TEXNOLOGIK JARAYONGA SANITARIYA-GIGIYENA TALABLARI
Umumiy ovqatlanish tashkilotlari davlat sanitariya-epide- miologiya xizmati tomonidan beriladigan mahsulot assortimenti ko‘rsatilgan sanitariya-epidemiologik hujjatga ega bo‘lishi lozim. Assortimentning har qanday o‘zgarishi uchun davsanepidxizmat tomonidan berilgan yakuniy hujjat talab qilinadi.
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI TASHISH VA QABUL QILIB OLISH
Oziq-ovqat mahsulotlari «oziq-ovqat» markirovkasi bor maxsus avtotransportda tashiladi. Bunday mashinalarning yuk
5 5
ortish ichki qismi oq tunuka yoki alumin tunuka bilan qoplanadi, olinadigan stellajlar o‘rnatiladi. Mahsulot tashiydigan har bir mashinada sanitariya-epidemiologik xizmat idorasi tomonidan bir yilga berilgan pasport bo‘lishi kerak. Mahsulotni kuzatib boruvchi, ortib-tushiruvchilar sanitar kiyimiga ega bo‘lishi, bel- gilangan qoidaga muvofiq tibbiyot daftarchasi bo‘lishi, unda tibbiyot ko‘rigidan o‘tganlik, maxsus gigiyena tayyorgarligi borligi, attestatsiya haqida hujjati qayd qilingan bo‘lishi kerak. Tez buziluvchi va kulinar mahsulotlar markirovka qilin- gan yopiq taralarda, sovutgichlari bor avtotransportlarda tashiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalari omborxonalari- ga keladigan oziq-ovqat mahsulotlari amaldagi me’yoriy- texnik hujjatlar talabiga mos kelishi, toza, sozlangan taralarda bo‘lishi shart. Sifati har bir idishdagi markirovka yorlig‘i, sana, tayyorlangan soati va sotilishining oxirgi muddati
qo‘shib yuboriladigan hujjatda yozilgan bo‘lishi kerak.
Oziq-ovqat mahsulotlari sifati korxona sifatini nazorat qilish xizmati vakillari tomonidan takshiriladi. Agar labo- ratoriya bo‘lsa, uning xodimi tekshiruv o‘tkazadi. Kelayotgan oziq-ovqat mollari sifatini nazorat qilishni ishlab chiqarish mudiri yoki uning o‘rinbosarlari, oshpaz-brigadir, bufetlarda
bufetchi amalga oshiradi.
Quyidagi hollarda mahsulot qabul qilib olish taqiqlanadi:
oziq-ovqat xomashyosi va oziqa mahsulotlarining sifat hamda xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lmasa;
go‘sht va qishloq xo‘jalik chorva mollarining hamma xillari: kalla-pocha, ichak-chavoqlarda veterinar tamg‘asi bo‘lmasa;
baliq, qisqichbaqa, parranda go‘shtlarida veterinar gu- vohnomasi bo‘lmasa;
tuxumning sirti iflos, chaqilgan, singan bo‘lsa;
konservalar iflos, bankalar urilgan, etiketkasiz bo‘lsa;
yorma, un, quruq meva va boshqa mahsulotlarga om- borxona kemiruvchilari zarar yetkazgan bo‘lsa;
sabzavot va mevalarda mog‘orlash va chirish bo‘lsa;
uyda tayyorlangan mahsulotlar;
realizatsiya muddati o‘tgan tez buziluvchi mahsulotlar. Korxonalar mahsulotlarni buzilishdan saqlash qoidalari-
ga rioya qilish talablarini bajarishi lozim.
5 6
Saqlash uchun qabul qilingan mahsulotlarni mol yubo- ruvchining idishida (bochka, qutilar, flyaga, bidonlar va boshqalar) saqlanadi yoki toza, mahsulotga moslanib ishlab chiqilgan va markirovka qilingan qabul qiluvchining tarala- rigajoylashtiriladi.
Mahsulotlarni idishsiz ochiq holda taroziga qo‘yib tortish taqiqlanadi, idishlari bilan yoki toroziga kleyonkalar, qog‘oz va boshqa toza narsalar solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |