turli balandlikka ko‘tariladi va tushadi, bu holat tovushlar talaffuziga bog‘liqdir. Unli tovushlar talaffuzida tanglay-xalqum undosh tovushlar talaffuziga nisbatan kamroq birlashadi. Tanglay-xalqumning eng kuchsiz birlashishi «v» undosh tovush talaffuzida; eng kuchli birlashish «s» undosh tovush talaffuzida kuzatiladi.
M, n burun tovushlarining normal talaffuzida havo oqimi burun bo‘shlig‘ida erkin harakatda bo‘ladi. Tanglay-halqum birlashish funksiyasining buzilish xarakteriga ko‘ra rilolaliya uch shaklga ajratiladi.
Yopiq rinolaliya. Yopiq rinolaliya nutq tovushlarini talaffuz qilish vaqtida fiziologik burun rezonansining pasayishi natijasida yuzaga keladi. M, n burun tovushlari talaffuzida eng kuchli rezonans bo‘ladi. Bu tovushlarning normal talaffuzida burun-halqum yo‘li ochiq bo‘ladi va havo oqimi to‘g‘ri burun bo‘shlig‘iga o‘tadi. Agar burun tovushlar talaffuzida burun rezonansi bo‘lmasa, unda burun tovushlari b, d tovushlariga o‘xshab talaffuz etiladi.
Rinolaliyaning yopiq shaklining kelib chiqish sababi – burun bo‘shlig‘idagi organik o‘zgarishlar yoki tanglay-halqum birlashishining funksional buzilishidir.
M. Zeyeman yopiq rinolaliyaning (rinofoniya) ikki turini ajratadi: oldingi yopiq rinolaliya – bunda burun bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlik funksiyasi bo‘lmaydi va orqa yopiq rinolaliya – bunda burun-halqum bo‘shlig‘ida o‘tkazuvchanlik kamayadi.
Oldingi yopiq rinolaliyaning sababi – burun shilliq pardasida surunkali gipertrofiyaning, burun bo‘shlig‘ida poliplarning bo‘lishi, burun devorining qiyshiqligi va burun bo‘shlig‘ida o‘smalarning bo‘lishidir.
Orqa yopiq rinolaliya – bolalarda adenoidlarning ko‘payib ketishi, burun-halqumda poliplarning, fibroma va o‘smalarning paydo bo‘lishida kuzatiladi.

Download 93,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish