Quyidagilar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni eksportga (eksportning bojxona tartib-taomillarida) realizatsiya qilish, bundan aktsiz to’lanadigan tovarlarning ayrim turlari mustasno;
2) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo’lgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni keyinchalik O’zbekiston Res’ublikasining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish;
3) ixtisoslashtirilgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish;
4) O’zbekistonning bojxona hududiga quyidagi aktsiz to’lanadigan tovarlarni:
VM tomonidan belgilanadigan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kirish;
davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar orqali xayriya yordami maqsadida, shu jumladan texnik ko’mak ko’rsatish maqsadida olib kirish;
agar ular olib kirilayotganda soliqdan ozod etilishi qonunda nazarda tutilgan bo’lsa, xalqaro moliya institutlarining qarzlari va hukumat tashkilotlarining xalqaro qarzlari hisobidan olib kirish;
5) aktsiz tovarlarni O’zbekistonning bojxona hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilish. O’zbekiston hududiga soliq solinmaydigan tovarlarni jismoniy shaxslar tomonidan olib kirishning eng yuqori normalari qonunchilikda belgilanadi;
Masalan: Jismoniy shaxs Frantsiyadan xar bir quti 20 yevrolik jami 120 yevroga 6 quti atirni sovg’a sifatida olib keldi.
20.07.2021 yil holatiga MB kursi 1 yevro = 11518,27 so’m,
120 x 11518,27 = 1382192,4 so’m
Savol: Frantsiya davlatidan import qilib olib kirilayotgan atirlar aktsiz solig’iga tortiladimi?
Echimi: PQ-3512-sonli qarordagi me’yor bo’yicha atir hamda ifor taratuvchi suvlar 3 qutigacha aktsiz solig’i hisoblanmaydi (1-ilovaga qarang). Demak, qolgan 3 qutiga aktsiz solig’i hisoblanadi. PQ-2455-sonli qarorga asosan atir hamda ifor taratuvchi suvlarning har bir quti uchun (TIF 3305 — 3307) 15% etib belgilangan.
20 evro x 11518,27 = 230365,4 so’m
3 quti x 230365,4 = 691096,2 so’m
Aktsiz solig’i summasi: 691096,2 x 15% = 103664,43 so’m
6) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdig’i bo’lgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish bo’yicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari.
7) ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo’nalishlarda tashkil etilgan degustatsiya hududlarida (joylarida) realizatsiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlariga.
Do'stlaringiz bilan baham: |