4, 6 - yopishqoq qatlam; 5 -plastik qatlam; 8 - himoya qatlamlari.
e - polimer asosli: 1 - himoya plyonkasi, 2 - bo‘yoq bilan qoplangan qismi, 3 - aluminiy qatlam, 4 - yopishqoq qatlam, 5 - polietilen.
a)
a - yog‘och asosli: 1 - himoya (lok) qatlami, 2 - yuqori qatlam (faner); 3 - yelim; 4 - o‘rta qatlam (taxta); 5 - ulanish qismi; 6 -pastki qatlam.
d-po ‘lat asosli: 1 - himoya plyonkasi, 2 - emal, 3 - grunt, 4 - termopolimer yelimi, 5 - himoya qoplamasi, 6 - innovatsion kompozit materiallar (alcotek), 7-po‘lat listlar.
91-rasm. Kompozit materiallar: a - yog‘och asosli, b - aluminiy asosli, e - polimer asosli.
Kompozit materiallar asosan 3 turga bo‘linadi (12-shakl).
K
12-shakl
ompozit material turlari
Olinishi
bosim bilan ishlov berish yo‘li asosida
Olinishi
bosim bilan ishlov berish yo‘li asosida
Disper-\ Olinishi
slyalan- I bosim bilan ishlov berish gan у > yo‘li asosida
Qatlamli kompozit materiallarda birinchi qatlam mustahkamlikni ta’minlasa, ikkinchisi korroziyaga qarshilik ko‘rsatadi.
Tolali kompozit materiallarda metall asos shisha tolalar va boshqa materiallar bilan mustahkamlanadi.
Dispersiyalangan (zichlangan) kompozit materiallar qiyin eriydigan zarralar bilan mustahkamlanadi.
Kompozit materiallar qanday tasniflanadi? Kompozit materiallar tasnifi o‘ta murakkab emas. Ular asosan biz bilgan metall va metallmas materiallardan tuzilgan bo‘ladi (13-shakl).
13-shakl
Kompozit materiallar tasnifi
Metall kompozit materiallarning ishlash xususiyatlari, olovbardoshliligi, bikr- ligi, solishtirma mustahkamligi metall va metall qotishmalardan ustun turadi.
Polimer kompozit materiallarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, ularning asosini, ya’ni matritsa vazifasini bajaruvchi har xil polimerlar (polietilen, polipropilen, polistirol va boshqalar) hosil qilib, bu asos tola, to‘qima, plyonka, shisha kabi metall va metallmaslar bilan mustahkamlanadi.
Keramika kompozit materiallarining tolalar bilan, shuningdek, metall va keramik
dispersiyalangan zarralar bilan mustahkamlash, yuqori kuchli kompozitlarni olish imkonini beradi.
Uglerodli kompozit materiallari uglerod tolalari va uglerod matritsasi asosida yaratilgan yuqori issiqlikka chidamli kompozit materiallardir.
Kompozit materiallar, odatda, matritsa tarkibiy qismlariga ko‘ra ham tasniflanadi. Kompozit materiallami tasniflash matritsa (bog‘lovchi material) yoki armatura (mustahkamlovchi) va qo‘shimchalarning turiga asoslanadi (14-shakl).
Matritsa materiali sifatida metall va uning qotishmalari; polimer; keramika, shisha va boshqa materiallar ishlatiladi. Ushbu matritsalar ikkita keng tarqalgan turdagi kompozitlarni hosil qiladi.
14-shakl
Matritsa turlari bo‘yicha kompozit materiallar tasnifi
Qora
i
Rangli
I ■
Polimer
\ i i i
Shisha
l I 1 I
Keramika
Kompozit materiallardan foydalanish
Birinchi kompozit material fransuz bog‘boni J.Mone tomonidan 1867-yilda ishlab chiqilib, patent olingan. U hovli gultuvaklari, sim va sementdan kompozitsion materiallar tayyorlagan.
1942-yilda samolyot konstruksiyasida oyna tolasi bilan sinchlangan “armirovan” kompozit material qo‘llanilgan.
Kompozit materiallar mashinasozlik konstruksiyalariga qo‘yilgan quyidagi talablarga javob berishi kerak (15-shakl)
15-shakl
Kompozit materiallarga qo‘yiladigan talablar
Ishlatilishi- ning osonligi
Bugungi kunda kompozit materiallardan aviatsiya (masalan: dvigatel, korpus, parrak, haroratbardosh detallar va boshqalar), kosmonavtika, energetika, elektrotexnika va radiotexnika, mashinasozlik (masalan: avtomobil kuzovlari, ishqalanishga chidamli tormoz qurilmalari va boshqalar), kemasozlik, kimyo, konchilik, qurilish (bino va inshootlaming fasad qismlarida (92-rasm), to‘qimachilik, yengil va og‘ir sanoatlarda, tibbiyot asboblari yasashda, qishloq xo‘jaligi, uy-ro‘zg‘or texnikasi kabi ko‘plab sohalarda foydalaniladi.
Humo arena
Hilton mehmonxonasi
rasm. Fasad qismida kompozit materiallardan foydalanilgan zamonaviy binolar
(Toshkent shahri).
»
Muammoli topshiriq
Y og‘och kompozit material hisoblanadimi? Nima uchun?
J
M ustahkamlash uchun savollar •
Qanday materiallar kompozit materiallar deyiladi?
Matritsa va armatura deganda nimani tushunasiz?
Kompozit materiallar tuzilishiga ko‘ra boshqa materiallardan qaysi jihat- lari bilan farq qiladi?
K ompozit materiallarning qanday turlarini bilasiz va ulardan qanday maq- sadlarda foydalaniladi?
ASBOB-USKUNA VA MOSLAMALAR. XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
Siz yog‘och va metallar bilan ishlashda foydalaniladigan asbob-uskuna va moslamalar bilan tanishgansiz. Kompozit materiallarga ishlov berishda ham shu kabi asbob-uskuna va moslamalardan keng foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish sanoatida kompozit materiallarga ishlov berish va ulardan turli buyumlar tayyorlash bosim bilan ishlov berish turlari asosida amalga oshiriladi.
Hozirda yog‘och, metall va polimer asosidagi yuqori mustahkam kompozit materiallar ko‘plab ishlab chiqarilmoqda. Ularni afzallik jihatlari shundaki, turli usullar asosida istalgan shaklda tayyorlash imkoniyatining mavjudligidir.
Yog‘ochga ishlov berishda chiqadigan yog‘och qipiqlarini yoki metallga ishlov berishda anchagina metallni qirindiga aylanishini ko‘rgansiz. Ko‘p hollarda dastlabki materialning 70-80 foizini chiqindilar tashkil qiladi. Xuddi shu sababli, xususan, duradgorlik va mashinasozlikda yog‘och hamda metallarni qirqish bilan ishlash o‘miga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qo‘llash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir.
Yog‘ochlarga qo‘shimcha ishlov berish va ularning chiqindilaridan unumli foydalanish, undagi mavjud kamchiliklarini (chirish, yonish) yo‘qotib, turli polimer yoki metall bog‘lovchilar asosida hozirgi zamon talablarigajavob beradigan kompozit materiallar ishlab chiqarish imkonini (DVP, DSP, MDF) beradi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini yanada oshiradi.
DVP (yog‘och tolali) - maydalangan yog‘och tolalarini va issiq holda presslab olinadi.
Presslash deb materiallami bosim ostida zichlash va muayyan shakl berish maqsadida qayta ishlash usuliga aytiladi.
Bunda quyidagi ishlar bajariladi:
Daraxt shoxlari, yog‘och va yog‘och chiqindilari maydalanadi.
Maydalangan massa elanadi, bug‘lanadi va ezib tolali massa olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |