Mehnat unumdorligi(MU) darajasi natura yoki qiymat shaklidagi qishloq xo’jaligi mahsulotlari turlarining miqdorini (MM) yoki bajarilgan ishlar hajmini (IX) yohud mahsulot qiymatini (MQ) shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan ish vaqti miqdoriga (IVM) bo’lib topiladi.
Shunday qilib, mehnat unumdorligining asosiy ko’rsatkichi quyidagicha aniqlanadi:
Yuqorida keltirilgan nisbatning teskari ko’rsatkichi mahsulotning mehnat sig’imi deyiladi va quyidagicha aniqlanadi:
.
Mehnat unumdorligi qancha yuqori bo’lsa, mehnat sig’imi shuncha past bo’ladi va aksincha, ammo mehnat unumdorligining oshish sur’ati mehnat sig’imining pasayish sur’atiga teng bo’lmaydi.
Mehnat unumdorligi va mehnat sig’imi o’rtasida funksional bog’lanish mavjud bo’lib, u quyidagicha ifodalanadi:
∆MU - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat
unumdorligining o’sishi, %;
∆MS - joriy yilda baza yiliga nisbatan mehnat
sig’imining pasayishi, %;
Mehnat xarajatlarining qo’shilish tarkibiga qarab, mehnat sig’imi bir qancha turlarga bo’linadi:
1. Texnologik mehnat sig’imi;
2. Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi;
3. Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi;
4. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi mehnat sig’imi;
5. Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi.
1).Texnologik mehnat sig’imi (MSt) - o’z ichiga xodimlarining aniq mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha alohida texnologik operasiyalaridagi mehnat xarajatlarini oladi;
2).Xizmat ko’rsatishdagi mehnat sig’imi(MSxk) o’z ichiga ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi va yordamchi tarmoq xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi (mashina-traktor ustaxonasi, avtotransport va boshqalarni);
3).Ishlab chiqarishdagi mehnat sig’imi(MSi/ch) o’z ichiga texnologik va xizmat ko’rsatish mehnat sig’imlarini oladi:
4).Boshqarishdagi mehnat sig’imi (MSbosh) o’z ichiga mahsulotga o’tkazilgan umum ishlab chiqarish va umumxo’jalik xarakteridagi boshqarish xodimlarining mehnat xarajatlarini oladi. Bunga xo’jalik rahbarlari va mutaxassislari, funksional bo’lim xodimlarining mehnat xarajatlari kiradi:
5).Mahsulotning to’liq mehnat sig’imi (MSto’l) barcha yuqoridagi turdagi mehnat sig’imlarini ifodalaydi:
Mahsulot ishlab chiqarishga sarf qilingan mehnat xarajatlarini 2 guruhga bo’lish qabul qilingan:
1.Jonli mehnat xarajatlari. Bevosita qishloq xo’jaligida ishtiroq etayotgan xodimlarning ish vaqti;
2.Buyumlashgan mehnat xarajatlari. U o’z ichiga mashina, mineral o’g’itlar va boshqalarda buyumlashgan sanoat xodimlarining mehnatini hamda ishlab chiqarishning oldingi bosqichlarida va urug’, yem-xashakda va qishloq xo’jaligidan chiqadigan mehnat predmetlarida buyumlashgan mehnat xarajatlarini oladi.
Ishlab chiqarish jarayonida yetakchi rolni jonli mehnat o’ynaydi, chunki u buyumlashgan mehnat yaratgan ishlab chiqarish vositalarini harakatga keltiradi. Buyumlashgan qishloq xo’jaligi mehnati buyumlashgan sanoat mehnatiga nisbatan kam samarali, chunki keyingisi qishloq xo’jaligini texnika bilan ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda jonli mehnatning unumdorlik darajasini faqat mahsulot ishlab chiqarishning yakunlovchi bosqichida hisoblash qabul qilingan.
Buyumlashgan mehnat xarajatlari qishloq xo’jaliginiki va sanoatniki bo’lishidan qat’iy nazar, ishlab chiqarishning oldingi boskichidagi mehnat xarajatlari hisoblanadi, bevosita ish vaqtida hisoblanilmaydi, ularning hisobi mahsulot tannarxini pul shaklida hisoblashda amalga oshiriladi. Shu bilan birga faqat jonli mehnat xarajatlarini baholash ijtimoiy mehnatning haqiqiy tejamini oshirib yuboradi, buyumlashgan mehnat xarajatining samaradorligi esa noma’lum bo’lib qolaveradi. Buning ustiga hozirgi sharoitda qishloq xo’jaligida har yili mahsulot ishlab chiqarishda buyumlashgan mehnat sarfi oshib bormoqda. Shuning uchun jonli mehnat xarajatlari samaradorligini baholash bilan bir qatorda, sanoat ishchilari va buyumlashgan qishloq xo’jaligi mehnati xarajatlaridan foydalanish samaradorligi qanday ekanligini bilish muhimdir.
Ijtimoiy mehnat unumdorligi to’g’risida ancha to’liq va aniq ma’lumotga ega bo’lish uchun jami mehnat xarajatlari, ya’ni mahsulot birligiga hisoblangan jonli va buyumlashgan mehnat xarajatlarini birgalikda tahlil qilish muhim, ammo o’ta murakkabdir.
Yuqoridagi tushunchalarni hisobga olib mehnat unumdorligi tor va keng ma’noda ko’rib chiqiladi. Tor ma’noda mehnat unumdorligi, faqat jonli mehnat xarajatlarini (JMX) hisobga oladi va quyidagicha aniqlanadi: