Axborotni to’plash va dastlabki ishlov berish kichik tizimi tomonidan ob`ekt uchun tabiiy bo’lgan shaklda dastlabki axborotni to’plash amalga oshiriladi. To’plangan axborotlar elementlariga dastlabki ishlov berish jarayonida ular tizimda qabul qilingan muayyan shaklga va formatga keltiriladi. Ma`lumotlar maxsus blankalarga yoziladi, belgilangan shakldagi jadvallarga kiritiladi, tegishli annotatsiya va bibliografik bayoni tuziladi.
Axborot tizimining kiritish kichik tizimi vazifasi axborotni kompyuterga to’g`ri ko’chirish va yuzaga kelgan xatolarni nazorat qilib turishdan iborat bo’ladi. Axborotni kiritishda maxsus tarmoq vositalari hisoblangan displey va aloqa kanallaridan foydalaniladi.
18 Muallif tomonidan tuzilgan
Kiritilgan axborot kompyuter xotirasiga joylashtiriladi. Xotiraga joylashtirilgan axborotlar axborot tizimining axborot fondini tashkil qiladi. Saqlangan axborotlarga mantiqiy va arifmetik, saralash va qidirish, yuritish va tuzatish operatsiyalari asosida qayta ishlov beriladi. Bu esa kichik tizimi tarkibiga kiradigan dasturlar majmuisi boshqaruvida amalga oshiriladi.
Axborotni saqlash va ishlov berish kichik tizimi AIBST deb, qisqacha ataladi. AIBST o’z ichiga axborot massivlarini, ularni tashkil etish va ishlov berish usullari, metodlari va algoritmlari, tegishli dasturiy va texnik vositalar majmuini kiritadi. Ayrim texnik adabiyotlarda axborotga ishlov berish kichik tizimi ma`lumotlarga ishlov berishning avtomatlashtirilgan tizimi (MIBAT) ham deb ataladi.
Axborotni chiqarib berish va tasvirlash kichik tizimi (chiqarish tizimi) tarkibiga chiqarib beriladigan xabarning zaruriy shaklini ta`minlab beradigan dasturlar majmui va chiqarib berilayotgan axborot qayd etiladigan (aks etadigan) texnik vositalar kiradi. Tegishli ma`lumotlar displey, grafik tuzgich, turli tablo va indikatorlar yordamida chiqarib berilishi mumkin19.
Axborot tizimi tarkibiga uzoqlashgan terminal ham kiradi. Uzoqlashgan terminal - bu markaziy kompyuterni uzoq masofada joylashgan kiritish-chiqarish qurilmasi bilan bog`lovchi vositadir. Uzoq masofali a`loqada shaxsiy kompyuterlar, terminallar, teletayplar, maxsus terminallar va abonent punktlaridan foydalaniladi. Terminal vositalari o’rtasida axborot almashish uzatish kanali yordamida amalga oshiriladi. Bunda, terminaldan olinadigan axborotni kompyuterga bevosita kiritish, terminalning markaziy kompyuter bilan o’zaro aloqasini ta`minlash ishlari maxsus dasturlar yordamida bajariladi.
19 Информaтикa. Теория и прaктикa. Острейский В.A., Поляковa И.A.-М.: Издaтелство: Оникс. 2008.- 608с(134с).
Zamonaviy axborot tizimlarida axborot texnologiyalardan juda keng foydalanadi. Axborot texnologiyalarining elementlari quyidagi chizmada keltirilgan.7 –chizmaga qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: |