Kredit modul tizimi va uning amaliyotga joriy etish



Download 281,16 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana24.09.2021
Hajmi281,16 Kb.
#183299
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kredit-modul-tizimi-va-uning-amaliyotga-joriy-etish-tamoyillari-oliy-ta-lim-muassasalarida-matematika-o-qitishda

Kredit   –   modul   tizimiga   o’tish   matematika   sohasidagi   talabalarga   qanday

imtiyozlar beradi:

Birinchidan, akademik mobillik – talabalar kreditlarini saqlagan holda, istalgan

mos oliygohga o’qishni qiyinchiliksiz ko’chirib o’tishlari mumkin bo’ladi. U xoh,

jahon universiteti, xoh, o’zimizdagi istalgan OTM bo’lishining ahamiyati yo’q. Faqat,

talaba to’plagan krediti ko’chirib o’tish kerditiga yetsa bo’lgani.



Ikkinchidan,  talabalarga   o’qituvchini   tanlash   erkinligi   beriladi.   Bu   orqali,

o’qituvchi va talaba o’rtasida akademik muloqot ta’minlanadi.



Uchinchidan,  talabalar   o’z   istaklaridan   kelib   chiqqan   holda,   fanlarni   tanlash

imkoniyatiga ega bo’ladi. Albatta, bu o’rinda majburiy o’rganilishi lozim bo’lgan

(mutaxassis) fanlar ham bor, ammo talaba mustaqil tanlov fanlarini belgilay oladi.

Matematika   sohasidagi   talabalar   uchun   bu   ayni   muddao.   Sababi,   ular   mutaxassis

fanlarini mukammal o’rganishlari uchun bu ularga yetarlicha vaqt beradi. 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

267


http://oac.dsmi-qf.uz


To’rtinchidan,  talabalarga ta’lim dasturini mustaqil shakllantirish imkoniyatini

yaratish va qo’yiladigan baholarning oshkoraligini ta’minlash yo’lga qo’yiladi. Bu

esa, o’z - o’zidan ta’lim tizimidagi korruptsiyani barham topishini ta’minlaydi.

Amaldagi o’qitish tizimidan farqli o’laroq, kredit tizimida majburiy fanlardan

tashqari   tanlov   fanlari   hamda   talabaning   shaxsiy   dars   jadvali   bo’ladi.   Talabalar

o’qishdan   haydalmaydi   yoki   kursdan   kursga   qolmaydi.   Qaysi   fandan   belgilangan

kreditlarni yig’olmasa, o’sha fanning o’zidan qayta o’qish va qayta imtihon bo’ladi,

xolos.   Qayta   o’qish   –   bu   birinchi   darsdan   to   oxirgi   darsgacha   o’tilgan   ma’ruza,

labaratoriya va amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi. Qayta o’qish pullik. Uning

kredit   summasi   kontrakt   summasidan   kelib   chiqib   hisoblanadi.   Oliy   ma’lumot

olinganligi   to’g’risidagi   diplom   esa,   belgilangan   kreditlar   yig’ilgandan   so’nggina

beriladi. Semestr yakunida talabalar bahosining 50 foizini fan o’qituvchisi, 50 foizini

OTM rahbariyati qo’yadi. Ya’ni, bir semestr davomida oraliq nazorat, uyga vazifalar

va   amaliy   mashg’ulot   (labaratoriya)   ishlarini   professor   –   o’qituvchilar   baholaydi.

Yakuniy nazorat OTM rahbariyati tomonidan olinadi. Unda o’qituvchi – professor

ishtirok   etmaydi.   Mutaxassislar   fikricha,   kreditlarni   yig’ish   uchun   talabalardan

darslarda   qatnashish,   berilgan   vazifalarni   vaqtida   bajarish,   o’z   bilim   saviyasini

namoyon etish talab etiladi [4].



O’zbekistondagi OTM larini kredit – modul tizimiga o’tkazish uchun qanday

ishlarni amalga oshirish kerak? (Tavsiyalarim).

 Avvalo, buning uchun har bir OTM lari uchun Oliy ta’lim vazirligi tomonidan

ishlab chiqilgan OTM larida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va

samaradorligini oshirish chora – tadbirlari to’g’risida nizom ishlab chiqish.

 Va   bu   asosda,   ta’lim   jadalligini   ta’minlash   maqsadida   chet   el   OTM   lari

amaliyotidan kelib chiqqan holda, o’qitish sistematik dasturini ishlab chiqish.

 Kredit–modul   tizimining   eng   katta   afzalliklaridan   biri   –   fanlarni   asosli

ravishda qisqartirishni barcha OTM larda joriy etish. 

Misol   uchun,   Muhammad   al-Xorazmiy   nomidagi   Toshkent   axborot

texnologiyalari universitetida avval, o’quv reja bo’yicha 43 ta fan bo’lgan bo’lsa,

kredit – modul tizim joriy etilgandan so’ng, ularning soni 31 taga kamaydi. 

 Talabarga   berilgan   mustaqil   ish,   uyga   vazifa   va   labaratoriya   topshiriqlari

uchun, OTM tomonidan maxsus sayt yaratilinishini ta’minlash. 

Bu saytga talabalar, vazifalarni berilgan tartibda yuklab boradilar, o’qituvchiga

esa uni og’zaki himoya qiladilar. Bunda talabaning reyting ko’rsatkichi ham online,

ham o’qituvchi tomonidan deadline belgilanib boriladi. O’z vaqtida mustaqil ish va

uyga   vazifalarni   saytga   yuklamagan   talabalar   baholanmaydi.   Bu   tizimda   qayta

topshirish degan gap yo’q. Faqat qayta o’qish mumkin.

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

268

http://oac.dsmi-qf.uz




 Matematika sohasidagi talabalar uchun har semestr oxirida dunyo standartlari

asosida tuzilgan nazorat va test topshiriqlarini tashkil etish va ular asosida talabalarni

bilimlarini mustahkamlashni tashkil etish.

  Bu,   talabalarimiz   bilim   saviyasini   dunyo   standartlariga   javob   bera   olishini

ta’minlaydi.

 Matematika sohasidagi talalabalarga maxsus matematik yordamchi dasturlar

(MATlab,   MATHcad,   geogebra…)   dan   foydalanish   ko’nikmalarini   o’rgatish   va

ulardan amaliyotda keng ko’lamda foydalanish shart – sharoitlarini yaratish.

Bu ularga fan nuqtai nazaridan hisob – kitoblarni tezlikda bajarish va matematik

tasavvurlarini kengroq shakllantirishda juda katta yordamchi bo’lib hizmat qiladi.

 Keng bazali kutubxona resurslarini ham bosma, ham elektron shakllari bilan

barcha OTM larni ta’minlash.

 Albatta, talabalarimizning bunday tizimga moslashishlari uchun yetarlicha vaqt

kerak. Ularni bunga tayyorlash avvalo, pedagog ustozlarning vazifasi. Shuning uchun

bunday   sistemani   shakllantirish   uchun,   avvalo,   OTM  larini   professional   va   yetuk

malakali ustozlar bilan ta’minash lozim. 

Shu   bilan   birga   ta’lim   kredit   –   modul   tizimi   o’quv   jarayonini   tashkil   qilish

tamoyillarini   takomillashtirish,   talabalarni   bilimini   nazorat   qilish,   oliy   ta’lim

muassasalarining   o’qituvchi   –   professorlar   tarkibini   moddiy   rag’batlantirish   va

mehnat haqqini yaxshilash tamoyillarini ko’rib chiqishni talab etadi. Bundan tashqari,

talabalarni   o’quv   qo’llanma   va   materiallar   bilan   ta’minlanganlik,   amaldagi

me’yorlarni ta’lim krediti tizimini talablariga mos bo’lishi, zamonaviy jihozlar va

ko’paytirish texnikasi bilan jihozlangan shaxsiy matbuot markazini mavjud bo’lishi

muhimdir. Ishonchim komilki, bunday tizimni O’zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish

mamlakatimizning   hamma   sohalarining   rivoji   yo’lidagi   katta   burilishni   yasaydi.

Zotan,   oliy   ta’limdan   yetishib   chiqqan   bilimli,   kreativ   kadrlar   yurtimiz   kelajagi

poydevoridir. 

Maqola   oxirida   Muhammad   al-Xorazmiy   nomidagi   Toshkent   axborot

texnologiyalari   universiteti   kredit   tizimini   boshqarish   bo’limi   boshlig’i   Farhod

Alisherovni   so’zlarini keltirmoqchiman: ”Bilasizmi, ko’p talabalar kredit – modul

tizimi   nimaligini   haligacha   tushunib   yetganlari   yo’q.   xattoki,   tizimni

xushlamayotganlar   ham   yo’q   emas.   sababi   negaligini   mendan   ko’ra   yaxshiroq

tushunib turibsiz… Hatto, oldingi tizim tarafdorlari ham topiladi. Ularga savol: xo’sh,

aytingchi, avvalgi tizim zo’r ekan, nega unda ta’lim tizimimizning tanqiddan boshi

chiqmay qoldi?.. Ammo, yangi tizim, yangi ta’lim hammasini o’z izmiga solmoqda.

Talabalardan   so’ralayotgan   yagona   narsa   bu   –   chuqur   bilim   egallash!   Endi

boshqachasiga ta’lim olish, o’quv jarayonini davom ettirish mumkin emas!” 

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

269


http://oac.dsmi-qf.uz



Download 281,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish