Gapni kengaytirish usullari:
So‘zga ma’nodoshlar topib gapni kengaytirish va ixchamlash.
Do‘stim
|
bugun
|
xursand
|
edi.
|
o‘rtog‘ im
|
|
Xushnud
|
|
dugonam
|
|
shod-xurram
|
|
jo‘ram
|
|
Baxtiyor
|
|
Oshnam
|
|
vaqti chog‘
|
|
Birodarim
|
|
kayfi chog‘
|
|
qadrdonim
|
|
dimog‘ i chog‘ …….
|
……
|
Ushbu ma’nodosh so‘zlarning qo‘llanilish darajasi, nutq uslublari bilan bog‘liqlik jihatlari, ijobiy, salbiy bo‘yoqdorligi ya’ni stilistikasi yuzasidan ko‘nikma va malaka esa mashg‘ulot davomida “O‘zbek tilining sinonimlar lug‘ati” bilan ishlash jarayonida shakllanadi va takomillashib boradi.
Kesimdan savol berib gapni kengaytirish va ixchamlash.
Yozdim
|
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
yozdim
|
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
yozdim
|
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
inshoni
|
yozdim
|
|
|
|
|
Men
|
bugun
|
adabiyot
|
fanidan
|
inshoni
|
Yozdim
|
|
|
Men
|
bugun
|
adabiyot
|
fanidan
|
komillik
|
haqida
|
inshoni
|
yozdim….
|
Bu topshiriqiarni bajarishda bola yangi jumlasi uchun eng to‘g‘ ri, eng nafis, eng joiz so‘zni o‘zi mustaqil tanlaydi va asosiy mazmunni saqlagan holda yangi, o‘zining mustaqil fikri asosida shakllantirilgan “gapi”ni quradi. Bu jarayon bola uchun juda jiddiy va qiziqarli. Chunki bu yerda bolaning so‘z tanlash qobiliyati rivojlanadi va takomillashadi.
Ikkinchi usul «Gapni gorizontal kengaytirsh va ixchamlash» deb ataladi. Bu jarayon kesimdan savol berib gapni kengaytirish orqali amalga oshlriladi.
Navbatdagi bosqichlarda o‘quvchiiar har bir kengaytirilgan bo‘laklarning o‘zini kengaytirish, boshqa so‘zlar bilan almashtirish orqali ham gap bo‘laklari haqida ma’lumot hosil qilishlari, ham so‘z boyliklarini oshirishlari hamda ravon nutq malakaiarini hosil qilishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, maqsad grammatik ma’lumotlarni ona tili mashg‘ulotlaridan chiqarib tashlash emas, balki uni nutq o‘stirishga, o‘quvchi nutqida to‘g‘ri va ravon qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirih va rivojlantirishga xizmat qildirishdan iboratdir.
Yuqoridagilarni amalga oshirishda yuzaga keladigan metodik qiyinchiliklar. O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga mone’lik qilayotgan omillardan yana biri ko‘p hollarda ona tili mashg‘ulotlarida ta’lim metodi, usuli va vositalarining noto‘g‘ri tanlanganligidir. Ma’lumki, ta’lim jarayonida hamon o‘qitishning deduktiv usuli o‘z hukmronligini saqlab kelmoqda. O‘qitishning bu usulida o‘quvchi faqatgina tinglovchi nari borsa, o‘qituvchining ko‘rsatmalari asosida harakat qiluvchi, berilgan andozaga qarab, faoilyat ko‘rsatuvchi shaxsga aylanib qoladi. Til materiallarini berishning bu deduktiv (qoidadan tahlilga, umumiylikdan xususiylikka) usuli o‘quvchini faollashtirishni qiyinlashtiradi, uni ta’lim jarayonining tinglovchisiga aylantirib qo‘yadi. Chunki umumiy qoida, xulosa, ta’rif va talqinlardan amaliy ishga o‘tish jarayonida o‘quvchining fikrlash faoliyati chegaralanadi. U o‘rganilayotgan til hodisalarini o‘z aqliy faoliyati jarayonidan o‘tkaza olmaydi. O‘quvchi o‘ylamaydi, o‘zi hodisalarni kuzatib, hukm va xulosa chiqarishni o‘rganmaydi; tayyor qoidani qabul qiladi, singmagan qoidani bir-ikki mashg‘ulotda baholi qudrat amalda qo‘llaydi va navbatdagi mashg‘ulotga o‘tgach, o‘zida singmagan tushunchani batamom unutadi.
Shuni unutmaslik lozimki, ona tili mashg‘ulotlarida bolaning ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda xulosalar chiqarishiga ko‘makiashadigan so‘zlarni kuzatish, qiyoslash, guruhlash, umumlashtirish kabi aqliy faoliyat usullaridan foydalanilmas ekan, ta’lim samaradorligiga umid bog‘lash qiyin.
Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi o‘zi mustaqil izlanib, qoida va xulosalar hosil qilmas ekan, bu qoida va xulosalarning o‘quvchiga hech qanday foydali jihati yo‘q. Shuning uchun mashg‘ulotlarni deduktiv (umumiylikdan xususiylikka) emas aksincha induktiv (xususiylikdan umumiylikka) usulida amalga oshirish zarur. bunda o‘quvchiga o‘xshash hodisalar berilib, undan o‘xshash hodisalardagi umumiylikni ajratish va hodisalar sirasini davorn ettirish talab etilsa (“Venn diagrammasi”, “T-chizmasi”, “Klaster” tarmoqlash va h.k) samara tamoman boshqacha bo‘ladi. Birinchidan, umumiylikni hosil qilishda bolaning mehnati singadi: hosil qilingan umumiylik bolaning faoliyat samarasiga aylanadi (o‘ylaydi, izlanadi, farqlaydi, xulosa chiqaradi). Shuning uchun bu umumiylik o‘quvchining shaxsiy mulki sifatida abadiy uniki bo‘ladi va unutilmaydi. Berilgan hodisalarni davom ettirish talabi esa hosil qilingan umumiylikni amaliy tatbiq bilan mustahkamlaydi. Umumiylikning xususiy voqealanishi cheksiz bo‘lganligi sababli, bunday faoliyat o‘quvchini doimiy shakllanishga, rivojlanishga undaydi.
O‘quvchining ona tili va adabiyot fanidan samarali ta’lim olishlari va ularning so‘z biyligini oshirishda ularning intellektiga ham alohida e’tibor qaratish yuqori natijani ta’minlaydi. Bunda konstruktivizm nazariyasiga amal qilish ya’ni konstruktivist o‘qituvchi bo‘lish lozim. Biz o‘quvchilarimizga bilimni yodda saqlashni emas, balki olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish va hayotlari davomida samarali foydalanishga o‘rgatishimiz, yo‘naltirishimiz lozim.
Adabiyotlar:
Ne'matov.H., Gulomov A., Ziyodova T. Hozirgl olzbek adabiy tilini o‘rganishda o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish. – Toshkent: «Xalq merosi», 2002.
Ғуломов А., Шукуров А. Она тилидан ўқувчиларнинг мустақил ишларини ташкил этиш. – Т.: «Ўқитувчи»,1989.
3. Ғуломов А., Неъматов Ҳ. Она тилидан таълим мазмунини янгилашнинг асосий йўналишлари. – Т.: «Ўқитувчи», 1992.
4. Зиядова Т. Сўзи бойнииг – ўзи бой. Она тили ўқитувчилари учун ўқув-методик қўлланма. – Тошкент, РТМ,1994, 60 бет.
5. Зиядова Т. Дунёни сўз бошқаради. Она тили ўқитувчилари учун ўқув -методик қўлланма. – Гулистон, 1995.
6. Зиядова Т. Ўқувчиларнинг ижодий-нутқий фаолиятларини ривожлантириш омиллари. «Таълим жараёнида нутқ маданиятини шакллантириш масалалари», ЎТДА 5-йиғилиши тезислари. – Т., 1999,74-77 бетлар.
7. Зиядова Т. Мукаммал нутқ . Касб-ҳунар таълими журнали. – Т., 2001, №4.
Do'stlaringiz bilan baham: |