Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash I kirish: II asosiy qisim



Download 106,5 Kb.
Sana20.12.2019
Hajmi106,5 Kb.
#31150
Bog'liq
Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish

Almashlab ekish uning ahamiyati. Loyhalash va o’tmishdoshlarni tanlash

I Kirish:

II Asosiy qisim:

  1. Ekin maydonlari tarkibi

  2. Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish




Kirish:

Yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, tuproq unumdorligini saqlash masalalari dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Qishloq xo’jaligida sug’oriladigan, lalmi yerlar va yaylovlardan to’g’ri foydalanish, meliorativ holatini yaxshilashni tashkil qilish muhim vazifalardan hisoblanadi. 1992 yil Rio – de – Janeyroda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “ Atrof – tabiiy muhit va taraqqiyot muammosi ” ga bag’ishlangan maxsus Xalqaro Konferensiyasi bo’lib o’tdi. Bu konferensiyada dunyoning 200 ga yaqin davlatlari rahbarlari va mutaxassislari qatnashdi. Konferensiyaning eng muhim natijasi – “ Insoniyat bundan keyingi an’anaviy model bilan rivojlana olmaydi ”, shuning uchun “ Barqaror rivojlanish modeli” ga o’tish zarurligi bo’yicha qaror qabul qilindi.

“ Barqaror rivojlanish” konsepsiyasi hozirgi davrdagi dunyoqarash va planetamizda yangicha hayot tarziga amaliy tavsiya va dastur deb qaraladi. Dunyoning 200 dan ortiq mamlakati “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasini qabul qilib davlat dasturiga kiritganlar. Shu jumladan O’zbekiston respublikasi ham 1997 yil 12 – noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining “Barqaror rivojlanish” konsepsiyasi bo’yicha qarorini qabul qildi va maxsus milliy komissiya tuzildi.

Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning 2007 yil 29 –oktyabrdagi “ Yerning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni asosida 2008 – 2012 yillarga mo’ljallangan sug’oriladiganyerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratilgan Davlat dasturi va 2008 yil 20 – oktyabrdagi “ Oziq – ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish a ularni yetishtirishni ko’paytirish chora – tadbirlari to’g’risida” gi maxsus farmonlarini amalga oshirish zarurligi bilan belgilanadi. Keyingi yillarda dynyo miqyosida unumdor yerlar miqdori kamayib borayotganligi kuzatilmoqda. Suv va shamol eroziyasi, sho’rlanish va cho’llashish jarayonlari, hamda antropogen ta’sir natijasida yer resurslarining ifloslanishi kuchaymoqda. Shunga bog’liq holda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini baholab, eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni o’rganish ishning dolzarbligini bildiradi.

Sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududlari tanlab olingan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari nomli kitobida yerdan foydalanish haqida quyidagicha ta’kidlagan: “ 2008 yilda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning samaradorligini yanada oshirish prinspial muhim ahamiyatga ekanini inobatga olib, fermer xo’jaliklariga ajratilayotgan yer maydonlarini optimallashtirish borasida zarur ishlar amalga oshirildi”. I.A.Karimov Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari Toshkent .” O’zbekiston ”- 2009. 21-bet. Buning davomi sifatida 2011 yil 18 –aprelda “ Fermer xo’jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora – tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni qabul qilindi. “ Xalq so’zi 2011yil 19-aprel №76 ( 5243)”



Ekin maydonlari tarkibi va almashlab ekishni tashkil etish

Ekin maydonlarining tarkibi deyilganda jami ekish maydonida ayrim turdagi ekinlar maydonining tutgan salmog`i tushuniladi. Ekin maydonlari tarkibi faqat agrotexnik tadbir bo`lib qolmay, balki yirik tashkiliy-iqtisodiy tadbir hamdir. Ekin maydonlari tuzilishi tuproq unumdorligini oshirish talabi bilan birga mahsulot turlari bo`yicha davlat reja-topshiriqlarini so`zsiz bajarish, tarmoqlarni o`zaro maqsadga muvofiq uyg`unlashtirish talablaridan ham kelib chiqadi. Shuning uchun ekin maydonlari ratsional tuzilishining asosiy vazifasi ekinzorlarning yuqori unumdorligiga erishish, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini sotish bo`yicha reja topshiriqlarini bajarish, xo`jalik ichki ehtiyojlarini qondirish uchun zarur miqdorda mahsulot yetishtirish va uning yuksak rentabelligini ta’minlashdan iborat. Qishloq xo`jaligi korxonalarida ekin maydonlari talabiga ko`ra almashlab ekish tizimi belgilanadi.

Almashlab ekish deyilganda ekinlarning yillar davomida ma’lum dalalarda rejali tartibda navbati bilan almashib turilishi tushuniladi. Bu ta’rif almashlab ekishning tor ma’nodagi tushunchasi bo`lib, unda agrotexnikaning mohiyati aniq ifoda etilgan. Lekin almashlab ekish keng ma’noga ega bo`lib, dehqonchilik tizimi yoki boshqacha qilib aytganda, dehqonchilik madaniyatining asosini tashkil etadi. U ham agrotexnik, ham tashkiliy-iqtisodiy tadbirlarni o`z ichiga oladi. Tashkiliy-iqtisodiy jihatdan almashlab ekish yerdan, ishlab chiqarish vositalari va ish kuchlaridan maqsadga muvofiq foydalanishining eng asosiy sharti, korxona faoliyati rentabel bo`lishining negizidir.

Agronomik nuqtai nazardan ekinlarni rejali tartibda navbat bilan almashtirib turishning zarurligi quyidagi sabablardan kelib chiqadi. Turli xil o`simliklarda ildiz tizimi turlicha chuqurlikda taraladi, shuning uchun ildizlarning tuproq har xil gorizontidagi ozuqa moddalardan foydalanishi ham turlicha bo`ladi. Hamma ekinlar tuproqdagi moddalarga ta’siri jihatdan 2 guruhga bo`linadi. Bir guruh ekinlar tuproqdan moddalarni hosil bilan olib chiqib ketadi. Boshqa guruh ekinlar havodan moddalarni olib, uni ildizida tuproqda to`playdi.

Shuning uchun bu ikki guruhga taalluqli ekinlarni o`zaro almashtirib turish tuproq unumdorligini saqlash va oshirish imkonini beradi. Ma’lum yer maydoniga bir necha yil bir xil ekin ekilaversa, yer kuchsizlanib qoladi, dalani begona o`tlar bosadi, har xil kasallik va zararkunandalar ko`payadi, nihoyat, tuproqda mikrobiologik jarayon yomonlashadi. Turli xil o`simliklar tuproq unumdorligining oshishiga turlicha ta’sir ko`rsatadi. Chunki hosil yig`ishtirib olingandan so`ng tuproqda turli miqdorda ildiz massasi qoladi. Bular tuproqda ozuqa moddalari to`plab, chirigandan so`ng, qimmatli organik o`g`itga aylanadi. Demak, ular tuproqni ozuqa moddalari bilan boyitishdan tashqari uning mexanik va fizik xossasini ham yaxshilaydi. Qishloq xo`jalik korxonalarida almashlab ekish ma’lum tizimda loyihalashtiriladi va qo`llaniladi.

Almashlab ekish asosan dalachilik, yem-xashak (ferma oldi) va maxsus almashlab ekishdan iborat uchta turga bo`linadi. Dalachilik almashlab ekishi almashlab ekishning eng ko`p tarqalgan turi bo`lib, don ekinlari, kartoshka, lavlagi, texnik va boshqa dala ekinlari yetishtirishda qo`llaniladi. Bu turdan mamlakatimiz ekinzorlarining yarmidan ko`prog`ida foydalaniladi.

Asosiy ekinga ko`ra, dala almashlab ekishi don, lavlagi, paxta beda va hokazo almashlab ekish turlariga bo`linadi. Yem-xashak chorvachilikning zarur ozuqaa talabini qondirishga yo`naltirilgan bo`lib, har xil ozuqa ekinlarini yetishtirish uchun mo`ljallanadi. Yem-xashak almashlab ekishda ozuqabop ekinlar jami ekinzorning yarmidan ko`prog`ini tashkil qiladi. Ferma oldi yem-xashak almashlab ekishida ko`k o`tlar, shirali ozuqalar etishtirilishi asosiy o`rinni egallaydi va chorvachilikda yil davomida «yashil konveyer»ni tashkil qilishning asosi hisoblanadi.

Maxsus almashlab ekish maxsus sharoit va agrotexnikani talab qiladigan ekinlarda qo`llaniladi. Masalan, sho`rlangan yerlarni melioratsiyalashda qo`llaniladigan almashlab ekish, sholichilik almashlab ekishi va hokazo.

O`rta Osiyoning sug`oriladigan yerlarida g`o`za asosiy ekin hisoblanadi. Shuning uchun sug`oriladigan umumiy maydonning kamida 50-60 foizini g`o`za, qolgan 40-50 foizini g`alla, yem-xashak, ozuqa-ovqat ekinlari tashkil etishi kerak. Beda em-xashak ekinlari orasida yetakchi o`rinni egallaydi.

Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish turli hududlarda va hatto bir korxonada turli tuproq sharoitlarida olib borilganligi tufayli surunkasiga mo`l va arzon mahsulot yetishtirishni ta’minlash uchun hatto bir korxonada almashlab ekishning turli sxemalari qo`llanilishi mumkin. Paxtakor xo`jaliklar uchun 10 dalali (3:6:1) va 12 dalali (3:6:3) almashlab ekish sxemalari tavsiya etilishi mumkin. Bunda bo`luv nisbati bilan berilgan raqamlar ekinlar turini, ekilish navbatini va necha dalani egallashni bildiradi (3:6) sxemada birinchi raqam bedani, ikkinchi raqam g`o`zani (paxtani), uchinchi raqam g`allani bildiradi, ya’ni bu sxemada paxta-beda-g`alla almashlab ekiladi. Bu almashlab ekish sxemasida uch dalani beda, olti dalani paxta va uch dalani g`alla egallaydi. Bir dalaga 3 yil davomida beda ekilgandan keyin 6 yil paxta va uch yil g`alla yetishtiriladi. Beda birinchi yili makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`tiga, ko`k ozuqa yoki don uchun esa arpaga qo`shib ekilishi mumkin.

Yerdan yanada samaraliroq foydalanish uchun beda sepiladigan birinchi dalaga don uchun kuzgi boshoqli ekin, uning o`rniga silos uchun makkajo`xori ekishi, hosilni yig`ishtirib olish bilanoq sentabr, oktabr oylarida uchinchi asosiy ekin sifatida beda sepish ham mumkin. Almashlab ekishning 2:5:3, va 2:6:4 sxemalarida beda yolg`iz o`zi, ko`k ozuqa uchun makkajo`xori, oq jo`xori, raygras yoki sudan o`ti bilan almashtirib ekiladi, ikki yildan keyin surunkasiga 5 yil paxta ekiladi. Shundan keyin dalaga bahorgi boshoqli don, so`ngra makkajo`xori silos yoki ko`k ozuqa olish uchun ekilib, hosil yig`ishtirib olinganidan keyin oraliq sifatida ko`k ozuqa uchun javdar yoki raps ekilishi mumkin, keyin 3-4 yil yana paxta yetishtiriladi. Aniq sharoitlarni hisobga olgan holda almashlab ekishning 1:3:5, 1:3:6 sxemalari qo`llanilishi mumkin.

Keyingi 2 sxema kuchli sho`rlangan yerlar uchun mo`ljallangan bo`lib, bunda 1 dala meliorativ dala hisoblanadi. Bu dalada yerni tekislash, sho`rini yuvish ishlari olib borilib, so`ngra asosiy ekinlar belgilangan tartibda ekiladi.



12-jadval

Ekinlarni almashlab ekish chizmasi



Chizma

Paxta, beda, makkajo`xori 1:2:7, 150 ga

Dala raqami

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

Dala maydoni, ga

18

16

13

14

15

12

17

15

15

15

2000-yil

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

2001-yil

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

2002-yil

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

2003-yil

P1

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

2004-yil

P2

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

2005-yil

P3

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

2006-yil

P4

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

2007-yil

P5

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

2008-yil

P6

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

2009-yil

P7

M/b1

B2

B3

P1

P2

P3

P4

P5

P6

Bir korxonada bir almashlab ekish turi yoki xili qo`llanib qolmay, balki tuproq xususiyatlariga ko`ra bir necha turi yoki xili o`zaro kombinatsiyalashgan holda joriy qilinadi. Almashlab ekishda dalalarni to`g`ri ajratishga, ularning hajmi texnikadan va ish kuchlaridan unumli foydalanishni ta’minlaydigan bo`lishiga e’tibor beriladi. Chunki mayda dalalarda murakkab va yuqori unumli mashinalardan foydalanish qiyin bo`ladi.

Dalalarning tashqi chegaralari iloji boricha tabiiy zovurlar, suv shaxobchalari yo`llar, ixota daraxtzorlari bilan ajralib turgani ma’qul. Dalalar o`rtasida traktor agregatlari ishini qiyinlashtiruvchi bunday to`siqlar bo`lmasligi kerak. Dalaning eng kichik hajmi traktor agregatining bir kunda bajaradigan ishi hajmida, tomonlari 1:3, 1:5 nisbatda, ekinga ishlov berish yo`nalishi ekin qator oralariga eng ko`p quyosh nuri tushadigan yo`nalishda belgilanadi.

Har bir qishloq xo`jaligi korxonasida almashlab ekish ma’lum tizimda qo`llaniladi. Ekinlar dalalarda sxemada belgilangan tartibda to`la joylashib bo`lgandagina almashlab ekish o`zlashtirilgan hisoblanadi. Ekinlarning almashlab ekish dalalarida belgilangan tartibda bir marta almashib chiqish davri rotatsiya davri deyiladi. 10, 12 dalali almashlab ekish sxemasida bir rotatsiya davri 10-12 yilga teng bo`ladi.

Ko`rinib turibdiki, ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish nisbatan uzoq muddatga mo`ljallanadi. Shuning uchun bu yirik tadbirga tashkiliy va iqtisodiy jihatdan baho berish talab qilinadi.

Ekin maydonlarini rejalashtirishdan asosiy maqsad, ekin maydonlarining ilmiy moslangan tarkibini belgilash, yerning iqtisodiy unumdorligini doimo oshirib borish, davlat buyurtmasi topshiriqlari va korxonaning ichki ehtiyojlarini to`la qondirish hamda o`simlikchilik mahsulotlari yetishtirishning iqtisodiy samaradorligini oshirishdan iborat. Ekin maydonlarini rejalashtirish korxonalarda ikki usulda olib borilishi mumkin.

Birinchi usul, korxonada almashlab ekish rejasi ishlab chiqilib, joriy etilgan bo`lsa, qo`llaniladi. Bu usulda ekin maydonlarining hajmi almashlab ekish rejasiga ko`ra shu yili ekinlar qaysi dalalarda joylashishiga qarab aniqlanadi. Agar reja 2005-yilga tuzilayotgan bo`lsa, u holda almashlab ekish rejasida ekinlarni shu yili dalalarda qanday joylashishini olamiz. 2005-yil paxta 1:2:3:4:5:9:10 sonli dalalarda, beda esa 7:8 sonli dalalarda, beda aralash makkajo`xori - 6 sonli dalada joylashgan. Xuddi shu tartibda boshqa almashlab ekish massivlari bo`yicha ham ekin maydonlari hajmi aniqlanadi.

Ekin maydonlarini rejalashtirishning ikkinchi usuli almashlab ekish rejasi joriy etilmagan taqdirda qo`llaniladi. Buning uchun korxona qishloq xo`jaligi (o`simlikchilik) mahsulotlariga bo`lgan talabi aniqlanadi. Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlariga bo`lgan talabi davlatga buyurtma asosida sotish topshirig`i, ichki xo`jalik ehtiyoji va shartnoma asosidagi boshqa talablardan iborat bo`ladi.

Korxonaning o`simlikchilik mahsulotlari ayrim turlari bo`yicha talabi aniqlangandan keyin shu talab rejalashtirilgan hosildorlikka bo`lish orqali ekin maydonlarining hajmini aniqlash mumkin. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:



,

bunda:


T - jami talab,

Xr - rejalashtirilgan hosildorlik.
Korxonaning o`zida rejalashtiriladigan yilda yetishtiriladigan hosildan kelasi yil uchun urug`lik fondi tashkil etish kerak bo`lgan taqdirda shu urug`lik fondini ham ta’min etadigan hajmda ekin maydonini aniqlash uchun shu mahsulotning umumiy talabini (urug`dan tashqari) rejalashtirilgan hosildorlikni bir gektar yerga ekiladigan urug` me’yorining kamaytirilgan hajmiga bo`lish orqali aniqlanadi. Bu quyidagi formulada ko`rsatilgan:

,

bunda: Nu - urug`lik me’yori;

Masalan: korxona rejalashtirayotgan yili davlatga buyurtma bo`yicha 5000 s, yem-xashak uchun 2000 s boshoqli don ajratishi va kelgusi yil uchun ma’lum miqdorda urug`lik fondini ham qo`shib hisoblangan donni yetishtirish uchun talab qilingan ekin maydoniga (175 ga) teng bo`ladi.



Bu usulda ekin maydonlarining ilmiy asoslangan bo`lishini ta’minlash uchun turli qishloq xo`jaligi ekinlariga iqtisodiy baho berish talab qilinadi. Buning uchun quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi: 1 gektardan olingan hosil (jismoniy va ozuqa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektarga sarf qilingan mehnat va moddiy pul xarajatlari, 1 s mahsulotning tannarxi (jismoniy va ozuqaa birligi hamda oqsil moddasida) bir gektardan olinadigan yalpi mahsulot, yalpi daromad va sof daromad.

Tashkiliy jihatdan ekin maydonlari tuzilishi va almashlab ekish davlatga mahsulot sotish buyurtmalari va tuzilgan shartnomalar bajarilishini so`zsiz ta’minlashga, maqsadga muvofiq ixtisoslashuv va tarmoqlar uyg`unlashuviga to`g`ri kelishi, texnika vositalari va ish kuchlarini ish joylariga olib borish va keltirishga, ishlab chiqarishi uchun zarur moddiy resurslarni va tayyor mahsulotlarni transportda tashishiga qullaylik tug`dirishi kerak. Iqtisodiy jihatdan baho berishda quyidagi ko`rsatkichlardan foydalaniladi:



  • almashlab ekish joriy etilgan maydonning har bir gektaridan olingan mahsulot miqdori (natura va qiymat shaklida).

  • mehnat unumdorligi darajasi.

  • mahsulot tannarxi va rentabellik darajasi.

  • almashlab ekishning biror-bir tizimini o`zlashtirish va qo`llanilishi bilan bog`liq kapital sarflar va ularni qoplash muddatlari.

XULOSA

XX asrning ikkinchi yarmida va XXI asrning boshlarida qator global muammolar vujudga keldiki insoniyatning bundan keyingi taraqqiyoti ana shu muammolarni hal qilishga bog’liq bo’lib qoldi. Global muammolar, kishilik jamiyati hayotining barcha tomonlarini, dunyo siyosatini, iqtisodini, davlatlararo va millatlararo munosabatlarni qamrab olmoqda. Keyingi vaqtda eng muhim global muammolardan biri – ekologik muammolar bo’lib qolmoqda. O’zbekiston uchun ham eng muhim imperativ ( yechilishi va hal qilinishi absolyut zarur bo’lgan muammolar ) muammolardan biri yerlarning eroziyaga uchrashi – cho’llashishdir.

Shuning uchun ham bitiruv malakaviy ishining maqsadi bo’lib, Qashqadaryo viloyati xo’jaliklarida sug’orma dehqonchilik qilinadigan hududlari belgilab berilgan. Bitiruv malakaviy ishining maqsadidan kelib chiqib vazifalarni amalga oshirdi. Respublikamizning umumiy yer fondi 16,6 mln ga tashkil etib, shundan 5,3 mln ga qishloq xo’jaligi uchun yaroqlidir. Shu jumladan 419,4 ming ga ekin yerlar hisoblanadi. Qashqadaryo viloyatida haydalib ekin ekiladigan yerlar maydoni 537,1 ming ga. Ga yaqin bo’lib shundan 166,9 ming ga yerlar lalmikor dehqoncnilikda foydalaniladi.

Viloyatda sug’oriladigan maydonlar 507677 gektar( 2009 y.), shundan kuchli sho’rlangan yerlar 13328 gektarni tashkil qiladi. Viloyat hududida keyingi ikki o’n yillikda tuproqning sho’rlanish darajasi ortib borganini ko’ramiz. Xususan 1990 yilga nisbatan 2008 yilda sho’rlanmagan yerlar maydoni 64,8 % dan 51,4 % ga pasaygan, ayniqsa kuchsiz sho’rlangan yerlar maydoni 22,3 % dan 33,0 % ga , o’rtacha sho’rlangan yerlar maydoni 9,1 % dan 12 % ga o’sgan.Kuchli cho’rlangan yerlar maydoni 3,7 foizdan 3,6 foizga atigi 0,1foizga pasaygan.Bunday holat hamma tumanlarda bir xilda emas. Sho’rlangan yerlarning asosiy qismi yangidan o’zlashtirilgan cho’l hududlarda joylashgan tumanlarga to’g’ri keladi.

1.Yerning sifatini hisobga olish uning tabiiy resurs va ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qimmatini belgilab beruvchi belgilar bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday belgilar jumlasiga yerlarning tuproq, o’simliklar va rel’ef tuzilishi bo’yicha tavsifi tuproqning suv va shamol eoziyasiga uchraganligi, botqoqlshganligi, sho’rlanganligi to’g’risidagi ma’lumotlar, oziqlanuvchi moddalar bilan ta’minlanganligi va boshqalar kiradi. Bu omillarni hisobga olgan holda yer resurslaridan omilkorlik bilan foydalanishga katta e’tibor berilmoqda.

2.Viloyat yer resurslarini muhofaza qilish inspeksiyasi yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga doir tadbirlar ishlab chiqilgan. Shu maqsadda, tumanlardagi nazoratchilar suv ko’tarish va energetika boshqarmasi, gidrogeologiya boshqarmasi ishlsnishni doimiy ravishda nazorat qilish va ularga kamchiliklarni bartaraf qilishda ko’maklashishlari, tozalanayotgan zovurlarning sifatini tekshirishlari lozim.

3. Yer tuzulishi va yerdan foydalanish, mineral o’g’itlar va zararli ximikatlardan foydsalanishda agrotexnika qoidalariga rioya qilish, ularni saqlash ishlari ham doimo nazoratda bo’lishi kerak.

4. Yer resurslarini muhofaza qilishda quyidagilarga rioya qilish zarur;



  • yer resurslarini muhofaza qilishda iqtisodiy javobgarlikni yo’lga qo’yish;

  • yer resurslaridan unumli foydalanish borasida keng jamoatchilik orasida targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish;

  • kollektor va zovur tarmoqlarini ta’mirlash;

  • yer va suv resurslaridan foydalanishda to’lo yo’lini amalga oshirish;

  • meliorativ chora – tadbirlarni uzliksiz olib borish va boshqalar.

-

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

I.A Karimov. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz faravonligini yanada yuksaltirishdir. Toshkent. “ O’zbekiston” 2010, 47-bet

I.A.Karimov Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari Toshkent .” O’zbekiston ”- 2009. 21-bet. Buning davomi sifatida 2011 yil 18 –aprelda “ Fermer xo’jaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora – tadbirlari to’g’risida” O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Farmoni qabul qilindi. “ Xalq so’zi 2011yil 19-aprel №76 ( 5243)”

1.

Muxamedov G.

“Tuproq eroziyasi” dehqonchilik uchun katta ofat. Toshkent, “О‘zbekiston” 1975

2.

Rafiqov A.

“Tabiatda ekologik muvozanat” Toshkent, “Fan” 1990

3.

Abdullayev X.A.

“Biogeoximiya va tuproq muhofazasi asoslari” Toshkent, “О‘qituvchi” 1989

4.




“Tabiatni muhofaza qilish va о‘zgartirish”. Toshkent, “О‘qituvchi” 1980

5.

Doshchanov M.V.

“О‘zbekistonda tuproq eroziyasi va qarshi kurash”. О‘zbekiston “Bilim” jamiyati. Toshkent 1967

6.




Sostoyaniye i perpektivi prerodopolzovaniya v yujnix rayonax Uzbekistana. Tashkent 1983

7,




“Qashqadaryo viloyati geografiyasi”. Geografiya “О‘qituvchilar uchun qо‘llanma”, Qarshi 1994

Download 106,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish