Respublikasi oliy



Download 3,12 Mb.
bet23/114
Sana20.07.2022
Hajmi3,12 Mb.
#825921
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114
Bog'liq
Zoologiya (S.Dadayev, O.Mavlonov)

Ayirish sistemasi. Tanasining g'ovak to'qimasida juda ko'p uchi berk naychalar joylashgan. Bu naychalar tananing ikki yonidagi yirik


34
www.ziyouz.com kutubxonasi




ikkita naychaga kelib tutashadi. Moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'ladigan zararli moddalar tanadagi ortiqcha suv bilan mayda naychalaming ichiga sizib o'tib, ana shu naylar orqali chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi. Planariyaning nervhujayralari gidranikiga o'xshab tarqoq joylashmasdan, aksincha, tananing oldingi tomonida to'planib, ikkita nerv tugunini hosil qiladi. Bu nerv tugunlaridan tananing keyingi tomoniga ikkita nerv tomiri chiqadi. Har qaysi nerv tomiri nerv tolalaridan va ulaming ustida joylashgan nerv hujayralaridan tashkil topgan. Nerv tomirlari ko'ndalang nervlar orqali o'zaro qo'shilib, narvon shaklini hosil qiladi. Nerv tugunlari va tomirlaridan tananing hamma qismiga nervlar ketadi. Ayniqsa, tananing oldingi tomonidagi paypaslagichlarida va ko'zlarida nervlar ko'p bo'ladi. Shunday qilib, planariyada va boshqa yassi chuvalchanglarda nerv hujayralari va nerv tomirlari birgalikda nerv sistemasini hosil qiladi.
Planariya nerv sistemasi yordamida har xil ta'sir (harorat, suvning tarkibi, mexanik ta'sir)ni, ko'zlari yordamida yorug'likni sezadi. Paypaslagichlar, teri va ko'zlar sezgi organlari hisoblanadi.
Jinsiy sistemasi va ko'payishi. Tanasining oldingi qismida oval shakldagi ikkita urg'ochilik ko'payish organi — tuxumdonlar, tanasining o'rtaroq qismida esa juda ko'p erkaklik ko'payish organlari — pufakka o'xshash urug'donlar joylashgan. Bu organlar uning jinsiy sistemasini tashkil etadi. Tuxumdonlarda tuxumlar, urug'donlarda esa spermatozoidlar hosil bo'ladi. Tuxum hujayrasi organizm ichida urug'lanadi. Urug'lanishda ikkita planariya yaqinlashib, urug' hujayralari almashinadi. Urug'langan tuxumlar sariq modda bilan qoplanadi va to'p —to'p qilib pilla ichiga qo'yiladi. Pilla tuxumlami noqulay sharoitdan saqlaydi. Yosh planariyalar pilla devorini yorib suvga chiqadi. Dengizda yashovchi chuvalchanglar metomorfoz orqali rivojlanadi. Tuxumdan myullerov lichinka chiqadi.
Demak, bitta planariya tanasida ikki xil jinsiy hujayralar — tuxum va spermatozoidlar rivojlanadi. Organizmida bir vaqtning o'zida urg'ochilik va erkaklik jinsiy organlari bo'lgan hayvonlar germafrodit deyiladi.

    1. So'rg'ichlilar (Trematoda) sinfi

So'rg'ichlilar tanasi bargsimon yassilashgan, sirti qalin kutikula bilan qoplangan parazit yassi chuvalchanglar. Voyaga yetgan so'rg'ichlilar tanasi sirtida kipriklar bo'lmaydi, og'iz va qorin so'rg'ichlari rivojlangan. Shu sababli ular so'rg'ichlilar deyilgan. Ulaming hazm qilish, ayirish, nerv va jinsiy sistemasi rivojlangan. 5000 ga yaqin turi ma'lum. Bir qancha turlari yowoyi va uy hayvonlari, shuningdek, baliqlar jigarida,


35


www.ziyouz.com kutubxonasi


ayrim turlari esa odam jigari va vena qon tomirida yashovchi xavfli parazitlar hisoblanadi.



Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish