Adabiyotlar
Karimov I. A. “О ‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida”, Toshkent, “О ‘zbekiston", I995y.
Yo'ldoshevZ. QosimovM. “Makroiqtisodiyot asoslari" Toshkent, “О ‘qiluvchi” 1994y.
Hakimova M. “Makroiqtisodiyot", Toshkent “Mehnat”, 1997y.
Agapova T. A. SereginaS. Ғ. “Makroekonomika ”, Moskva-Ufa, 1995y.
Abdullaev Yo. “Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob ” -
Toshkent “Mehnat", 1997y.
Makkonnell K, Bryu S. “Ekonomiks" t 1-2, Moskva "Respublika", 1992y.
Grigori N. Menkyu. “Makroekonomika" Moskva, MGU., 1994y.
Burdo М., Viplosh Ch. “Makroekonomika” (Yevropeyskiy tekst), S. Peterburg.
Kostyak V. N. “Makroekonomika”-М., 1998
David N. Hyman: Economics. Richard D. IRWIN, INC. 1995.
Fiskal siyosat, uning maqsad va instrumentlari
Fiskal siyosat davlat iqtisodiy siyosatining tayanchi hisoblanib, u davlat byudjeti daromadi yoki harajatlarini o‘zgartirish orqali iqtiso diyotni barqarorlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini aks
87
ettiradi. Shuning uchun fiskal siyosat soliq-byudjet siyosati deb ham ataladi.
Davriy tebranishlami oldini olishga, tekislashga (antisiklik cho- ralar ko‘rishga), ya’ni barqarorlikka qaratilgan har qanday siyosat kabi fiskal siyosatning maqsadlari quyidagilami ta’minlashga qaratilgan:
barqaror iqtisodiy o‘sish;
resurslaming to‘liq bandligi (eng avvalo davriy ishsizlik muammosini hal etishga);
barqaror narx darajasi (inflyatsiya muammosini hal etish).
Fiskal siyosat - bu eng avvalo hukumatning yalpi talabni ta’minlashga (tartibga solishga) qaratilgan siyosatidir. Iqtisodiyotni tartibga solish bunday sharoitda yalpi harajatlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ammo fiskal siyosatning ba’zi instrumenlari yalpi taklifga faollik darajasi orqali ta’sir etish uchun qoMlanilishi mum kin. Fiskal siyosatni hukumat olib boradi.
Fiskal siyosatning instrumentlari bo6lib davlat byudjetining daromad va harajatlari hisoblanadi:
davlat harajatlari; soliqlar; transfertlar.
Fiskal siyosat instrumentlarining yalpi talabga (AD) ga ta’siri
Fiskal siyosat instrumentlarining yalpi talabga ta’siri turlichadir.
Yalpi talab formulasidan:
AD = C + I + G + Xn
ma’lumki, davlat harajatlari (G) yalpi talabning tarkibiy qismidir,
shuning uchun G ning o‘zgarishi AD ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, soliqlar va transfertlar esa ADga bilvosita ta’sir etadi (bunda ular ta’sirida iste’mol va investisiya harajatlari o‘zgaradi, ya’ni С va I).
Davlat harajatlarining ortishi ADni oshirsa, ularning qisqarishi esa ADni kamayishiga olib keladi, chunki davlat harajatlari yalpi harajatlaming bir qismi hisoblanadi.
Transfertlaming ortishi ham ADni oshiradi. Bir tomondan ijti moiy transfert toMovlarining ortishi uy xo‘jaliklarining shaxsiy daromadlarini oshiradi, buning oqibatida esa iste’mol harajatlari or-
88
tadi. Ikkinchi bir tomondan, transfert toMovlari (subsidiya) ning fir- malarga berilishi firmalaming ichki moliyalash imkoniyatini oshiradi, bu esa investision harajatlarini oshishiga olib keladi. Sub- sidiyalaming qisqarishi esa AD ni kamayishiga olib keladi.
Soliqlaming ortishi teskari yo‘nalishda ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlaming oshirilishi ham iste’mol (chunki ixtiyordagi daromad kamayadi), ham investision (chunki sof investisiya manbai boMgan taqsimlanmagan foyda kamayadi) harajatlami, ya’ni С va 1 kamayi shiga, bundan esa ADni pasayishiga olib keladi. Tegishlicha soliqlaming pasayishi AD ni oshiradi. Soliqlaming kamayishi AD egri chizigMni o‘ngga siljitadi va bunda real YaMM ham ortadi.
Shuning uchun fiskal siyosat instrumentlari iqtisodiy siklning turli fazalarida iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |