Modulning maqsadi va vazifalari
“Innovasion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” modulining maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish kurs tinglovchilarini innovasion ta’lim texnologiyalari, o‘qitishning innovasion shakl, metod va vositalari, pedagogik kompetentlik sifatlari hamda ta’lim jarayonini tashkil etishga kreativ yondashishga doir bilimlarini takomillashtirish asosida ular tomonidan innovasion yondashuv, pedagogik kompetentlik sifatlari va kreativ qobiliyatning samarali o‘zlashtirilishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish.
“Innovasion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik”modulining vazifalari:
innovasion ta’lim texnologiyalarining o‘ziga xosliklari va qo‘llanilish sohalarini aniqlashtirish;
tinglovchilarda innovasion xarakterga ega pedagogik faoliyatni tashkil
etish;
ularda pedagogik jarayonni samarali tashkil etishda turli
innovasion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case study (keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilaridan o‘rinli, maqsadli foydalanish ko‘nikma-malakalarini rivojlantirish;
tinglovchilarning o‘quv loyihalarini ishlab chiqish, portfoliolarni shakllantirish va amaliyotga tatbiq etish malakalarini takomillashtirish;
tinglovchilarda pedagogik kompetentlik sifatlarini yanada rivojlantirish;
OTM pedagoglarida o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishga kreativ yondashish ko‘nikma-malakalarini takomillashtirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Innovasion ta’lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik” kursini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida tinglovchi:
innovasion ta’lim texnologiyalarining funksiyalari;
innovasion ta’lim texnologiyalarining turlari va qo‘llanilish sohalari;
innovasion ta’lim texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik- psixologik va metodik shart-sharoitlari;
innovasion ta’lim texnologiyalarini loyihalash qoidalari;
innovasion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case study (keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilarining mohiyati;
pedagogik kompetentlik asoslari va sifatlari;
pedagoglarda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish yo‘llari, shakl va metodlari;
pedagogik kompetentlik potensiali va undan oqilona foydalanish shartlari;
pedagoglarning kasbiy faoliyat (o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish)ga kreativ yondashishlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini shakllantirish;
interfaol ta’lim texnologiyalariga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash va rejalashtirish;
shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish;
talabalarning birgalikdagi hamkorlikdagi faoliyatini tashkil etish;
interfaol ta’lim texnologiyalari (amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case-study (keys-stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilari)ni oliy ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etish ko‘nikmalarini egallashi;
innovasion ta’lim texnologiyalari asosida o‘quv jarayonini “jonli”, ijodiy tashkil etish;
innovasion faoliyatni tashkil etish;
innovasion tafakkur yuritish orqali ta’lim jarayonida ijodiy muhitni yaratish;
innovasion ta’lim texnologiyalarining oqilona tanlab olish;
mutaxassislik bilan bog‘liqlikda innovasion ta’lim texnologiyalarini real amaliyot bilan uyg‘unlashtirishga erishish;
innovasion ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va ommalashtirish malakalarini egallashi;
pedagogik innovasion faoliyatni samarali amalga oshirish;
ta’lim jarayonining innovasion xarakter kasb etishini ta’minlash;
innovasion ta’lim texnologiyalari (innovasion ta’lim texnologiyalari: amaliy o‘yinlar, muammoli o‘qitish, interfaol ta’lim, modulli-kredit tizimi, blended learning (aralash o‘qitish), case study (keys stadi), masofali o‘qitish, mahorat darslari, vebinar va assesment texnologilari)ga asoslangan o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish;
talabalarni izlanishli-ijodiy faoliyatga yo‘naltirish
Do'stlaringiz bilan baham: |