chizma.Axborot texnalogiyalarining elementlari20.
Kompyuter dasturlari kompyuter qurilmalari ishini ta`minlaydi. Ular tizim va amaliy dasturlardan tarkib topgan. Tizim dasturlar kompyuter qurilmalarining hamda boshqa dasturlarning funktsiyalarini va faoliyatini tartibga solib turadi. Protsessor va har xil qurilmalar uchun alohida tizim dasturlari yaratiladi.
Tizim dasturlaridan farqli, amaliy dasturlar tashkilotning masalalalarini va vazifalarini amalga oshirishda yordam beradi.
Moliyaviy tahlil korxonaning moliyaviy faoliyatiga oid ma`lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunday ma`lumotlar korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini xarakterlovchi hisobotlardan olinadi. Bugungi kunda, ko’plab korxonalar buxgalteriya hisobini kompyuter dasturlari –“1-S”, “BEM” va boshqa kompyuter dasturlari asosida amalga oshirilmoqda. Buxgalteriya hisobini yuritishga ixtisoslashgan kompyuter dasturlari yordamida korxonaning
Muallif tomonidan tuzilgan
moliyaviy-xo’jalik faoliyatiga oida barcha hisobot shakllari tuziladi va avtomatik ravishda olinadi. Korxona hisobotlarini kompyuter dasturlaridan foydalangan holda tayyorlanishi moliyaviy tahlilni tashkil qilishda katta qulaylik yaratadi. SHu munosabat bilan, moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlarning axborot tizimi orqali olishning quyidagi yutuq tomonlari mavjud:
moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumotlarning shakllantirish jarayoni tezlashadi;
moliyaviy tahlilning ma`lumotlar manbasini ishonchlili darajasini oshiradi;
korxonaning boshqa hududlarda joylashgan filiallari va sho’`ba xorxonalarining moliyaviy holatiga oida ma`lumotlarni olish imkoniyati paydo bo’ladi;
moliyaviy tahlilni amalga oshirish jarayoni tezlashadi;
amaliy dasturlardan foydalangan holda moliyaviy tahlilning amalga oshirilishi tahlilchilarning faoliyatini avtomatlashtirishga va tahlil samarasini oshishiga olib keladi.
Xulosa qilib aytganda, moliyaviy tahlil tahlil sohasining yangi tarmog`i hisoblanadi. U iqtisodiy tahlil takibidan kelib chiqqan. Jamiyatda ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishi, fan-texnikaning taraqqiyoti korxonalarda moliyaviy tahlilni tashkil qilish zaruratini oshirdi.
Moliyaviy tahlil ob`ekti- korxonalarning moliyaviy resurslarini boshqarishda yuzaga keluvchi moliyaviy-iqtsiodiy munosbatlar hisoblanadi.
Moliyaviy tahlil qilish jarayonida an`anaviy va noan`anaviy usullardan foydalanadi. Taqqoslash, guruhlash, mutloq farqlar, nisbiy farqlar, balans bog`lanish, zanjirli bog`lanish va boshqa shu kabilar moliyaviy tahlilning an`anaviy usullari hisoblanadi.
Mqtsiodiy-matematik usullar ham moliyaviy tahlil jarayonida qo’llaniladi.
Korxonaga tegishli bo’lgan iqtisodiy, moliyaviy va mehnat resurslarni samarali boshqarish uchun unga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun zarur bo’lgan axborot va texnikaviy muhitni yaratishda axbort tizimlarining ahamiyati katta.
Zamonaviy axborot tizimlarida axborot texnologiyalardan juda keng foydalanadi.
Axborot tizimlaridan va axborot texnologiyalarining joriy qilinishi moliyaviy tahlil jarayonini avtomatlashishiga, tezlashishiga, samarasini oshishiga hamda tahlil natijalarining haqqoniy bo’lishiga olib keladi.
Birinchi bob bo’yicha xulosa. Moliyaviy tahlil iqtisodiy tahlilning tarkibiga kiruvchi alohida tadqiqot faoliyati hisoblanadi. Moliyaviy tahlil o’z ob`ekti, predmeti, maqsadi va vazifalariga ega. Moliyaviy tahlilni amalga oshirishda umum-uslubiy qoidalarga va tamoyillarga amal qilinadi. Ananaviy va iqtisodiy- matematik usullar moliyaviy tahlilni amalga oshirishda keng qo’llaniladi. Moliyaviy tahlil jarayoni ma`lumotlar manbasiga muxtoj. Moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`umltlar axborot tizimilarida shakllanadi. Axborot tizimini asosini axborot texnologiyalari tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |