Moliyaviy hisobot turlari
jadval23
t/r
|
Moliyaviy hisobot turlari
|
Moliyaviy hisobot shakli
|
I.
|
Yillik moliyaviy hisobot:
|
|
1
|
Buxgalteriya balansi
|
1-shakl
|
2
|
Moliyaviy natijalar to’g`risidagi hisobot
|
2-shakl
|
3
|
Asosiy vositalar harakati to’g`risidagi hisobot
|
3-shakl
|
4
|
Pul oqimlari to’g`risidagi hisobot
|
4-shakl
|
5
|
Xususiy kapital to’g`risidagi hisobot
|
5-shakl
|
6
|
Debitorlik va kreditorlik qarzi hakida ma`lumotnoma
|
2a-shakl
|
7
|
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati
|
|
8
|
Auditorlik xulosasi
|
|
II.
|
CHoraklik va yarim yillik moliyaviy hisobotlar
|
|
1
|
Buxgalteriya balansi
|
1-shakl
|
2
|
Moliyaviy natijalar to’g`risida hisobot
|
2-shakl
|
3
|
Debitorlik va kreditorlik qarzi haqida ma`lumotnoma
|
2a-shakl
|
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 27-dekabrdagi 40-son buyrug`i bilan tasdiqlangan, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003 yil 24-yanvarda 1209-son bilan ro’yxatga olingan «Moliyaviy hisobot shakllarini to’ldirish to’g`risida» gi qoidada moliyaviy hisobotlarni to’ldirish tartibi bayon qilingan .
Moliyaviy hisobotlarda sub`ektning nomi, mulk shakli, yuridik manzili, kimga bo’ysunishi, sub`ektni aniqlash uchun identifikatsiyalash raqami, hisobot tuzilgan vaqt yoki moliyaviy hisobotda qamrab olingan davr, moliyaviy hisobotlar o’lchangan valyuta, raqamlar minglar hisobida yoki millionlar hisobidaligi bayon qilinadi.
O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g`risida»gi Qonuni, “Norma” elektron-huquqiy manba.
23 Muallif tomonidan tuzilgan
Buxgalteriya balansi korxonaning ma`lum sanaga mavjud bo’lgan asosiy va aylanma mablag`lari, majburiyatlari hamda uz mablag`larining manbalari holatini pulli ifodada aks ettiradi.
Balansning aktiv va passiv qismlari ikki bo’limga, bo’limlar esa tegishli moddalarga bo’lingan.
Xullas, buxgalteriya balansi ma`lumotlari asosida korxonaning iktisodiy nochorligini, uning moliyaviy holatini aniqlashda muhim axborot manbasi hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilishda ma`lumotlar asosan moliyaviy hisobotning buxgalteriya balansi (1 shakl), moliyaviy natijalar to’g`risida xisobot (2 shakl) jadvallaridan olinadi.
Blansning aktiv qismida asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, uzoq muddatli investitsiyalar jami, kapital qo’yilmalar, uzoq muddatli debitorlik qarzi, tovar-moddiy zaxiralar, debitorlar, pul mablag`lari, qisqa muddatli investitsiyalar, boshqa joriy aktivlar haqidagi ma`lumotlar aks ettiriladi.
Balansning passiv qismida xo’jalik yurituvchi sub`ektning ustav kapitali, qo’shilgan kapitali, rezerv kapitali, sotib olingan xususiy aktsiyalari, taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarar), grantlari, subsidiyalari, olingan beg`araz yordami, kelgusi davr xarajatlari, to’lovlari zaxiralari to’g`risidagi ma`lumotlar o’z aksini topadi.
Bundan tashqari balansning passiv qismini ikkinchi bo’lmida korxonaning uzoq muddatli majburiyatlari, uzoq muddatli kreditorlik qarzlari, joriy majburiyatlari, joriy kreditorlik karzlari, shuningdek to’lanadigan qisqa muddatli ijara xaqi, to’lanadigan foizlari, royalti bo’yicha karzlari, kafolatlar bo’yicha qarzlari, hisobdor shaxslarga qarzlari to’g`risidagi ma`lumotlar yoritiladi.
Balans ma`lumotlarini haqqoniyligini tekshirish uchun o’zaro bog`liq moddalarda aks etgan summalarning mos kelishini o’rganish talab qilinadi.
Bundan tashqari balans ayrim satrlarining ma`lumotlari moliyaviy hisobotning boshqa shakllari ma`lumotlariga teng bo’lishi;
-balansning 680 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» satri bo’yicha yil oxiriga bo’lgan summasi «Moliyaviy natijalar to’g`risida”gi hisobotni, «Byudjetga to’lovlar bo’yicha ma`lumot»larning 280 - 440 satrlari ma`lumotlariga mos kelishi;
-balansning pul mablag`lariga tegishli 320-satrda ask ettirilgan yil boshidagi, yil oxiridagi pul mablag`lari summasi «Pul oqimlari to’g`risida”gi hisobotning mos satrlari bilan mos kelishi.
Moliyaviy natijalar to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda buxgalteriya hisobining 9000, 9100, 9300, 9410, 9420, 9430, 9440, 9510, 9520, 9530, 9540,
9550, 9560, 9590, 9610, 9620, 9630, 9710, 9720, 9810, 9820, 9910 hisob
raqamlari axborot manbalari bo’lib xizmat qiladi. Hisobotda aks ettirilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlash uchun quyidagilarga amal qilish zarur:
-moliyaviy natijalar to’g`risida hisobotning byudjetga to’lovlar bo’yicha ma`lumoti buxgalteriya balansining “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» satri bilan teng bo’lishi;
-moliyaviy natijalar to’g`risidagi hisobotning 120, 130, 180- satrlari summalari «Pul oqimlari to’g`risidagi hisobotning 110, 120-satrlar summalari bilan teng bo’lishi talab qilinadi.
Pul oqimi to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda buxgalteriya hisobining pul mablag`lari harakatini hisobga oluvchi 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700, 5800, 5900- hisob varaqlari axborot manbasi bo’lib xizmat qiladi.
«Pul oqimlari to’g`risida”gi hisobotni tuzishda quyidagi o’zaro bog`lanishlarga rioya qilinishi, undagi ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlaydi:
1. 050-satrning 4- ustuni = satr 010+020+030+040 (4-ustun);
2. 050-satrning 3- ustuni = satr 010+020+030+040 (3-ustun);
3. 100-satrning 3- ustuni = satr 060+070+080+090 (3-ustun);
7. 210-satrning 3- ustuni = satr 190+200( ustun 3);
230-satrning 3- ustuni = 1-shaklning 320-satri, ustun 3
230-satrning 4- ustuni = 1-shaklning 320-satri, ustun 4
11. 260-satr = 261, 262, 263, 264 satrlar yig`indisi;
270-satr = 271, 272, 283 satrlar yig`indisi;
280-satrlar = 250+ 260-270-satrlar ifodasi natijasi.
«Asosiy vositalar harakati to’g`risida”gi hisobotni tuzishda 0100 - «Asosiy vositalar», 0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi», 0310 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar», 0800 -«Kapital qo’yilmalar» sintetik va analitik hisob ma`lumotlaridan foydalaniladi.
Hisobot shakli to’rt qismdan iborat:
asosiy vositalarni boshlang`ich (qayta tiklangan) qiymati bo’yicha xarakati;
amortizatsiya (eskirish) miqdori;
asosiy vositalarning qoldiq qiymati;
asosiy vositalarni qanday manbalar hisobiga yaratilganligi va ular bo’yicha ijara munosabatlari.
Asosiy vositalar harakati to’g`risidagi hisobot ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlash uchun quyidagi moliyaviy hisobot axborotlari o’rtasidagi o’zaro bog`lanishlarga rioya qilinishi lozim:
170-satrning 3- ustuni == 1-shaklning 3-ustuni 010- satri;
170-satrning 6- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 010-satri;
170-satrning 7- ustuni = 1-shaklning 3-ustuni 011-satri;
170-satrning 10- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 011-satri;
170-satrning 11- ustuni = 1-shaklning 3-ustuni 012-satri;
170-satrning 12- ustuni = 1-shaklning 4-ustuni 012satri;
170-satrning 3,6- ustunlari = 1-shaklning 3.4 ustunlari 100 sarti;
8. 170-satrning 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11, 12-ustunlari = 171, 172 sartlarning
3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11,12-ustunlari;
9. 190-satrning 6- ustunlari = 3, 4, 5 ustunlarning 190-satrlari yig`indisi.
Xususiy kapital to’g`risidagi hisobotni to’ldirishda axborotlar buxgalteriya hisobining 8300, 8400, 8500, 8600, 8700 4610 hisob raqamlaridan yig`iladi. Ushbu hisobot shaklida quyidagi moliyaviy ko’rsatkchilar o’z aksini topadi:
xususiy kapitalning yil boshidagi qoldig`i;
-qo’shilgan kapital summasi;
-rezerv kapital summasi;
-taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi;
-sotib olingan xususiy aktsiyalar, ularni keyin tarkatish yoki yo’q qilishga bo’lgan xarajatlar summasi;
maksadli tushumlar va boshqalar ko’rsatiladi.
Xususiy kapital to’g`risida hisobotdagi ma`lumotlarning haqqoniyligini ta`minlashda uning moddalari o’rtasidagi quyidagi bog`lanishiga rioya qilish taqozo qilinadi:
3-ustunning 010 satri ± 3-ustunning 110 satri = 120- satr;
4-ustunning 010 satri ± 4-ustunning 110 satri = 120- satr;
5-ustunning 010 sarti ± 5-ustunning 110 satri = 120- satr;
6-ustunning 010 satri ± 6-ustunning 110 satri = 120- satr;
7-ustunning 010 sarti ± 7-ustunning 110 satri = 120- satr;
8-ustunning 010 satri ± 8-ustunning 110 satri = 120- satr.
Korxonaning debitorlik va kreditorlik qarzlariga tegishli boshqa ma`lumotlar 2a-shaklda o’z aksini topadi.
Moliyaviy hisobotni 2a-shaklida quyidagi tahlil uchun quyidagi axborotlar olinadi:
-O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor va kreditoriing nomi;
O’zbekiston Respublikasi ichidagi debitorlik qarzining umumiy summasi;
idora ichidagi debitorlik qarzining umumiy summasi;
O’zbekiston Respublikaning tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy summasi;
korxonaga bog`lik bo’lmagan sabablarga ko’ra hosil bo’lgan umumiy qarzlar;
muddati o’tgan qarzning umumiy summasi;
korxona va tashkilotning xukumat qaroriga ko’ra xaqini to’lamasdan yuklab junatilgan (olingan) mahsulot (ishlar, xizmatlar) bo’yicha umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi;
hukumat qarori bo’yicha qarzni sundirishni kechiktirish hukuqi berilgan korxona va tashkilotning qarzi;
da`volar bo’yicha sud jarayonidagi qarz summalari.
Hisobotda aks ettirilgan debitorlik va kreditorlik qarzlarining umumiy summasi buxgalteriya balansining 110 va 210-satrlari summasiga, kreditorlik qarzining umumiy summasi esa buxgalteriya balansining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq kelishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |