Adabiyotlar:
1.Tashkenbayev U.N. va boshqalar. Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash. –Toshkent, “Sharq”, 2019. 5-bet.
2.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilimlarini baholashning takomillashtirilgan reyting tizimi to‘g‘risidagi NIZOM (XTVning 2010 yil 20 iyuldagi 178-sonli buyrug‘iga 1-ilova).
3. Башкин М. В. Формирование психологически комфортной и безопасной образовательной среды. Ярославь, ЯрГУ, 2014. 44-45 с.
O‘QUVCHIGA QOIDA YODLATMASDAN AMALIY KO‘NIKMANI RIVOJLANTIRAYLIK
Mirzoxidova L.B – f.f.d (PhD)
Samarqand viloyati XTXQTMO hududiy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi
So‘z – nutqining asosiy xom-ashyosi. O‘quvchini bu xom-ashyo bilan ta’minlashning asosiy mas’uliyati ona tili ta’limi zimmasiga tushadi. Shuning uchun so‘z ustida ishlash, o‘quvchilarni ularga notanish bo‘lgan so‘zlar olamiga olib kirish, nutq sharoitiga qarab ularni to‘g‘ri va o‘rinli ishlatishni ta’minlash ona tili mashg‘ulotlarining muhim tarkibiy qismiga va ona tilidan o‘quvchi bilimini baholashning asosiy omillaridan biriga aylanmog‘i lozim.
Ona tili ta’limidan asosiy maqsad “O‘quvchilarda tilning ichki imkoniyatlaridan, uning tasviriy vositalaridan nutq jarayonida samarali va o‘rinli foydalanish ko‘nikmalarini, fikrni turli yo‘sin va shakllarda ifodalay olish malakalarini hosil qilishdan iborat” ekan, bunga erishishni boy va barkamol so‘z xazinasisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Nutq boyligi masalasi ona tilidan ta’lim samaradorligining amaliy ko‘rsatkich darajasiga ko‘tarilishi va so‘z boyligini oshirish hamda boyitish esa ona tili ta’limining asosiy maqsadiga aylantirilishi ta’limning jahon andazalariga mos keladi.
Haqiqatda ham, o‘quvchliarga ona tilini o‘qitishdan maqsad nima?
Maqsad – ularda savodli va go‘zal nutq madaniyatini hosil qilish. Ta’lim samarasi har bir o‘quvchining amaliy nutqi asosida baholanishi lozim. Ona tili ta’limi oldida hozirgi davr qo‘ygan zamonaviy talab mana shundan iborat. So‘z boyligini oshirishga mone’lik qiladigan omillar bir nechta bo‘lib, ularni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin.
Ona tili ta’limi mazmunining o‘ta ilmiyligi, nazariyiashtirilganligi va maydalashtirilganli bolalarning so‘z boyligini muttasil oshirib borish, so‘zdan tez, to‘g‘ri va o‘rinli foydaianish malakalarini shaklantirishga juda katta g‘ovdir. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning asosiy vaqti nutqiy tadbirkorlik va samaradorlikni ta’minlashga mutlaqo aloqasi bo‘lmagan til xodisalarini tahlil qilish-u, ularni quruq yodlab olish bilan band bo‘lmoqda. Hali yetarli so‘z boyligiga ega bo‘lmagan, o‘z ona tilining imkoniyalaridan nutqda foydalanish malakaiariga ega bo‘lmagan o‘quvchi gapda ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol kabilarni aniqlash-u, ularning talqinini berish bilan cheklanmoqda. Bu esa o‘quvchi nutqining rivojlanishida hech qanday ahamiyatga ega emas. Chunki ma’lumot mazmunining ilmiylashuvi, nazariylashuvi va maydalashuvi bolalarni fandan bezdiradi: amaliyotdan yiroq, murakkab nazariy bilimlarni o‘zlashtirishning qiyinligi o‘quvchilarda shu fanga nisbatan salbiy munosabat va o‘zlashtira olmaslik xavfini tug‘diradi. Ko‘r-ko‘rona vaqtincha o‘zlashtirilib, tez orada xotiradan ko‘tariladigan bilimlar esa, besamara faoliyat bo‘lib, u o‘quvchilarda o‘qishga nisbatan salbiy ruhiy munosabatni vujudga kaltiradi, ulami o‘qishdan bezdiradi. Eng asosiysi bolalarning lug‘at boyligini oshirishdek foydali amaliy ishlar grammatik talqinlar soyasida qolib ketadi. Jumladan, tilshunos olim B.Mengliyev ona tili ta’limi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirar ekan, o‘quvchilarga son-sanoqsiz qoidalarni yod oldirishimiz, gaplarni ipidan ignasigacha tahlil qildirishimiz bu esa o‘quvchinig og‘zaki va yozma nutqiga qay darajada ta’sir etish haqida o‘ylab ham ko‘rmaymiz deya kuyinib gapirarkan yana shunday misollarni keltiradi: “Bolalarimizning nutqida tutilish, duduqlanish, “anaqa”, “haligi”, “nima desamikin” va h.k kabilarni har ikki so‘z orasida xuddi bog‘lama sifatida qo‘llashlari va bundan hijolat ham bo‘lmasliklari haqida gapirib, buning sababini shunday ko‘rsatadi: “…ona tili predmeti to‘la-to‘kis tilshunoslik faniga aylanib bo‘ldi. O‘qituvchi ham, o‘quvchi ham, ota-onalar ham ona tili ta’limi deganda tilshunoslik qoidalarini yodlash va ularga doir mashq va topshiriqlarni bajarishdan boshqa narsani tasavvur qila olmaydigan bo‘lib qoldi. Birinchi planda turishi kerak bo‘lgan og‘zaki va yozma nutq bo‘yicha savodxonlik, nutq va muloqot madaniyati, boy so‘z zaxirasi, notiqlik eng oxirgi o‘rinlarga tushib ketdi”12.
Tilshunos olimning yuqoridagi fikrlari qanchalik to‘g‘ri va achinarli. Keyingi yillarda o‘zbek tilidan tuzilgan dasturlarda “Nutq o‘stirish” bo‘limi ajratilgan. Unga maxsus soatlar berilgan. Lekigin dars jarayonida lug‘atlar bilan ishlamaslik, so‘zlarning izohini bilmaslik o‘quvchilrni na so‘z boyligini, na savod darajasini oshiradi. Bugungi kunda chuqur mushohada yurituvchu, mustaqil va mantiqiy fikrlovchi o‘quvchi yoshlarni tarbiyalashimizda oldimizda turgan muhim vazifalardan biri amaldagi ta’lim tizimidagi grammatik qoidalar va ilmiylikni bartaraf etishdan iboratdir. Bu grammatik bilimlardan to‘la-to‘kis voz kechish degani emas, albatta. Ayni bir masalaga ikki xil yondashuv usuli va uning samarasini ko‘rib o‘taylik:
1. Grammatik, ilmiy. Gap ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol, undalma, kiritma kabi tarkibiy qisimlarga ajratiladi va tahlil qilinadi. Bu usul bolalarda tayyor nutqni parchalash va uni chaynash, maktab amaliyoti uchun keraksiz bilimlami ajratishga mo‘ljallangan. Shu bilan birga bolada faqatgina nazariy bilimlarni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirishga yo‘naltirilgan.
2. Amaliy - ijodiy usul. Bu usul ona tilida «gapni kengaytirish» usuli deb yuritiladi. Gapni kengaytirish ham o‘z navbatida 2 turga bo‘linadi:
Gapni vertikal kengaytirishda berilgan gapdagi har bir so‘zga ma’nodoshlar, uyadoshlar topilib pastga qarab ustuncha shaklida kengaytiriladi. Bunda o‘quvchi mustaqil, ijodiy fikrlaydi, so‘z izlaydi, so‘z topadi va nihoyat ana shu so‘zlarni o‘z nutqida to‘g‘ri va o‘rinli qo‘liash uchun so‘z tanlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi. bu jarayonda o‘quvchi lug‘atlar bilan ishlaydi, mehnat samarasi sifatida ijodiy yaratiq yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |