Республика илмий-амалий масофавий онлайн конференцияси


BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH



Download 27,87 Mb.
bet27/409
Sana25.02.2022
Hajmi27,87 Mb.
#276065
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   409
Bog'liq
ТЎПЛАМ SAYT

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA INNOVATSION USULLARDAN FOYDALANISH
Boychayeva Sharifa Saidkulovna
Sirdaryo VXTXQTMOHM
Katta o`qituvchisi
Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar faqatgina xalq manfaatlari uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilayotganining guvohi bo’lib turibmiz. Ta'lim jarayonida ilg'or texnologiyalarning yangi-yangi usullarining qo’llanilishi darslarning rang-barang qiziqarli tarzda o'tishiga olib keladi, o'quv materiallarining chuqur o'zlashtirilishiga ham keng imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik qarashlarda "Oddiy o'qituvchi - gapiradi, yaxshi o'qituvchi - ko'rsatadi, juda yaxshi o'qituvchi- motivatsiya qiladi", degan gap bor. Zamon talabiga muvofiq holda har bir fan o'qituvchisi o'zining mutaxassisligini, chuqur o'zlashtirgan, pedagogik-psixologik hamda metodik bilim, ko'nikma va malakalarni puxta egallagan, ta'lim-tarbiya jarayonini samaradorligini oshiradigan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan xabardor va ularni ta'lim jarayonida qo'llay olish malakasiga ega bo'lishi bilan birga innovatsion faoliyat egasi bo'lishi lozim. Ayni paytda o'qituvchi har bir darsning muallifi hisoblanadi. Chunki o'qituvchi ushbu darsni tayyorlashda ilg'or o'qituvchilar tajribasiga tayanadi, uslubiy qo'llanmalarni o'rganadi va uni amalda qo`llaydi.
Matematika darsida o'quv tarbiya jarayonining barcha elementlari o'zaro uyg'unlikda bo'ladi. Bular maqsad va mazmun, vositalar, metodlar, ta'limni tashkil kilish shakllari bilan uzviy bog'liq. Boshlang'ich sinflarda ishlaydigan o'qituvchi vatanparvarlik burchini to'g'ri anglaydigan, o'z ixtisosligiga doir bilimlarni chuqur biladigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan, dunyoviy, diniy ilmlardan ham xabardor, ma'naviy barkamol bo'lmog'i lozim. Boshlang'ich ta'lim asosiy poydevor hisoblanadi. Bolaning o'qishga bo'lgan munosabatinig zarur bo'lgan o'qish savodxonligi, turli ma'lumotlar bilan ishlash, asosiy matematik amallarni bilish va ularni kundalik hayotda qo'llay olish, mantiqiy va ijodiy fikrlash, o'z-o'zini boshqarish, jamoada o'zini tuta bilish, yozma va og'zaki muloqot madaniyati qoidalarini egallash, ta'limiy faoliyatni tashkil etish kabi ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborotkommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayonida keng qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan - kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi hamda o'qituvchi tinmay o'z ustida mustaqil ishlashi fandagi barcha yangiliklardan xabardor bo'lishi ilg'or metodikalarga ega bo'lgan tajribali metodist-o'qituvchilar bilan o'z tajribalari to'g'risida o'rtoqlasha olishi, samarali o'qitish metodikalarini namoyish eta olishi lozim. Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirish zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ta'lim jarayoniga keng tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini o'rganishni taqozo etadi.
Shuningdek hozirgi kunda matematika fanidan juda ko'p misol va masalalar to'plamlari, qiziqarli matematika o'quv adabiyotlari nashr etilgan. Ushbu fanga taalluqli qoshimcha adabiyotlardan foydalanib, darslarni mustahkamlash qismida foydalanib o tish ham ijobiy samara beradi.
Bugungi kunda darslarni turli xil metodlar bialan boyitib borishimiz mumkin. Bugungi kunda eng dolzarb bo`lib borayorgan Xalqaro baholash dasturi TIMSS ga tayyorlash ayni davr talabi desak adashmagan bo`lamiz. Topshiriqlarni esa o`zimiz tayyorlab borishimizga to`g`ri keladi.
Bunda "Tushunchalar tahlili" degan metodimizni bir eslaylik. Bu metod orqali otilgan mavzularni eslab qolishda, yangi mavzuni mustahkamlashda va olgan bilimlarimizni eslab qolishida ayni muddao bo`ladi desak adashmagan bo`lamiz. Masalan: o`quvchilarga quyidagi topshiriqlar beriladi, ular bu topshiriqlarga o`zlarining javoblarini yozishlari kerak.


Download 27,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish