Respublika Ta'lim Markazi
Tolali massa smola, antiseptiklar va antipirenlar bilan aralashtiriladi.
Hosil bo‘lgan aralashmadan ortiqcha suvlar siqib chiqarilib, plita shakliga keltiriladi.
Ko‘p qavatli presslarda issiq holda presslanadi.
110-120 gradus haroratda maxsus kameralarda 5-7 soat quritilib, so‘ngra 7-8 % gacha namlanadi.
Chetlari qirqib tekislanadi.
DSP (yog‘och payrahalik (qipiqlik) plita) - tolalik massa o‘miga payraha, arra- to‘pon va boshqa yog‘och chiqindilarini maydalab elakdan o‘tkazilgach, DVP kabi tayyorlanadi.
Metall asosli kompozit materiallarni tayyorlashda bosim bilan ishlov berishning barcha turlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, kukunli (poroshokli deb ham ataladi) metallurgiya usulidan ham foydalanish o‘ta samarali hisoblanadi.
Metall va nometall materiallar kukunlaridan turli xil detallar tayyorlash usuli kukunli metallurgiya deyiladi.
Bu usulda tayyorlangan detallar geometrik shaklining aniqligi, yuza g‘adir-bu- durligining kichikligi, yeyilishga chidamliligi, metall tejalishi, metall kesib ish- lovchi stanok va keskichlarga zaruriyat yo‘qligi, malakali ishchilar talab etmasli- gi, ish unumining yuqoriligi, maxsus xossali detallar tayyorlanishi va boshqa ko‘r- satkichlarga ko‘ra mashinasozlikda tobora keng qo‘llanilmoqda. Masalan, kukun materiallaridan avtomobil hamda traktorlarning moy nasosi, shesternalari, paxta terish mashinalarining shpindellari, sirpanish podshipniklari, kirya asboblar, turli keskichlar kallaklariga kavsharlanadigan qattiq qotishma plastinka va boshqalar tayyorlanadi.
Bu usulda kompozit material detallarini tayyorlashda asosiy xomashyo metall va nometall materiallar kukunlaridir. Metall va nometall materiallar kukunlarini olishda shar tegirmonlardan foydalaniladi.
Kukun materiallardan kompozit material detallarini tayyorlash texnologiyasi quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Kukun materiallarni tayyorlash.
Kukunlardan kutilgan tarkibli kukun olish.
Ma’lum miqdordagi kukunni qolipga kiritib presslash.
Olingan buyumga zarur xossalar berish uchun ulami termik ishlash.
Zaruratga ko‘ra turli (masalan, podshipniklar, kirya asboblarga qo‘shimcha (kalibrlash, g‘ovaklarini moyga to‘ldirish va boshqa)) ishlovlar berish.
Kukunlarni biriktirishda kukun qolipga kiritilib, puanson bilan presslanib, ma’lum vaqtdan so‘ng ajratib olinadi (93-rasm).
Kukunli metallurgiya usulida detallarni tayyorlashga ilgari minutlar, ba’zan soatlar sarflangan bo‘lsa, hozirda aniq forma va o‘lchamlar asosida bu ish sekundlarda amalga oshirilmoqda. Ana shu usulda metall kukuni po‘lat press-qolipga solinadi va katta bosim bilan presslanadi. Shunda metall zarralari bir-biriga jipslashadi, natijada geometrik parametrlari bo‘yicha tayyor detalga mos zagotovka hosil bo‘ladi.
2
3
r
P
3
asm. Kukunlami biriktirish sxemasi: a - bir tomonlamapresslash; b - ikki tomonlama
Do'stlaringiz bilan baham: |