jadval14
13
Kilicheva Farida Beshimovna. Menejmentda axborot tizimlari. o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’quv-
uslubiy kengashining 2012 yil 18.04.dagi “49” -sonli majlis bayoni bilan tavsiya etilgan.-T.:2012.(14b.)
14 Muallif tomonidan tuzilgan
Axborotlarni jamiyat sohasiga aloqadorligiga qarab guruhlanishi
t/r
|
Axborot guruhlari
|
1
|
Texnik axborot
|
2
|
Agrobiologik axborot
|
3
|
Siyosiy axborot
|
4
|
Huquqiy axborot
|
5
|
Iqtisodiy, moliyaviy va boshqa axborot turlari
|
Axborotning turlari ko’p bo’lsada, ularning ichida iqtisodiy – moliyaviy axborotlar jami axborotlarning 80 % ni tashkil qiladi. Barcha axborotlarga xos bo’lgan umumiy xususiyatlar mavjud. Axborotlarning umumiy xususiyatlariga ularning uzluksiz hosil bo’lishi, harf raqamlarda ifodalanishi, diskret xarakterdaligi, yig`ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi kiradi.
«Tizim» tushunchasi yunoncha «system» so’zidan kelib chiqqan. Uning lo’g`ai ma`nosi tashkil etuvchilardan iborat bir butunlik degan ma`noni anglatadi15. SHunday qilib, tizim - bu yagona maqsadga erishish uchun ma`lum qoida asosida o’zaro munosabatda bo’ladigan elementlar to’plamidir. Tizim elementlari oddiy elementlar yig`indisidangina iborat bo’lmay, balkim tizimga kiruvchi har -bir element ham o’z navbatida kichik tizimga ega bo’lishi mumkin.
Ilmiy-texnik adabiyotlarda tizimlar turli belgilariga qarab turkumlanishini kuzatish mumkin. Tizim tarkibiga kiruvchi elemnetlarning soniga qarab, ularni oddiy va murokkab turlarga ajartishimiz mumkin.
Elementlar soni kam bo’lsa, oddiy tizim deb ataladi. Ular sodda tarkibga
ega.
Oddiy tizimdan farqli, murakkab tizimlar bir nechta elementlardan tashkil
topgan bo’lib, bu elementlar ham o’z navbatida alohida tizimlarga bo’linishi mumkin.
O’zgaruvchanlik xususiyatiga qarab, tizimlar statistik va dinamik turlarga ajratiladi.
15 Kilicheva Farida Beshimovna. Menejmentda axborot tizimlari. o’quv-uslubiy qo’llanma. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O’quv- uslubiy kengashining 2012 yil 18.04.dagi “49” -sonli majlis bayoni bilan tavsiya etilgan.-T. 2012.(16b.)
Vaqt o’tishi bilan statistik tizimda o’zgarish ro’y bersa, dinamik tizimda bunday holat kuzatilmaydi.
Aksariyat adabiyotlarda tizimlarni moddiy yoki mavhum guruhlariga ajratilgan. Mavhum tizimlar inson ongining mahsuli hisoblanadi.
Moddiy tizimlar elementlarini moddiy ob`ektlar tashkil qiladi. SHu sababli. Ularning elementlarini anorganik (mexanik, ximik) va organik (biologik) moddalar tashkil qilishi mumkin. 5–chizmaga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |