82
IV. Sochning sud-tibbiy tekshiruvi
Qotillik, jinsiy jinoyatlar, tan jarohati yetkazilishi, o‘g‘irlik sodir etilganda va
yo‘l-transport hodisalarida sochning sud-tibbiy ekspertizasi muhim ahamiyatga
ega. Sochlarni tekshirish natijasida juda ko‘p savollarga javoblar yig‘iladi va ular
sodir etilgan jinoyatni ochilishida isbotlovchi dalil bo‘lishi mumkin.
Ko‘p holatlarda tergov idoralarini hodisa sodir bo‘lgan joydan yoki biror-bir
jinoyat qurolidan yoxud kimningdir kiyimidan topilgan sochlar aniq qaysi shaxsga
tegishli
ekanligi, ba’zan sochlarga mexanik ta’sir kӱrsatilganligi, kimyoviy yoki
yuqori harorat ta’siri bor yoki yo‘qligi, soch o‘zi tushganlik bilan yulinganligi,
sochlar bo‘yalganligi, kesilganligi, jingalak qilinganligi va qanday moddalar bilan
ifloslanganligi haqida savollar qiziqtiradi.
Hodisa joyida soch shikastlovchi qurollarda, transport vositalarining tashqi va
ichki
qismlarida, jabrlanuvchining kiyimlarida, qo‘llarida (xususan, barmoqlari
orasida) bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, jabrlanuvchiga tegishli sochlar
ayblanuvchining tanasi, kiyimlarida ham aniqlanishi mumkin.
Hodisa joyida yaxshi yorug‘likda sochlar qurollanmagan ko‘z bilan yoki lupa
yordamida topilishi mumkin. Sochlar va unga gumon qilingan barcha ob’ektlar
mavjud qoplamalarni saqlash, qo‘shimcha shikast yetkazmaslik maqsadida qo‘l
yoki rezina ushlagichi bo‘lgan pintset bilan olinadi. Har bir sohadan (tana qismlari,
jismlardan) olingan sochlar tegishli belgi qo‘yilgan holda alohida qog‘oz
paket
yoki konvertlarga solinib, sud-tibbiy laboratoriyaga yo‘llanadi.
Sochlarni tekshirishda sud-tibbiy eksperti quyidigi masalalarni hal etishi
maqsadga muvofiq hisoblanadi:
- tekshirish uchun yuborilgan ob’ekt soch ekanligini aniqlash;
- soch odamga yoki biror-bir hayvonga tegishligini aniqlash;
- soch odam tanasining qaysi sohasiga mansubligini aniqlash;
- sochni guruh mansubligi aniqlash;
- soch aniq qaysi shaxsga tegishligini aniqlash;
- sochga qanday buyum yoki qurol bilan jarohat yetkazilganligini aniqlash;
- kimyoviy yoki yuqori harorat ta’siri bor yoki yo‘qligini aniqlash;
83
- sochni o‘zi tushganligi yoki yulib olinganligini aniqlash;
- soch tez yoki sekinlik bilan yulinganligini aniqlash;
- jingalak qilinganligi, bo‘yalganligi yoki biror-bir modda (o‘q
otar qurollar
tasirida va boshqalar) bilan ifloslanganligini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: