8-chizma.Boshqaruv darajasiga va tahlil turiga ko’ra axborotga
bo’lgan zarurat33.
Korxonalarda joriy qilingan axborot tizimini samarali boshqarish uchun uning ishlash jarayonlarini, kutilgan samaraga erishilayotgan natijalarni, axborot tizimining yutuq va kamchiliklari doimiy tahlil qilinib o’rganiladi.
Axborot tizimini boshqarish nazorat funktsiyasiga ega. Nazorat deb
33 Muallif tomonidan tuzilgan
moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimini ishlash jarayonini kuzatish va belgilangan reja talablarini haqiqatda bajarilishini davriy tekshirishga aytiladi.
Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborotlarning ishonchliligini ta`minlashda boshqaruvning nazorat qilish funktsiyasi muhim rol o’ynaydi. Nazorat vositasida boshqaruv faoliyatning borishi, ularning qanchalik haqqoniyligi tekshiriladi. Bunda tahlilning usullari, tamoyillaridan foydalaniladi va shu asosda kerakli xulosalar qilinadi.
Hisobot deganda korxonaning axborot tizimini joriy qilish yoki mavjud axborot tizimini samarasini oshirish rejasini bajarilishi yoki axborot tizimini boshqarish natijalarini baholash tushuniladi.
Korxonada moliyaviy tahlilni to’g`ri yo’lga qo’yish mavjud axborot tizimini to’g`ri boshqarish, yuzaga kelgan muammo bo’yicha axborotning to’liqligini ta`minlash, olingan axborot natijasida bir - qator to’g`ri qarorlar qabul qilish, ma`lumotlardan tahlil maqsadida to’g`ri foydalanishga bog`liq.
Qaror qabul qilish jarayonida axborotdan foydalanish muammolari quyidagilar:
kerak bo’lgan axborotning etarli emasligi va keraksiz axborotning ortiqchaligi;
axborotning turli tashkilotlar orasida tarqalishi;
axborotning o’z vaqtida etib kelmaslig`i.
Boshqaruv jarayonida o’rganilayotgan ob`ektga kompleks yondashilib, butun bir tizilmani ijobiy va salbiy jihatlari nazarda tutilgan holda eng maqbul choralar yoki tadbirlar ishlab chiqiladi. Natijada, boshqaruv ob`ekti faoliyati yoki dasturidagi salbiy holatlar tugatiladi va boshqaruv dasturlariga aniqlik kiritiladi. Mazkur ishlar bevosita tahlil yordamida amalga oshiriladi.
bob bo’yicha xulosa. Moliyaviy tahlilning axborot manbasi bo’lib, korxona va tashkilotlar tomonidan to’ldiriluvchi moliyaviy hisobot shakllari xizmat qiladi. Korxona balansi, moliviy natija to’g`risidagi, pul oqimi, asosiy vositalar harakati, xususiy kapital to’g`risidagi hisobotlardan olingan ma`lumotlar
asosida korxona faoliyatining moliyaviy tahlili amalga oshiriladi.
“ALSKOM” sug`urta kompaniyasining moliyaviy –xo’jalik jarayoni tahlil qilinganda uning moliyaviy holati va moliyaviy barqarorlik darajasi belgilangan talablarga javob berishi, sug`urta zaxiralarining hamda xususiy kapitalning oshganligi aniqlandi.
Bugungi kunda, respublikamizda moliyaviy tahlil jarayonida axborot tizimlaridan foydalanish holati talab darajasida emas. Ushbu sohada muammolar ko’p. Kompyuter vositasida faqat elimentar amallarni bajarish maqsadida foydalaniladi. Ayrim korxonalarda esa faqat moliyaviy hisobot shakllari buxgalteriya elektron dasturidan foydalangan holda olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |