KREDIT – MODUL TIZIMI VA UNING AMALIYOTGA JORIY ETISH
TAMOYILLARI (OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA
O’QITISHDA)
Hasanova M.U., Jumanova M.G’.
Jizzax davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Ushbu maqolada kredit - modul tizimini O’zbekiston oliy ta’lim
muassasalarida, matematika fanlarini o’qitishda qo’llash nazariyalari va ularning
ahamiyati tahlil etilgan bo’lib, unda kredit – modul sistemasining mazmun va
mohiyati, ustuvor tomonlari, va respublikamiz OTM larini bu tizimga o’tkazishda
bajariladigan ishlar hamda bu xususda muallifning tavsiya va fikrlari ilmiy asoslab
ko’rsatilgan.