MPS = AS/AY
MPS = Jamg‘armaning o‘zgarishi (+, -) / Daromadning o‘zgarishi (+, -)
MPS1= 5/20 =0, 25
Shunday qilib chegaralangan iste’molga moyillik 0, 75ni tashkil etgan boMsa, chegaralangan jamg‘armaga moyilik esa qolgan 0, 25ni tashkil etadi. Chegaralangan iste’molga moyillik chegaralangan jamg‘armaga moyillik bilan birgalikda soliqlami to‘lagandan keyingi daromadga tengdir. Xulosa qilib aytganda, daromadning o‘sgan qismi iste’molga yoki jamg‘armaga ketadi. Agar daromadning o‘sgan qismi iste’mol qilinmasa, u jamg'armaga qo‘yilgan boMadi.
MPC + MPS = 1
Investisiyalar. Investisiya darajasiga ta’sir etuvchi omillar. Investisiyalarga talab egri chizigM
Investisiya ( nem.investition, lot. Investere - kiyintirmoq) - ish lab chiqarishni rivojlantirish maqsadida mamlakat yoki chet ellarda iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital kirgizish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud. Moliyaviy investisiya - ak siya, obligatsiya va boshqa qimmatbaho qog‘ozlami sotib olish; real investisiya - mamlakat ichkarisida va chet ellarda ishlab chiqarish (sanoat, qishloq xo‘jaligi, qurilish va b.)ga kapital qo‘yish, shuning- dek, boshqa davlatlarga qarz va ssuda berish shakllarida amalga oshiriladi. Investisiyani davlat, banklar yoki xususiy tadbirkorlar amalga oshirishi mumkin. Davlat investisiyasi soliqlar, zayomlar, davlat daromadlari orqali moliyalashtiriladi. Investoming shaxsiy mablagMari yoki uzoq muddatli qarz olish yoMi bilan jalb qilingan vositalari va qimmatbaho qog‘ozlami chiqarishi xususiy investisi- yaning manbai boMishi mumkin.
YaMMni harajatlar bo‘yicha aniqlashning ikkinchi qismi boMgan investisiyalarga to‘xtalamiz.
Investisiya - bu yangi korxonalar qurilishiga, mashina va asbob uskunalar sotib olishga, ya’ni kapital barpo etishga ketgan harajatlardir.
82
Sof harajatlaming investisiyaga boMgan harajatining miqdori 2ta omilga bogMiq:
soffoydaning kutilayotgan me yori; foiz stavkasi.
Agarda kutilayotgan foyda me’yori foiz stavkasidan yuqori boMsa, investisiyalash foydali va askincha, foiz stavkasi kutilayotgan foyda miqdoridan yuqori boMsa, investisiyalash foydali boMmay qoladi.
Investisiya harajatlari foyda keltirishini aniqlashda nominal foiz stavkasi emas, balki real foiz stavkasi hisobga olinadi. Real foiz stavka narxlar darajasini o‘zgarishini aks ettirib, nominal stavkadan inflyatsiya darajasini ayirmasi ko‘rinishida aniqlanadi.
Masalan, nominal foiz stavkasi 16%ga teng boMsa, inflyatsiya darajasi yiliga 12%ni tashkil etsa, unda real foiz stavkasi 4% (16%- 1 2 %) tashkil etadi.
Investisiya talabining egri chizigM istalgan investisiya hajmi (I) va real foiz stavkasi miqdori (r) o‘rtasidagi bogMiqlikni o‘matadi. Real foiz stavkasi, ya’ni pul kapitalini qarzga olish bahosi qanchalik yuqori boMsa, investisiyalashni xohlovchilar shuncha kam boMadi va aksincha real foiz stavkasi qanchalik past boMsa, foyda keltiradigan investisiya loyihalari shuncha ko‘p boMadi. Shuning uchun ham in vestisiya funksiyasi grafigi quyiga qarab og‘ma boMadi.
Makroiqtisodiy siyosatda foiz stavkasi bilan investisiya hajmi o‘rtasidagi mavjud bogMiqlik hisobga olinadi va keng foydalaniladi.
Foiz stavkasining miqdori pul-kredit siyosatining muhim quroli hisoblanadi: davlat uni o‘zgartirish orqali mamlakatdagi pul taklifini tartibga solib turadi.
83
Foiz stavkasining ko‘tarilishi pulning qimmatlashuvi va unga boM gan talabning qisqarayotganini bildiradi. Demak, investisiya harajatlari ham qisqarib boradi. Olz navbatida, investisiya harajatlaming qisqarishi kelajakda milliy ishlab chiqarish hajmining pasayishini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |