Moddiy tizimdan farqli, mavhum tizimlar inson ongining mahsuli hisoblanadi. Borliq to’g`risidagi nazariyalar, bilimlar, gipotezalar mavhum tizimning elementlari hisoblanadi. SHu ma`noda, axborot texnologiyasi tizim sifatida ham moddiy tizim elementlarini (kompyuterlar, hujjatlar, insonlar), ham nomoddiy tizim elementlarini (matematik modellar) o’z ichiga oladi.
Iqtisodiyotning hozirgi zamon rivojlanishi, ilmiy-texnik, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa axborotlar hajmining o’sishi boshqaruv sohasiga hisoblash texnikasi vositalarini keng tadbiq etishni taqozo qiladi. Bu esa, korxona faoliyatini samarali
16 Muallif tomonidan tuzilgan
boshqarish uchun axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Natijada, iqtisodiy sohada ham turli toifadagi avtomatlashtirilgan tizimlarga bo’lgan talab o’sib bormoqda.
Informatsion tizimlar tashkilotlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Tashkilotlar biznesni tashkil etish, shuningdek, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish, savdo-sotiq va marketing, moliyalashtirish, buxgalteriya hisobini va moliyaviy tahlilni tashkil qilishda axborot tizimlaridan keng foydalanishga harakat qilmoqda.
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi - korxonaga tegishli bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va mehnat resurslarni samarali boshqarish uchun unga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat17.
Korxonalarda foydalaniluvchi axborot tizimlarining muhim elimentlaridan biri – aborot texnologiyalari hisoblanadi. Ular moliyaviy resurslari, korxona aktivlari, moliyaviy, iqtisodiy jarayonlarning ahvoli haqida yangicha ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatish vositalari hamda usullaridan foydalanishni talab qiladi. Shu ma`noda, bugungi kunda axborot texnologiyasining maqsadi axborotlarni tahlil qilishi va shu asosda korxonaning moliyaviy holatini yaxshilash bo’yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.
Axborotlarni yig`ish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, ushbu jarayonlarda faoliyat yuritayotgan mutahassislar bilan birgalikda mazkur tashkilotniig axbopot tizimini tashkil etadi. Axborot tizimlari doimiy dinamik o’zgarishda.
Korxonalarda tashkil qilingan axborot tizimlari korxona ichida ham, tashqi muhit bilan ham integratsiyalashadi. Bunday itegratsiyalashish axborot etkazib
17 Информaционные системы и технологии. Теория и прaктикa. Берёзa A.Н.-М.: Издaтелство: ЮРГУЕС. 2011. 283с.(25с.)
beruvchilar, iste`molchilar, banklar, birjalar va boshq sub`ektlari bilan axborot almashuvini ta`minlaydi. Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida alohida avtomatlashtirilgan ishchi o’rinlarini birlashtiruvchi ma`lumotlar bazasi va lokal hisoblash tarmoqlari negizida axborot tizimlari tashkil qilinadi. Kichik va o’rta tashkilotlar, hududiy boshqarish organlari, transport, qurilish, savdo va boshqa tashkilotlar faoliyatini avtomatlashtirish uchun «elektron idoralar» deb ataluvchi axborot tizimlari joriy qilinadi.
Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi hisoblanadi. Axborot tizimining axborotni shakllantiruvchi kichik tizimi axborot manbalari va ma`lumotlarni yig`ish funktsisini bajaradi. Axborotdan maqsadli foydalanish kichik tizimi olingan axborotlar asosida qarorlarni shakllantirish va qabul qilish jarayonini tahlil qiladi. SHunday qilib, axborot tizimi axborotni yig`ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimlari bilan o’zaro bog`liq hisoblanadi.
Axborot tizimining texnologik va mazmuniy jihatini bir-biridan farqlash lozim. Ma`lumot yig`ish, ro’yxatta olish, uzatish, saqlash, jamlash, qayta ishlash jarayonlarini amalga oshirish - axborot tizimiga texnologik yondoshuv deb ifodalanadi. Axborot tizimiga mazmuniy yondoshuv tashkilotning funktsional vazifasi bilan bog`liq axborot birliklari bilan xarakterlanadi. Rekvizit va ko’rsatkichlar, massiv va oqimlar axborot birliklari deb e`tirof etiladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari o’zining tarkibiy komponenlariga ega. 6- chizmaga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |