- vaqti-vaqti bilan metchikni teshikdan chiqarib
qirindidan tozalash.
Rezьba uzilgan
metchik o’tmaslashib qolgan;
qirindi metchik ariqchasiga tiqilib qolgan.
metchikni almashtirish;
vaqti-vaqti bilan metchikni teshikdan chiqarib uni qirindidan tozalash.
Singan metchiklarniteshikdanchiqarishusullari Metchik singanda uni teshikdan chiqarishning bir necha usullari bor. Siniq metchikning uchi teshikdan chiqib tursa, uni ploskogubtsa yoki dastakli gira bilan burab chiqarish mumkin. Metchikning qismi teshik tashqarisiga chiqmagan bo’lsa, u holda egilgan simning ikki uchini metchik ariqchasiga suqib burab chiqariladi. Bu usul yordam bermasa metchikni teshgich (proboynik) bilan sindirib mayda qismlarga bo’lib chiqarish mumkin.
Teshikda tezkesar po’latdan yasalgan metchik sinib qolgan taqdirda detalni mufelli pechda qizdirib, sovugandan keyin parmalab, qirindi holida chiqariladi. Agar metchik uglerodli po’latdan yasalgan bo’lsa, detalni qip-qizil bo’lguncha qizdirib, sekin-asta sovutish lozim, tobidan tushgan teshikdan qirindi holida chiqariladi.
Katta o’lchamli detal teshigida sinib qolgan metchikni quyidagi usullarda olib tashlanadi: uch shoxli to’g’rilagichni teshikda parmadasta yordamida teskari aylantiriladi, maxsus zenker yordamida chiqariladi, metchik qoldig’iga elektrodni payvandlab, burab chiqariladi. Metchikni maxsus suyuqlik bilan bo’shashtirish orqali ham bu opeartsiyani bajarish mumkin. Buning uchun metchikka teshik parmalab azot kislotasi bilan uning materiali eritiladi (agar detal alyumin qotishmalaridan yasalgan bo’lsa, eritma o’nga ta’sir qilmaydi).
Parchinlash turlari
Ikki yoki undan ortiq detallarni parchin mixlar bilan biriktirish parchinlash deb ataladi. Bu turdagi birikmalarni ajratishga ehtiyoj tug’ilsa, parchin mixlarni sindirib detallarni bo’laklarga bo’lish mumkin. Parchin mixli biriktirish usuli metall konstrutsiya, balkalar yasashda, kemasozlik, samolyotsozlikda hamda ko’prik va fermalar qurishda keng qo’llaniladi.
Parchinlash quyidagi jarayonlardan iborat:
parchinlab biriktiriladigan detallarni teshish yoki parmalash;
teshiklardan parchin mix kallagiga moslab rax hosil qilish;
parchin mixning biriktirilgan detaldan chiqib turgan uchini pachoqlab unga shakl berish.
Parchinlash ikkiusulda-qizdirish va sovuq usulda bajarilishi mumkin. CHilangarlik ishlarida parchinlashning faqat sovuq usulidan foydalaniladi. Qizdirish usuli maxsus tsehlarda qo’llaniladi. Bunda parchin mixni 1000-1100S da qizdirib teshikka tiqiladi. Parchin mix sovugandan keyin biriktiriladigan metallar tortiladi. Mixning uchida qattiq zarb berish yoki presslash yordamida kallak hosil qilinishi mumkin.
Qo’llaniladigan asbob, jihoz hamda parchin mixga beriladigan zarba yoki bosim turlariga ko’ra parchin mixlar uch turga bo’linadi:
dastakli asboblar zarbasi uchun;
pnevmatik bolg’alar zarbasi uchun;
press usuli uchun parchin mixlar;
Parchin mixlar hisobiga detalning og’irlashuvi, zarb ta’sirida teshiklarda parchin mixlarning bo’shashib qolishi, detallarni biriktirishda operatsiyalarni zenkovkalash, ishlashda ortiqcha shovqin va tebranishlarning odam organizmiga salbiy ta’siri detallarni parchinlab biriktirishning kamchiliklari hisoblanadi. SHuning uchun ham parchinlash usulini takomillashtirish bilan birga ishlab chiqarishda yig’ish-biriktirishning maqbul usuli bo’lgan elektr-gaz payvandlari keng qo’llaniladi. Bundan tashqari, issiqqa chidamli yelimlar (VK 32- 200, VK 32-250, IP-9) bilan detallarni yopishtirib birikmalar hosil qilinadi.