CHiziqlarchizish. Fazoviy rejalashda zagotovkaning vaziyati o’zgarib turganligi uchun, detalni birinchi o’rnatishda gorizontal holatni egallaydigan chiziqlarni gorizontal chiziqlar, shu holatda plitaga perpendikulyar yoki qiya yotadigan chiziqlarni vertikal yoki qiya chiziqlar deb atash qabul qilingan.
Gorizontal chiziqlar reysmas yoki shtangenreysmas bilan chiziladi. Asbobni plita ustida shunday surish kerakki, chizg’ichning o’tkir uchi detalga tegib tursin. Reysmasning vaziyati va uni ishlatish usullari ko’rsatilgan. Oldin simmetriya o’qi yoki markaz chizig’i, keyin boshqa chiziqlar chiziladi. Har bir chiziq faqat bir marta chiziladi.
Vertikal chiziqlarni quyidagi uch usulda chizish mumkin:
T-simon tokchali rejalash go’niyasi bo’yicha. Go’niya rejalanadigan sirtga taqaladi va stol ustida bazalandi. Bu usul o’lchamlari go’niya tokchasi uzunligidan kichik bo’lgan yassi sirtlar zagotovkalarni rejalash uchun yaraydi. Biroq. Detalning barcha tomonlaridan umumiy chiziq chizish lozim bo’lgan hollarda bu usuldan foydalanib bo’lmaydi;
detalni 90 burish yo’li bilan reysmas vositasidir. Bu usul o’rtacha kattalikdagi detallarni rejalashda keng qo’llaniladi. Gorizontal chiziqlar chizib olingandan so’ng zagotovka 90 buriladi, uning vaziyati shu chiziqla bo’yicha go’niya yordamida tekshiriladi. So’ngra vertikal chiziqlar: oldin simmetriya o’qi, keyin boshqa chiziqlar chiziladi. Kichik detallar rejalash yashigiga yoki kubikka mahkamlanadi va u bilan birga buriladi. Yashikning tomonlari qat’iy perpendikulyar bo’lgani uchun yashikni burgandan so’ng chiziqlar holatini tekshirishning hojati yo’q. Detalni burish moslamalari yordamida ham burish mumkin.
qo’shimcha tekisliklardan foydalanib (surib bo’lmaydigan katta o’lchamli va murakkab shaklli zagotovkalar uchun). Rejalash yashigi (burchaklik, kubik) plita ustiga (uning chiziqlari bo’ylab va rejalanadigan sirtga perpendikulyar qilib) o’rnatiladi. Reysmas yashik bo’ylab chizg’ichi rejalanadigan sirtga tegadigan qilib suriladi.
Qiya chiziqlar quyidagi usullardan biri bilan chiziladi:
zagotovkani burish yo’li bilan. Rejalanadigan detal burish moslamalari yoki qiya kallakli domkratlar yordamida qiya chiziqlari gorizontal holatni egallaydigan qilib buriladi. SHunda qiya chiziqlarni reysmas bilan chizish mumkin bo’ladi. Bu usul eng samaralidir, ammo maxsus moslamalarni talab qiladi
burchak o’lchagich yordamida. Burchak o’lchagich yoki malka zarur burchakka o’rnatiladi, bir tomoni rejalash plitasiga bazalanadi, ikkinchi tomoni zagotovkaga tarqaladi va chizg’ich tushiriladi. Bu usul bilan aniq rejalash bo’lmaydi, u faqat yakka chiziqlarni chizish uchun qo’llaniladi;
nuqtalar bo’yicha. Gorizontal hamda vertikal chiziqlarni rejalashda qiya chiziqlarning uchlari belgilab qo’yiladi va topilgan nuqtalar birlashtirib chiqiladi.
Fazoviy rejalashda yoy va aylanalarni o’tkazish usullari xuddi tekislikka rejalashdagiga o’xshaydi. Agar yoy va aylanalar har xil tekislikda yotsa va ularning kontsentrikliligini ta’minlash kerak bo’lsa, universal rejalash tsirkullari (masalan, S.V.Lastochkin shtangentsirkuli) ishlatiladi.