Birlamchi model (u faqat masofaviy ta’limni tashkil etishga xizmat qiladi; unga ko‘ra ta’limning kunduzgi shakli zarur bo‘lmaydi; ta’lim barcha holatlarda masofadan tashkil etiladi; o‘qituvchi va ta’lim oluvchilar o‘quv faoliyatining shakl, metod va vositalarini erkinlik tanlash huquqiga ega; vaqt va o‘quv jadvallariga qat’iy chegaralar qo‘yilmaydi; hududiy markazlar tashkil etilgan bo‘lib, ularda ta’lim oluvchilar o‘qituvchilardan maslahat olish, yakuniy imtihonlarni topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti (United Kingdom Open University) ana shu model asosida faoliyat ko‘rsatadi).
Ikkilamchi model (unga ko‘ra ta’lim qisman OTMda, qisman masofali dastur asosida tashkil etiladi; har ikki holatda ham dars jadvallari, o‘qitish dasturlari, imtihonlar va baholash mezonlari bir xil bo‘lib, e’tibor amaliy tajribaga, pedagogika innovasiyalarni tadqiq etishga qaratiladi; Avstraliyadagi Yangi Angliya universiteti (University of New England) shu model asosida ishlaydi).
Aralash model (masofaviy ta’limning turli shakllari, bir necha shakllarning integrasiyasiga asoslangan model; ta’lim oluvchilar masofaviy ta’lim kurslari va universitet dasturlarini o‘zaro parallel ravishda o‘zlashtiradi; an’anaviy kurslar doirasida virtual seminar, taqdimot va video-ma’ruzaga asoslangan mashg‘ulotlar tashkil etiladi; bu kabi integrallashgan kurslar Yangi Zelandiyaning Massey universiteti (Massey University, New Zealand)da tashkil etiladi.
Konsorsium (lot. “consortium” – “sheriklik”, “birgalikda ishtirok etish”; masofaviy ta’limni tashkil etuvchi ikki universitetdan iborat birlashma; universitetlar o‘quv materiallarini o‘zaro almashtiradi yoki muayyan vazifalarni o‘zaro bo‘lishib olgan holda bajaradi; m: bir universitet masofaviy ta’lim uchun o‘quv materiallarini tayyorlasa, ikkinchisi virtual o‘quv guruhlarini o‘qituvchilar bilan ta’minlaydi yoki masofaviy ta’lim dasturlarining akkreditasiyasini ta’minlaydi; bunday holatda universitet, uning markazlari, fakultetlari, nodavlat tashkilotlari, davlat muassasalari universitetlar bilan hamkorlikka erishishlari mumkin; Kanadadagi
Ochiq o‘quv Agentligi (Open Learning Agency, Canada) ushbu model asosida ish ko‘radi).
Franchayzing (ingl. “franchise” – “lisenziya”, “huquq”; o‘zaro hamkor universitetlarning bir-birlariga o‘zlari tomonidan tashkil etiladigan masofaviy ta’lim kurslarini tashkil etish huquqining berishi; ushbu model asosida ta’lim oluvchilar garchi muayyan universitetda tahsil olsalar-da, konsorsiumga a’zo yetakchi oliy ta’lim muassasasining talabasi oladigan hajmda sifatli ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga, qolaversa, ular kabi diplomga ega bo‘ladi; Buyuk Britaniyaning Ochiq universiteti qoshidagi Biznes Maktabi (Open University Business School, Great Britain) bilan o‘zaro hamkorlikka erishgan Sharqiy Yevropadagi qator universitetlar ana shu modelga asoslanib faoliyatni tashkil etadi).
Validasiya (ingl. “validation” – “qondirish”; ta’lim mahsuloti, ta’lim xizmatlari yoki ta’lim tizimi iste’molchilari ehtiyojlarining qondirilishi; masofali ta’limning keng tarqalgan bu modeliga ko‘ra o‘zaro hamkor ta’lim muassasalari tenglik tamoyiliga muvofiq masofaviy ta’limni barcha darajada birgalikda tashkil etish xususida kelishib oladi; ularning biri diplom validasiyasi, ikkinchisi o‘quv kurslari, dasturlarini akreditasiya qiladi, uchinchisi namunadagi diplom hamda sertifikatlarni berish uchun mas’ul bo‘ladi, ilmiy darajalar beradi va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |