Adabiyotlar
Karimov I. A. “O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish y o ‘lida”, Toshkent, "O'zbekiston”, 1995y.
Yo'ldoshevZ. QosimovM. “Makroiqtisodiyot asoslari” Toshkent, “0 ‘qituvchi” 1994y.
Hakimova M. “Makroiqtisodiyot”, Toshkent “Mehnat”, 1997y.
Agapova T. A. SereginaS. F. “Makroekonomika”, Moskva-Ufa, 1995y.
Abdullaev Yo. “Bozor iqtisodiyoti asoslari: 100 savol va javob” - Toshkent “Mehnat”, 1997y.
Makkonnell K, BryuS. “Ekonomiks” 11-2, Moskva “Respublika”, 1992y.
Grigori N. Menkyu. “Makroekonomika” Moskva, MGU., 1994y.
Burdo М., Viplosh Ch. “Makroekonomika” (Yevropeyskiy tekst), S. Peterburg.
Kostyak V. N. “Makroekonomika”-М., 1998
David N. Hyman: Economics. Richard D. IRWIN, INC. 1995.
93
Davlat byudjeti: davlat byudjetining daromad va harajatlari
Davlat byudjeti deganda umumjamiyat miqyosida markaz- lashgan va davlat ishtirokida hosil boMuvchi va sarflanuvchi moli yaviy resurslar tushuniladi. Uning asosiy vazifasi moliyaviy vositalar yordamida iqtisodiyotni samarali rivojlantirish va umumdavlat miqyosidagi vazifalami hal qilishdir.
Davlat byudjeti - bu ma’lum davr ichidagi (odatda 1 yil) davlat daromadlari va harajatlarining balanslashuvi hisoblanib, u mam- lakatning asosiy moliyaviy rejasini aks ettiradi va hukumatning qonun qabul qiluvchi organi hisoblangan Oliy Majlis (parlament, davlat dumasi, kongress) tomonidan qabul qilingandan so‘ng ijro uchun qonuniy va majburiy tus oladi.
0 6z funksiyalarini amalga oshirishda davlat juda ko‘p harajatlar qiladi. Qanday maqsadda ishlatilishiga ko‘ra davlat harajatlari quyi- dagilarga boMinadi:
siyosiy maqsadlami amalga oshirish uchun: milliy himoya va havfsizlikni ta’minlash harajatlari, ya’ni armiya, polisiya, sudlami va boshqalami ta’minlashga ketadigan harajatlar, davlatning boshqaruv apparatini ta’minlashga ketadigan harajatlar;
iqtisodiy maqsadlarga sarf-harajatlar: iqtisodiyotda davlat sektorining faoliyat yuritishini ta’minlash uchun ketadigan harajatlar, iqtisodiyotning xususiy sektoriga yordam berish uchun (subsidiyalar) ketadigan harajatlar;
ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish uchun qilinadigan ha rajatlar: ijtimoiy ta’minot harajatlari (pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar), ta’lim, sogMiqni saqlash, fundamental fanlar rivojiga, atrof-muhit muhofazasiga qilinadigan harajatlar.
Makroiqtisodiyot nuqtai nazaridan davlat harajatlari quyidagi- larga boMinadi:
tovar va xizmatlaming davlat xaridi (YalMga kiritiladi)
transfertlar (YalMga kiritilmaydi)
davlat obligatsiyalari bo‘yicha foiz toMovlari (davlat qarzi xizmati hisoblanadi).
Daromadlaming asosiy manbai boMib quyidagilar hisoblanadi: soliqlar (ijtimoiy sug‘urta badallarini ham o‘z ichiga oladi); davlat korxonalaridan keladigan foyda;
senoraj (pul emissiyasidan tushadigan daromad); xususiylashtirishdan tushadigan daromad.
94
Do'stlaringiz bilan baham: |