rasm. Muammoli ta’limning asosi bo‘lgan bosqichlari
Pedagogikada muammoli vaziyat metodi ham qo‘llaniladi.
Muammoli vaziyat metodi – talabalarni muammoli vaziyatga to‘qnash kelishini ta’minlash asosida uning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishga asoslanadigan yo‘l
Metodning mohiyati aniq vaziyatni tahlil qilish, baholash va uning yechimi yuzasidan qaror qabul qilishdan iborat. Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodi qo‘llanilganda talabalarning faoliyatlari quyidagi tizim asosida tashkil etiladi (18-rasm):
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” metodi qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadi.
“Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi quyidagicha:
muammoli vaziyat tavsifini keltirish:
talabalarga kichik guruhlarga bo‘lish;
guruhlar tomonidan muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarining aniqlanishi:
guruhlarning muammoli vaziyatning oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritishi;
guruhlar tomonidan muammoli vaziyat yechimi borasidagi variantlarning asoslanishi;
variantlar orasidan to‘g‘ri yechimning tanlanishi;
guruh tomonidan yechimning bayon etilishi;
jamoada yechim yuzasidan muhokamaning tashkil etilishi
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyat metodini qo‘llash quyidagi tartibda kechadi:
O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi.
O‘qituvchi tomonidan muammo vaziyat bayon qilinadi.
O‘qituvchi talabalarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
O‘qituvchi talabalarni kichik guruhlarga ajratadi.
Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganib, uning sabablarini aniqlaydi.
Guruhlar muammoni yechish imkoniyatlarini muhokama qiladi.
Muammoli vaziyatni yechish yo‘llari tanlanadi.
Kichik guruhlara muammoli vaziyatning yechimi topiladi.
Guruhlar yechim yuzasidan taqdimot qiladi.
Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
Jamoa o‘qituvchi bilan muammoli vaziyatning samarali yechimini
Muammoli vaziyatni yechishda quyidagi usullar qo‘llaniladi:
muammoni turli nuqtai nazardan o‘rganish va tahlil qilish;
mavjud dalillarni solishtirish va umumlashtirish;
qo‘shimcha dalillarni aniqlash va ularni o‘zaro qiyoslash;
muammo bilan bog‘liq xulosalarni chiqarish;
talabalarning mustaqil ravishda muammoni qo‘yishlari
Muammoli vaziyat metodi quyidagi afzalliklariga ega:
talabalarda mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi;
talabalar muamoning sabab, oqibat va yechimlarini topishni o‘rganadi;
talabalarning bilim va qobiliyatlarini
baholash uchun yaxshi imkoniyat yaratiladi;
talabalar fikrlar va natijalarni tahlil qilishni o‘rganadi
Ta’lim jarayonida ushbu metodni qo‘llashda ayrim kamchiliklar ham ko‘zga tashlanai. Ular:
ta’lim oluvchilarda yuqori motivasiya talab etiladi;
qo‘yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak;
ko‘p vaqt talab etiladi
Mohiyatiga ko‘ra muammoli ta’lim muayyan texnologiyalarga asoslanadi.
Muammoli ta’lim texnologiyalari talaba faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ushbu texnologiyalarning asosiy g‘oyasi – shaxsni fikrlashga, muammo mohiyatini tushunish, muamoli vaziyatni hal qilishga undash, unda muammoni his qila (ko‘ra) olish, yechimni topish yo‘lida tadqiqot olib borish va muammoni hal qilish qobiliyatiga ega bo‘lishini ta’minlash sanaladi.
Ushbu ta’lim texnologiyasi juda qadimdan shakllangan. M: qadimgi Gresiyada Suqrot tomonidan qo‘llanilgan usul, qadimgi Hindiston, Xitoy, Movarounnahrda qo‘llanilgan bahs-munozalar. Zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan muammoli ta’lim texnologiyalari 1894 yilda amerikalik psixolog va pedagog J.Dyui tomonidan (Chikago tajriba maktabida) asoslangan.
Bu turdagi ta’lim texnologiyalarining quyidagi shakllari mavjud:
- muammoli bayon;
- muammoli ma’ruza;
- evristik suhbat;
- muammoli namoyish;
- izlanishga asoslangan amaliy mashg‘ulot;
- ijodiy topshiriq;
- xayoliy muammoli tajriba;
- muammo farazlarini shakllantirish;
- masalalarni muammoli yechishning optimal variantlarini tanlash;
- muammoli vazifa;
- muammoli o‘yin
Ta’lim tizimida muammoli ma’ruza muammoli ta’limda eng ko‘p qo‘llaniladigan o‘qitish shakli sanaladi.
Muammoli ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi tomonidan qo‘llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli o‘qituvchilar ularni to‘g‘ri tanlashga e’tibor qaratishlari zarur. Quyidagilar muammoli ta’limning asosiy metodlari sanaladi (19-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |