O‘ZBEKISTON TARIXI
OYLIK IMTIHON
1. Qaysi tarixchi Sohibqiron qo‘shinida ayollardan iborat bo‘linmalar bo‘lib, ular erkaklar bilan bir safda turganligi haqida ma’lumot bergan?
A) Ibn Xavqal B) Ibn Xaldun
C) Ibn Asir D) Ibn Arabshoh
2. Noto’g’ri javobni toping.
A) Amir Temur 1370-yil aprel oyida Samarqandda katta qurultoy chaqirdi.
B) A. Temur qo‘shini Termiz yaqinidagi Biyo qishlog'iga yetganida uning huzuriga taniqli ulamolardan Sayyid Baraka tashrif buyuradi
C) 1366-yilning bahorida A. Temur va A. Husayn Samarqandga yo‘l oladilar va shahar yaqinidagi Konigil mavzeyiga kelib tushadilar
D) Abu Bakr Kalaviy bilan Xurdaki Buxoriylar Amir Husayn buyrug‘iga ko‘ra dorga tortiladilar
3. A. Temur qo’shinida har bir qanotning yon tomonidagi bittadan qo‘riqchi askariy qo‘shilmalar qanday nomlanadi?
A) burong‘or B) manglay
C) izofa D) qanbul
4. To’g’ri berilgan javobni toping?
A) Tug’luq Temur Movarounnahrga uch marta bostirib kirdi
B) Amir Temurning Amir Hoji Barlos Xuroson tomonga qochadi
C) Amir Temur va Ilyosxo’ja 1364-yilda mo’g’ullarni Movorounnahrdan butkul quvib chiqardi
D) 1365-yil bahorida Sarbadorlar boshliqlari qatl qilinadi
5. Amir Temur o‘limidan biroz avval o‘g‘il va nabiralari orasida taqsimlaydi. Shundan Mironshohga qaysi hudud suyurg‘ol qilib berilgan?
A) G‘arbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston
B) Farg`ona,Tarozdan to Xo`tangacha
C) Xuroson, Mozandaron, Ray va Seiston
D) Toshkent, Sayram, O`tror va Asparadan to Xitoy chegarasigacha
6. Amir Temur davrida tavochi lavozimidagi kishi qanday yumush bilan shug’ullangan?
A) vaqf mulkini boshqarish
B) hukmdorning saxsiy topshirig’ini bajarish
C) soliq undirish
D) askariy qismlarni viloyatlardan to‘plash bilan
7. Nechanchi yillar mobaynida Amir Temur va Misr sultonlari, shuningdek ularning Suriyadagi noiblari o‘rtasida taxminan 25 marta maktub va elchilar almashuvi bo‘ldi?
A) 1370-1390-yillar B) 1371-1390-yillar
C) 1386-1405-yillar D) 1381-1403-yillar
8. A. Temur tomonidan Turkiya sultoni Boyazid I Yildirim tor-mor keltirilganidan so‘ng, ……….. Amir Temurning oltindan haykalchasini quydirib, ostiga “Yevropa xaloskoriga” deb yozdirib qo‘yilgan ekan
A) inglizlar B) fransuzlar
C) ispanlar D) vizantiyaliklar
9. Quyidagi asarlardan qaysi biri Italiyaning Florensiya shahrida bosilib chiqdi?
A) “Skifiyalik Tamerlanning ulug‘vorligi”
B) “Buyuk Temur tarixi”
C) “Esdaliklar”
D) “Buyuk Temur”
10. 1995-yilda ….
A) Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi tashkil qilindi
B) Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi
C) “Amir Temur” ordeni ta’sis etildi.
D) I.M.Mo‘minovning “Amir Temurning O‘rta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli” risolasini nashr etildi.
11. Mirzo Ulug’bek Farg’ona va Qoshg’arni egallagan yilni aniqlang?
A) 1414 yil C) 1410 yil
B) 1412 yil D) 1415 yil
12. . Navoiy Xondamir haqida qaysi asarda yozib qoldirgan?
A) “Xazoyin ul-maoniy” B) “Mahbub ul-qulub”
C) “Majolis un-nafois” D) “Habib us-siyar”
13. Qaysi yillarda Mirzo Ulug‘bek Samarqandda rasadxona qurdirdi?
A) 1417-1420-yillarda B) 1417-yilda
C) 1424-1429-yillarda D) 1433-yilda
14. Quyidagilardan qaysi hukmdor oldinroq vafot etgan?
A) Abulxayrxon B) Shayboniyxon
C) Sulton Ali Mirzo D) Abu Said
15. Quyidagi qaysi sanadagi voqea tufayli Hirot iqtisodiy, siyosiy va madaniy markaz sifatidagi nufuzini yo’qotdi?
A) 1504-yil B) 1507-yil
C) 1505-yil D) 1506-yil
16. Shayboniylar davlatida muhtasib qanday lavozim bo’lgan?
A) dargoh xavfsizligi
B) xon va shahzodalar o’rtasidagi munosabatlarni
C) sud ishlari yetakchisi
D) jamoat tartibining saqlanishini diniy marosimlarga amal qilish nazoratchisi
17. Bobur nechanchi yilda Kobul viloyatida hokimyatni qo’liga oldi?
A) 1505 B) 1502 C) 1504 D) 1506
18. Shayboniyxon Shohruxiyani qachon bosib oldi?
A) 1504-yil B) 1503-yil
C) 1505-yil D) 1506-yil
18. Shayboniyxon tomonidan quyidagi qaysi hukmdorga Axsi va Andijon tortiq qilingan?
A) Ko’chkunchixonga
B) Suyunchxo’ja
C) Xo’ja Mahmud Sultonga
D) Jonibek Sultonga
19. Shoh Ismoil va Shayboniyxon o’rtasidagi jang qaysi shahar yaqinida ro’y bergan edi?
A) Balx B) Marv C) Hirot D) Ray
20. Buxoroda Ko’chkunchixonning hukmronligi nechanchi yilgacha davom etdi?
A) 1530 B) 1533 C) 1540 D) 1545
21. Qaysi hukmdor davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o’sdi?
A) Abdullaxon II B) Ko’chkunchixon
C) Ubaydullaxon D) Abdullaxon I
22. Abdullaxon II Rasman xon deb e’lon qilingan yilni aniqlang.
A) 1556-yil B) 1566-yil
C) 1583-yil D) 1589-yil
23. Shayboniylar davrida qaysi lavozimdagi shaxsning vazifasi xon farmonlarini rasmiy shaxslarga yetkazishdan iborat bo’lgan?
A) Rais C) Dodxoh
C) Otaliq D) Parvonachi
24. XVI asr 40 yillaridan so’ng …
A) Dashti qipchoqni sharqiy qismi o’zbeklar deb atala boshlaydi
B) Abdullaxon II ning miniaturasi ishlangan
C) Mamlakatimiz aholisi yoppasiga o’zbeklar deb atala boshlangan
D) Xon o’limidan so’ng yoshi katta shayboniy taxtga o’tirishi qoidasiga amal qilmay qo’yishdi
25. Shayboniylar davlatida qaysi lavozim egasi davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan?
A) Ko’kaldosh B) Shayxulislom
C) Naqib D) Otaliq
26. Quyidagi qaysi hukmdor o’z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg’ol etgan Eron qo’shinini bir necha marta magiubiyatga uchratgan edi. Ayni paytda, u mamlakat ichkarisidagi o’zaro kurash va tarqoqlikka barham berdi?
A) Abdullaxon II B) Ko’chkunchixon
C) Abdullaxon I D) Ubaydullaxon
27. Abulxayrxon 1446-yil …
A) Sirdaryoning o’rta oqimidagi shaharlarni egalladi
B) Abu Saidga yordamga keldi
C) Taxtni egalladi
D) Vafot etdi
28. Buxoro xonligida olingan harbiy soliq qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Zobitona B) Madadi lashkar
C) Qozon puli D) Ixrojot
29. Abulxayrxon tomonidan Muhammad Shayboniyga otaliq sifatida kim tayinlangan?
A) Hojiqozi B) Muhammad Mazid
C) Xusravshoh D) Amir Boyshayx
30. Muhammad Shayboniyxon nechanchi yilda tug’ilgan?
A) 1451-yil B) 1483-yil
C) 1412-yil D) 1428-yil