Асосий омиллар
Иш тажрибаси
Методик малака
Tayanch pedagogik-psixologik bilimlar
Tashkilotchilik qobiliyati
Didaktik vositalar (axborot, tarqatma materiallar, dars jihozlari)ga ega bo‘lish
Talaba va talabalar guruhi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ishonch va hurmatga asoslanishi
Talaba va talabalar guruhining o‘zaro hamkorlikka erisha olishi
Ta’lim jarayonida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tutishi
Axborotlarni taqdim etishda xilma-xil metod, vositalarning samarali, o‘rinli, maqsadga muvofiq va o‘zaro moslikda qo‘llashga erishish
22-rasm. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar
Shu bilan birga interfaol TTni qo‘llash samaradorligi quyidagi
ikkilamchi omillarga ham bog‘liq (23-rasm):
23-rasm. Interfaol ta’lim samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar
Odatda interfaol TTga asoslangan ta’limiy harakatlar quyidagi shakllarda tashkil etiladi:
- individual;
- juftlik;
- guruh;
- jamoa bilan ishlash
Interfaol TTni qo‘llash jarayonida talabalar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladi:
- guruh yoki jamoa bilan hamkorlikda ishlash;
- tengdoshlari orasida o‘z g‘oyalarini erkin bayon qilish, bilimlarini hech qanday ruhiy to‘siqlarsiz namoyish etish;
- muammoni hal qilishga ijodiy yondashish;
- guruh yoki jamoadoshlari bilan ruhiy yaqinlikka erishish;
- o‘z ichki imkoniyat va qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila olish;
- fikrlash, fikrlarni umumlashtirish, eng muhimlarini saralash;
- o‘z faoliyatini nazorat qilish va mustaqil baholash;
- o‘z imkoniyatlari va kuchiga ishonch hosil qilish;
- turli vaziyatlarda harakatlanish va murakkab vaziyatlardan chiqa olish ko‘nikmalarini o‘zlashtirish
Interfaol ta’lim muayyan belgilarga ega. Quyidagilar interfaol ta’limga xos asosiy belgilar sanaladi (24-rasm):
24-rasm. Interfaol ta’limning asosiy belgilari
Izoh: Refleksiya (lot. “reflexio” – ortga qaytish, aks etish): kishining o‘z xatti-harakatlari, ularning asoslarini tushunib yetishi, fahmlashiga qaratilgan nazariy faoliyati; bilishning alohida faoliyati; shaxsiy kechinmalari, his-tuyg‘ulari va o‘y-xayollari mohiyatini fikrlash orqali anglash), o‘z-o‘zini tahlil qilishi.
Barcha ta’lim turlari kabi interfaol ta’lim ham ustuvor tamoyillarga ega:
Mashg‘ulot – ma’ruza emas, balki jamoaning umumiy ishi.
Guruhning tajribasi pedagogning tajribasidan ko‘p.
Talabalar yosh, ijtimoiy mavqe va tajribaga ko‘ra o‘zaro teng.
Har bir talaba o‘rganilayotgan muammo yuzasidan o‘z fikrini aytish huquqiga ega.
Mashg‘ulotda talaba shaxsi tanqid qilinmaydi (fikr tanqid qilinishi mumkin).
Bildirilgan g‘oyalar talabalarning faoliyatini boshqarmaydi,
balki fikrlash uchun axborot (ma’lumot) bo‘lib xizmat qiladi
Interfaol ta’lim quyidagi imkoniyatlarga ega:
- talabalarda bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishni uyg‘otadi;
- ta’lim jarayonining har bir ishtirokchisini rag‘batlantiradi;
- har bir talabaning ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi;
o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishi uchun qulay sharoit yaratadi;
- talabalarga ko‘p tomonlama ta’sir ko‘rsatadi;
talabalarda mavzular bo‘yicha fikr hamda munosabatni uyg‘otadi;
talabalarda hayotiy zarur ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi;
- talabalarning xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirilishini ta’minlaydi
Ta’limni tashkil etishga interfaol yondashuvni qaror topshirish uchun pedagoglar bir qator shartlarga rioya eta olishlari zarur. Ular:
Ta’lim jarayoniga jamoadagi barcha o‘quvchilarning to‘la qamrab olinishi.
Talabalarning mashg‘ulotlarga ruhan tayyorliklarini inobatga olish.
Talabalar sonining ko‘p bo‘lmasligi (25-30 nafar o‘quvchi bilan kichik guruhlarda ishlash samaralidir).
O‘quv xonasining jihozlanishi (stullar doira, archa, “Jonli liniya” kabi shakllarda joylashtiriladi).
Topshiriqni bajarish, materiallarni taqdim etish, guruhlarning ishlanmalarini muhokama qilish uchun vaqtning aniq belgilanishi.
Talabalarning kichik guruhlarga mohirona biriktirilishi (har bir guruhda faol, nofaol talabalarning teng miqdorda bo‘lishi)
Izoh: Stullar kichik va katta doira shaklida joylashtirilganda kichik doirada talabalar, katta doirada ekspert guruhi joylashadi.
Bugungi kunda jahon ta’lim tizimida interfaol ta’limning quyidagi shakllarda amalga oshirilayotganligi barchaga ma’lum (25-rasm):
Do'stlaringiz bilan baham: |