Respublikasi oliy va


Moliyaviy tahlilda axborot tizimlaridan foydalanish va ularni boshqarish



Download 254,77 Kb.
bet26/36
Sana16.01.2022
Hajmi254,77 Kb.
#377288
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36
Bog'liq
moliyaviy tahlilda axborot tizimlarining orni va ularni boshqarish (1)

Moliyaviy tahlilda axborot tizimlaridan foydalanish va ularni boshqarish

Shaxsiy kompyuterlar bazasida tahlilchining, buxgalterning va moliyaviy menejerning avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilish- korxonaning moliyaviy resurslarini to’g`ri boshqarishning asosiy garovi hisoblanadi. Korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoqlarini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish hozirgi zamon axborot tizimlaridan foydalanishni taqozo qiladi. O’z navbatida, axborot tizimlaridan foydalanish ma`lumotlar bazalarini yaratish, turli foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, moliyaviy tahlil jarayoning avtomatlashtirishga imkoniyat tug`diradi.

Avtomatik boshqarish sistemasi sharoitida tahlil etish quyidagi sharoitda bajariladi:

-qayd etish;

-boshlang`ich ma`lumotlarni yig`ish va uzatish;

-umumiy ma`lumotlar bazasini tashkil etish;

-ko’rsatkichlar algoritmi bo’yicha ma`lumotlarni qayta ishlash;

-iste`molchilar uchun kerakli ma`lumotlarni tayorlash.

Tahlil uchun kerakli ma`lumotlarning aniqligini va tez muddatda tayyorlashning eng aniq yo’llaridan biri – kompyuter dasturlari yordamida qayta ishlash hisoblanadi.

Kompleks avtomatlashgan sharoitda tahlil uchun kerakli ma`lumotlardan foydalanish xususiyatlari ma`lum darajada imkoniyatlarni ochib beradi:

-boshlang`ich hujjatlar - hisob, statistika normativ ma`lumotlar kompyuterning xotirasiga qo’yilib faqat bir xil manba, ya`ni mashina xotirasiga olinadi;

-tahlil uchun kerakli turli murakkab hisoblashlar ma`lum sekundlarda bajariladi;

-ta`sir etuvchi omillarni mashinalar aniq ko’rsatib beradi;

-tahlil uchun kerakli ma`lumotlar va tahlil natijalari o’rnatilgan shaklda mashinagramma, tabelogrammalarda ifodalanadi;

-turli xil iqtisodiy ma`lumotlar mashinalar uchun bir xil shifr va kodlarda kiritiladi.

Moliyaviy-xo’jalik jarayoniga oid ma`lumotlarni buxgalteriya hisobida, axborot tizimi asosida aks ettirish va yakuniy hisobot shakllarini tuzishgacha bo’lgan darv uch pallaga bo’linadi. Ular quyidagilardan iborat:

-birinchi palla - birlamchi hisob, birlamchi hujjatlarni tuzish, hisobning har bir uchastkasi bo’yicha tahliliy hisob qaydnomalarini tuzish;


  • ikkinchi palla - o’tkazmalarni tuzish, ularni tahliliy va sintetik hisobning turli registrlari, hisoblarning tartib raqamlari bo’yicha qayd daftari orderlariga joylashtirish;

  • uchinchi palla - yig`ma sintetik hisobini - bosh kitobning hisoblari bo’yicha hisobot, saldo qaydnomalari va moliyaviy hisobotning shakllarini tuzish.

Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimi buxgalteriya hisobining axborot tizimi bilan bog`liq. Chunki, moliyaviy tahlilning ma`lumot manbalari bo’lgan korxona hisobotlari – choraklik, yillik hisobotlar buxgalteriya hisobini yuritishga asoslangan axborot tizimlarida shakllanadi.

Moliyaviy tahlil jarayonida buxgalteriya hisobi katta rol o’ynaydi, chunki bu erda barcha axborotlarning 60% ga yaqini jamlangan. Buxgalteriya hisobining axborot tizimlari an`anaviy ravishda quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi:



  • asosiy vositalar hisobi;

  • tovar- moddiy zaxira hisobi;

  • mehnat va ish haqi hisobi;

  • moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi;

  • ishlab chiqarish harajatlari hisobi;

  • yig`ma hisob va hisobotlarni tuzish.

Axborot tizimlaridan foydalangan holda buxgalteriya hisobini yuritish uch jarayonni o’z ichiga oladi:

  • tayyorlov;

  • boshlang`ich;

  • asosiy.

Tayyorlov bosqichida shaxsiy kompyuterga korxonaning ma`lumotlari kiritadi.

Boshlang`ich bosqichda birlamchi hujjatlarni yig`ish va ro’yxatga olish amalga oshiriladi

Asosiy bosqich har- xil hisobot shakllarini olish bilan bog`liq. Uni bajarish uchun «Moddiy boyliklarning qaydnomasi», «Aylanish qaydnomasi» va

«Hisobotlar» menyusi modulidan foydalaniladi.

Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimlarining ishlash samarasini oshirish, moliyaviy tahlil jarayonini avtomatlashtirish, tahlil natijalarining haqqoniyligini ta`minlash, mavjud axborotlardan to’g`ri foydalanish uchun axborot tizmi menejmentini to’g`ri tashkil qilish talab qilinadi.

Korxonalarda axborot tizmi menejmentisiz moliyaviy tahlilni maqsad sari yo’naltirib bo’lmaydi.

Axborot tizmi menejmentida boshqaruv vazifasini amalga oshiruvchi tizim boshqaruv tizimi deb ataladi. Boshqaruv tizimi tomonidan amalga oshiriladigan

eng muhim vazifalar - bashoratlash, rejalashtirish, hisobga olish, tahlil qilish, nazorat etish va tartibga solishdan iborat.

Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimini boshqarishda boshqaruvchi sub`ekt va boshqariluvchi ob`ektlar mavjud.

Boshqaruvchi sub`ekt va boshqariluvchi ob`ektlar o’rtasidagi munosabatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Korxona tomonidan moliyaviy tahlil maqsadida foydalanilayotgan axborat tizimi boshqariluvchi ob`ekt deyiladi. Korxona rahbariyati, shuningdek axborot tizimini boshqarish bilan shug`illanuvchi bo’linmalar, mudassaddi shaxslar axborot tizimining boshqariluvchi sub`ektlari hisoblanadi.

Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimini boshqarish boshqaruvchi sub`ektning rejalashtirish, tahlil etish, nazorat, hisobot, qaror qabul qilish funktsiyalari orqali amalga oshiriladi.

Axborot tizimini boshqarish maqsadini aniqlash va unga erishish yo’llarini belgilash, harakat rejasini tuzish va uning istiqbolini bashorat qilish boshaqaruvchi sub`ektning rejalashtirish funktsiyasi orqali amalga oshiriladi.

Moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimi quyidagi maqsadlarni bajarishga xizmat qiladi:


  1. moliyaviy tahlilning axborotga bo’lgan ehtiyojni aniqlash;

  2. zarur axborotni to’plashni amalga oshirish;

  3. axborot tizimining tashqi yoki ichki manbalardan axborot kelishini amalga oshirish;

  4. olingan axborotni qayta ishlash, uning to’liqligi va ahamiyatini baholash hamda uni qulay ko’rinishda taqdim etish;

  5. axborotni undan foydalaniluvchilarga taqdim etish yoki boshqa tizimga uzatish uchun axborotni chiqarish;

  6. yo’nalishlarni baholash, bashoratlarni ishlab chiqish, muqobil qarorlar va harakatlarni baholash, strategiyalarni ishlab chiqish uchun axborotlardan foydalanishni tashkil etish.

Axborot tizimini boshqarishda marketing, rejalashtirish, tahlil, tartibga solish hamda nazorat va auditlarni amalga oshiradi.

Korxonalar faoliyatini moliyaviy tahlil qilish jarayoniga axborot tizimi, axbort texnologiyalarini tadbiq qilish, shuningdek axborot tizimi faoliyatini tashkil etish va yuritishni marketing qonunlari, tartiblari va tamoyillarini bilmasdan turib amalga oshirish mumkin emas. Axborot tizimining marketing tadiqqoti asosida eng maqbul dasturlar yoki rejalar ishlab chiqiladi.

Moliyaviy tahlilda foydalanilishi nazarda tutilayotgan axborot tizimi marketing nuqtai-nazaridan quyidagilar o’rganiladi:


  1. axborot tizimining bugungi kun talabiga mos kelishi, tizimda qo’llaniluvchi informatsion texnologiyalarning respublikamizda hamda korxonada mavjud shart-sharoitga javob berishi;

  2. axborot tizimni joriy qilish uchun korxonaning haqiqiy imkoniyati mavjudligi;

  3. moliyaviy tahlilni tashqi va ichki foydalanuvchilarining tahlil borasidagi talabini yanada to’laroq qondirish;

  4. moliyaviy tahlil jarayonini tezlashtirish va tahlilchilar ishini engillashtirish, tahlil jarayonini avtomatlashtirish;

  5. moliyaviy tahlil tizimini, shuningdek unda qo’llanilayotgan axborot tizimining uzoq muddatli rentabelli faoliyat ko’rsatishini ta`minlash;

  6. tanlab olingan marketing strategiyasi va taktikasiga qat`iy amal qilish (axborot texnologiyalari bozori holatini e`tiborga olgan holda);

  7. doimo o’zgarib turuvchi axborot texnologiyalari bozori holatiga va moliyaviy tahlildan foydalanuvchilar talabiga moslashish.

Moliyaviy tahlilning axborot tizimini joriy qilish bo’yicha marketing dasturini ishlab chiqishda ko’plab tahlil ishlari bajariladi. Ularning asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  1. korxonaning axborot tizimiga ko’rsatuvchi tashqi va ichki muhitni ta`siri tahlili;

  2. axborot texnologiyalari bozori holati tahlili;

  3. moliyaviy tahlil uchun zarur bo’lgan ma`lumot manbalari hada tahlil natijalaridan foydalanuvchilar talabi tahlili;

  4. raqobatdosh korxonalarda foydalanilayotgan axborot tizimlari holati tahlili;

  5. joriy qilinuvchi axborot texnologiyalarining bahosi, korxonaning imkoniyatlari tahlili;

  6. moliyaviy tahlil va axborot tizimining samarasi tahlili.

O’rganilgan tashqi va ichki muhit hamda holat imkoniyatlaridan kelib chiqib korxonada axbort tizimini joriy qilish rejasi tuziladi.

Korxonaning axborot tizimini joriy qilish yoki mavjud axborot tizimini samarasini oshirish rejasida quyidagilar nazarda tutiladi:



    1. kirish;

    2. axborot tizimini joriy qilishning maqsadi – moliyaviy tahlilda foydalaniluvchi axborot tizimining afzalligi yoki farqi boshqa axborot tizimlari bilan taqqoslanadi);

    3. korxonaning axborot tizimi ma`lumotlariga bo’lgan ehtiyoji to’g`risida ma`lumotlar to’plash va ularni tahlil qilish).

    4. tanlanuvchi axbort tizimining asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha raqobatbardoshlikni aniqlash (ma`lumotlarni qayd etish, qayta ishlash va umumlashtirilgan holda olish darajasi, olinuvchi ma`lumotlarning haqqoniyligi va boshqa ko’rsatkichlar);

    5. marketing strategiyasi;

    6. axborot tizimining texnik va boshqa ko’rsatkchilari (ishlash quvvati, ma`lumotlarni saqlash sig`imi, mutaxassislarni mavjudligi);

    7. tashkiliy tamoyillar (axborot tizimiga texnik xizmat ko’rsatkish, takibga kiruvchi kichik tizimlarni muvofiqlashtirish, o’zaro harakati va bir-birini nazorat etish tartibi).

    8. tijorat tavakkali va chorasi.

    9. moliyalashtirish strategiyasi.

Albatta korxonalar faoliyatini moliyaviy tahlil qilish jarayoniga joriy qilinuvchi axborot tizimi hamda axbort texnologiyalari rejasining har- bir bo’limi hisob-kitob qilinib, umumlashtirilganda korxonada amalda foydalanilayotgan axborot tizimlarining ko’rsatkchilaridan, yoki raqobatchi korxonalarda foydalanilayotgan axborot tizimlari ko’rsatkichlaridan past bo’lmasligi kerak.

Tahlilning turiga qarab axborotta bo’lgan ehtiyoj, ya`ni axborot tizimiga nisbatan talab yuzaga keladi. Rejalashtirilayotgan axborot texnologiyalari zaruriy axborotlarni qayta ishlash va mavjud axborotlardan foydalanib, javoblarni shakllantirish imkonini beradi. Boshqaruv darajasi ahamiyatliligiga ko’ra qancha yuqori bo’lsa, mutaxassislar va menejerlarning axborot texnologiyalari yordamida bajaradigan ish hajmi shuncha kam bo’ladi. Boshqaruvning har- qanday darajasi turli miqdor va turli darajadagi axborotta muhtoj bo’ladi.

Barcha resurslarni samarali boshqarish uchun tashkilotlarga kerakli bo’lgan axborotlarni ishlab chiqish, tashkilotni boshqarish uchun axborot va texnikaviy muhitni yaratishdan iborat. Korxonada uchun axborot tizimi, axborot texnologiyalarini tanlashda boshqaruvning quyidagi uchta darajasiga e`tibor qaratish zarur. Boshqariluvchi axborot tizimidan olinuvchi ma`lumotlar strategik, taktik va tezkor xarakterga ega bo’lishi mumkin.

Axborot va qarorlar mazmuniga muvofiq tashkilotda ma`lum bir darajaning axborot tizimi paydo buladi Har-bir boshqaruv bug`ini o’ziga zarur bo’lgan kichik axborot tizimini shaklantiradi. 8– chizmaga qarang.

Boshqaruv sohasidagi barcha harakatlar tashkilotning axborot tizimi doirasida u yoki bu axborot texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi. Axborot tizimini boshqarishda korxonada axborot ehtiyojini aniqlashdan tortib to axborotdan foydalanishgacha bo’lgan bosqichlar ketma-ketligini belgilash muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot tizimini samarali boshqarishda asosiy masala – korxonada foydalaniladigan axborot texnologiyasi uchun xizmat qiluvchi infratuzilmani ta`minlay olish yoki olmasligida. Bugungi kunda, axborot tizimi haqida so’z

borar ekan, kompyuter texnikasi yordamida amalga oshirilgan tizim tushuniladi. Amalda, i axborot tizimlari texnik vositalarisiz ham faoliyat ko’rsatishi mumkin. Axborot tizimining texnik vositalarisiz faoliyat yuritishi kam chiqim hisoblanadi. Axborot tizimida axborot hajmining o’sishi, moliyaviy tahlilga bo’lgan talabning oshishi, axborotlarni yanada murakkab usullarda ishlashni tezlashtirish ehtiyoji axborot tizimini avtomatlashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Avtomatlashtirilmagan axborot tizimida ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, to’plash, qidirish, qayta ishlash va uzatish tizimlarini tashkil qilishni talab qiladi.




Download 254,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish