X III BOB. BANKLARDA BALANSDAN
TASHQARI
OPERATSIYALAR H ISO B I
Tayanch so‘z va iboralar. balansdan tashqari operatsiyalar, bank
kafolatlari, Muddatli bitimlar,
qimmatliklarni saqlash, REPO, plastik
kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari
13.1. T ijo rat b an k la rid a b alansdan ta sh q a ri h isob varaq lari tavsifi,
u larnin g m azm uni va m ohiyati
Yo.Abdullaev, T.Qoralievlar balansdan
tashqari hisobvaraqlarga
quyidagicha ta ’rif bergan: “Balansdan tashqari moddalar balans aktivlari
va passivlariga aloqasi bo ‘lmagan boyliklar, hujjatlar, topshiriqnomalarni
hisobga olish maqsadida qo‘llaniladi”. Ushbu ta ’rifdan ko‘rinib
turibdiki
balansdan tashqari hisobvaraqlarda bank balansiga aloqador b o‘lmagan
operatsiyalar hisobga olinadi.
Korobova G.G.ning fikricha, balansdan tashqari hisobvaraqlar qat’iy
hisobda turuvchi blankalar va qimmatli qog‘ozlar, to ‘lov hujjatlari,
kredit, lizing va xalqaro operatsiyalar bo ‘yicha hujjatlarni hisobga olishga
m o‘ljallangan, ya’ni balansning aktivi yoki passiviga
kiritilishi mumkin
b o ‘lmagan qiymatliklar va hujjatlardir.
O ‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgustda 773
17-son bilan ro‘yxatga olingan, O ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
Boshqaruvining 2007 yil 17 iyuldagi 15/3-son qarori bilan tasdiqlangan
O ‘zbekiston
Respublikasi
tijorat
banklarida
buxgalteriya
hisobi
hisobvaraqlari rejasining oxirgi 6 bo ‘limi “K o‘zda tutilmagan holatlar” deb
ataladi. Bank balansining mazkur bo ‘limida bank tomonidan barcha turdagi
balansdan tashqari hisoblari amalga oshiriladi va aks ettiriladi.
«Ko‘zda tutilmagan holatlar» bo‘limiga operatsiyalarni ikki yoqlama
yozuv uslubi bo ‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan
operatsiyalarning
to ‘g ‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv
hisobvaraqlar kiritilgan.
Balansdan tashqari hisobvaraqlar bank balansining aktiv qismi tarkibiga
kiradi.
Bankning balansdan tashqari hisobvaraqlarida quyidagilar aks ettiriladi:
• to ‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar;
• hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli qog‘ozlar;
2 2 3
bankning plastik kartalari, terminallari, bankomatlari va infokioskalari;
• savdoga oid moliyalashlar;
• aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari;
• bankning kredit va lizing majburiyatlari;
• qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;
• hosilaviy instrumentlar b o‘yicha transaktsiyalar;
• qimmatli qog‘ozlar b o‘yicha muddatli bitimlar;
• saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar va boshqa qimmatbaho buyumlar;
• garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy huquq(talab)lar.
O ‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi
hisobvaraqlari rejasining 17.01.2011 yildagi № 773-29-son o‘zgarishiga
asosan tijorat banklarining ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha hisobvaraqlari
quyidagilardan iborat;
• 90100 To‘lovga yaroqsiz va ekspertizaga
qabul qilinganbanknot va
tangalar;
• 90300 Hujjatli qimmatli qog‘ozlar blankalari va hujjatsiz qimmatli
qog‘ozlar;
• 90400 Bankning plastik kartalari, terminallari,bankomatlari va
infokioskalari;
• 90900 Savdoga oid moliyalashlar;
• 91500 Aktivlar b o‘yicha foizlar va vositachilik haqlari;
• 91800 Bankning kredit va lizing majburiyatlari;
• 91900 Qarzdorlarning kredit va lizing majburiyatlari;
• 92700 Hosilaviy instrumentlar bo ‘yicha transaktsiyalar;
• 92800 Qimmatli qog‘ozlar bo ‘yicha muddatli bitimlar;
• 93600 Saqlanayotgan qimmatli qog‘ozlar
va boshqa qimmatbaho
buyumlar;
• 94500 Garov sifatidagi qimmatli qog‘ozlar, mulklar va mulkiy
huquq(talab)lar;
• 95400 Boshqa k o‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlari;
• 96300 K o‘zda tutilmagan holatlar kontr-hisobvaraqlari.
90100 hisobvaraqdan 95400 hisobvaraqgacha bo‘lgan hisobvaraqlar
aktiv hisobvaraqlar hisoblanadi. Shu sababli ularning k o‘payishi debetda
kamayishi esa kreditda bo ‘ladi. Ushbu hisobvaraqlarga
kontr-hisobvaraq
bo ‘lib 96300 hisobvaraqlar hisoblanadi.
Ekspertizaga qabul qilingan pullar k o‘zda tutilmagan holatlar hisobva
raqlari orderlari asosida 90141 “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va
2 2 4