Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


BINO REJALASHTIRILISHIGA TALABLAR



Download 179,99 Kb.
bet39/61
Sana08.02.2022
Hajmi179,99 Kb.
#435977
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
Bog'liq
KITOB Umimiy ovqatlanish, sanitariya va gigiyena (I.Erbo\'tayev)-конвертирован

BINO REJALASHTIRILISHIGA TALABLAR


Umumiy ovqatlanish korxonalari bino ichlari vazifalari bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: ishlab chiqarish, savdo, omborxona, ma’muriy-maishiy. Bino ichidagi xonalar soni, maydoni necha kishiga mo‘ljallangan va bir smenada qancha taom tayyorlanishiga qarab loyihalanadi.
Obyektda bir tomondan xonalarning mavjudligi, ularning maqsadga muvofiq joylashishi, ikkinchi tomondan texnologik jarayonlarni amalga oshirish, xomashyo va mahsulotlarni ta- shib ketish, tayyor taomlar, chala tayyor mahsulotlarning iste’molchilarga yetkazish, chiqindilarni chiqarib tashlash muhimdir. Tayyor taomlar, chala tayyor mahsulotlar olib ketilayotganda ularga chiqindi va boshqa narsalar tashiydi- ganlar duch kelmasligi kerak. Tozalangan idish-tovoqlar ham xoli joyda bo‘lishi, foydalanilgani bilan aralashmasligi zarur. Bu tadbir taomni mikroblardan himoya qilish, har qanday ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish usulidir.
Ishlab chiqarish xonalari binoning birinchi qavatida, quyosh yorug‘ligi tushadigan joyda bo‘lishi kerak. Xonalar- ning balandligi va maydoni qurilish me’yor va qoidalariga qat’iyan mos kelishi shart. Agar umumiy ovqatlanish korxo- nasi aholi yashovchi uylarda joylashgan bo‘lsa, ishlab chiqa- rish sexlari yuqori qavatning vanna xona, hojatxonalari ostiga to‘g‘ri kelib qolmasligi kerak, chunki tepada kanalizatsiya buzilishi va iflos suvlar pastga oqib tushishi mumkin.
4 8
Ishlab chiqarish xonalarida taomlar yoki chala tayyor mahsulotlar tayyorlash texnologik jarayonlari amalga oshi- riladi. Bularga quyidagilar kiradi:

  • go‘sht, baliq, sabzavotlar uchun alohida tayyorlash sexlari;

  • tayyor taomlar, sovuq ovqatlar, qandolatlar, issiq ovqatlar yetkazib beruvchi sexlar;

  • ovqat tarqatiladigan joy;

  • non beriladigan, non kesadigan joy;

  • idish-tovoqlar yuviladigan joy.

Ishlab chiqarish xonalari o‘tish yo‘lagida bo‘lishi mumkin emas. Tayyorlov sexlari omborxona va oshxona oralig‘ida bo‘lishi kerak, chunki texnologik jarayonlarning uzluksizligini ta’minlash talab qilinadi. Xomashyo, tayyor taom, chiqindilar, ishlatilgan idish-tovoqlar oqimi bir-birlariga duch kelib qolmasligi tadbir-choralarini ko‘rish kerak. Masalan, sabzavot sexi sabzavot omborxonasiga yaqin yoki yuk tushiriladigan joyda bo‘lishi lozim.
Go‘sht sexi go‘shtni eritib, chala tayyor mahsulotlar hola- tiga keltirib beradi. Ayniqsa, yoz oylarida O‘zbekiston sha- roitida go‘sht asrash ancha qiyin, uni farsh qilganda yoki kotletga tayyorlaganda, ishlab chiqarish jarayonida sanita- riya-gigiyena qoidalariga rioya qilish lozim. Go‘sht sexida kerakli miqdordagi xomashyolarni sig‘diradigan sovutgich jihozlari bo‘lishi talab qilinadi. Baliq sexi go‘sht sexi yonida joylashgan bo‘ladi. Uncha katta bo‘lmagan korxonalarda go‘sht va baliq sexi birga joylashgan bo‘ladi, ammo alohida liniyalarda ish olib boriladi.
Issiq sexda taom tayyorlash texnologik jarayoni plitalar- da, qozonlarda, qovuriladigan yirik tovalarda bajariladi.
Sovuq sexdagi ishlarda issiqlik energiyasi talab qilinmay- di, ularning loyihasini tuzishga qat’iy sanitariya talablari qo‘yiladi. Bu sex taomlar tarqatadigan joyga yaqin bo‘lishi va issiq sexdan uzoqroq bo‘lishi shart, unga issiqlik o‘tkaz- maydigan to‘siq o‘rnatiladi.
Qandolat sexi boshqa sexlardan ajratilgan bo‘ladi. Bu yerda har xil shirinliklar, pishiriqlar tayyorlanadi, xomashyo saq- lanadigan alohida xonalarga ega bo‘ladi. Sex xonalarini

  1. — I. Erbo‘tayev 4 9

loyihalashda boshqa sexlar xodimlari, mahsulotlari oqimi bilan to‘qnash kelib qolmasligi kerak.
Qandolat sexi xodimlarining ish joylari aniq belgilanishi, tayyorlaydigan mahsulotlari xarakteri bilan ish o‘rni mos bo‘lishi lozim.
Ovqat suziladigan joy issiq va sovuq sexlar, non kesish, idish-tovoqlar yuviladigan joy va zal bilan bog‘langan bo‘lishi kerak. Bu holat tayyor taomning sifati, sanitariya holati bilan iste’molchiga yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.
Oshxonaning idish-tovoqlar yuvadigan joyi issiq sex qatorida bo‘ladi, yuvish vannasi yoki yuvish mashinasi, yuvilgan idishlar uchun stellajlar bilan jihozlanadi. Idishlar yuviladigan joy zaldan va chiqindilar saqlanadigan sovutgich kamerasidan uzoq bo‘lmasligi kerak. Idish yuviladigan joyda besh teshikli vanna bo‘ladi, idishlar yuviladi, dezinfeksiya qilinadi.
Omborxonalar loyihasi ham korxonaning katta-kichikli- giga qarab, saqlanadigan mahsulotlarni hisobga olgan holda, sovutgich bloklari bilan, sovutilmaydigan oziq-ovqatlarni ham nazarda tutib tuziladi. Omborxonalar yerto‘lalarda, yarim yerto‘lalarda bo‘ladi, shamollatish imkoniyati yaratiladi.
Savdo xonalari iste’molchilarning ehtiyojini qondirishga moslanadi.
Ma’muriy-maishiy xonalar jumlasiga ma’muriyat xona- lari, agar parhez zali bo‘lsa, tibbiyot xodimlari uchun joy, garderob, dushxona, hojatxona, xodimlar uchun dam olish xonasi, farroshlar anjomlari uchun joy va hokazolar kiradi.



Download 179,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish