Respublihasi


k-§. Elektr mashinalarni ta’mirlashga tayyorlash



Download 8,03 Mb.
bet31/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

3k-§. Elektr mashinalarni ta’mirlashga tayyorlash


Elektr mashinalarni qismlarga ajratishdan ilgari tozalash. Elektr mashinalar elektrovozlarni ta'mirlash sexida tarkib tagidan chiqaril- gandan so‘ng, uning tashqi qismini maxsus yuvish mashinasida harorati 80˚C 0,4 Pa (4 kg/sm2) suv bosimi yordamida yuviladi. Bunda motorlarning ochiq joylari ichiga suv kirmaydigan qilib yopiladi va ichiga 5 atm havo bosimi uzatilib turiladi. 63-rasmda mashinaning tashqi qismini yuvish uskunasi ko‘rsatilgan. Bu uskuna yuvish kamerasidan iborat bo‘lib, unda suv baki va bug‘ isitgich, 30—50 m3/soat quvvatli suv nasosi va 10 kW li elektr dvigateli bor. Tayyorlab qo‘yilgan elektr mashinaning uskunasi kran yordamida ramasiga mahkamlanib, uskunaning qopqog‘ini yopib, suv forsunkalari ochiladi. Aylanish tezligi 0,3 ayl/min bo‘lib, mashinaning tashqi qismini yuva boshlaydi, oqib tushgan suv filtr orqali bakka tushadi. Elektr mashinalarni qismlarga ajratish- dan ilgari quruq 3 atm havo bosimi yordamida tozalanib, havo
138

6S-rasm. Elektr motorlarning tashqi qismini yuvish uskunasi:


1 — issiq suv baki; 2 — filtr; S — elektr nasos; 4 — kamera;
5 — tozalovchi elektr dvigatel; 6 — havo shlangi; 7 — motorni osib qo‘yish uskunasi; 8 — havo so‘rish ventilatsiyasi; 9 — yuvish tizimi; 10 — pnevmatik uzatmasi; 11 — uskunaning karkasi; 12 — rama

so‘rg‘ichdan filtr yordamida havo tozalanadi. Elektr mashina va uning qismlari tozalash uskunasi ichiga elektr yuritmali aravada (telejkada) olib kiriladi. Arava ustida pedal yordamida aylana-


139

64-rasm. Tortuv motorlarni qismlarga ajratish uskunasi:
1 — perekluchateli; 2 — gidravlik silindri; S — elektr motorining travers tarafidagi suyanchig‘i; 5 — o‘qqa o‘rnatish tarafidagi suyanchig‘i; 6 — elektr motorni aylantirish reduktori; 7 — ramasi.
digan stoli bo‘lib, u 2 ayl/min tezligi bilan aylanadi. Bu uskunada 1 soat davomida to‘rtta elektr mashinasi yuviladi va tozalanadi.
Tortuv motorlarni qismlarga ajratishda 10 t li ko‘prik kranidan foydalaniladi. Motorni gorizontal ravishda o‘rnatib, undan buksa, lyuklari, setkasi, qopqog‘i, sim qutilarini, cho‘tkalari va boshqa detallari olinadi. Ko‘ng motor kollektorini tepaga qilib, podshipnik qopqog‘i, cheklash halqasi va shaybasi olinadi. Keyin motor kol- lektorini pastga qilib, podshipnik shitining boltlari bo‘shatiladi va gidravlik domkrat yordamida podshipnik shiti chiqarib olinadi. Ko‘ng kollektorni tepaga qilib, uning o‘qiga rim bolt o‘rnatib, kran yor- damida kollektorni tik tortib chiqariladi. Bundan oldin simlari bo‘shatilib, cho‘tkalari olinadi, boltlarini bo‘shatib, ostovidan vertikal tarzda kran yordamida chiqariladi, so‘ng ostovini turgan joyida katta boltlari bo‘shatilib, g‘altaklari qobig‘i bilan bo‘shatib olinadi. Mehnat unumdorligini oshirish uchun bu ishlar korxonada maxsus uskunalarda va konveyerlarda bajariladi.
Tortuv mashinalarni qismlarga ajratish uskunasi 64-rasmda ko‘rsatilgan. Bunda uskuna ramasi, orqa qismidan gidravlika yordamida ishlaydigan va oldingi qismi reduktori bilan ko‘rsatilgan. Tortuv motorini kran yordamida ko‘tarib, motorli-o‘q podshipnik o‘rnatadigan joyi bilan oldingi qismiga tirab, so‘ng orqa qismi ishga tushiriladi va orqa traversiga 750 kg kuch bilan siqib qo‘yiladi.

140


65-rasm. Elektr motorlar joyini almashtirish va qismlarga ajratish konveyeri:
1 — motorlarni o‘rnatish o‘rni; 2 — tortuv motor; S — saqlovchi uskuna; 4
— stol; 5 — chap tarafdagi stol; 6 — kuch silindri; 7 — podshipnik; 8 — aravacha; 9 — o‘rtadagi stol; 10 — poydevori;
11 — balka; 12 — konveyer ramasi.

Elektr dvigatel (1,7 kW) ni reduktor orqali xohlagan burchakka 2,2 ayl/min tezligi bilan ishlatish mumkin.


65-rasmda tortuv motorlarni qismlarga ajratish konveyeri ko‘rsatilgan. U rama va suyanchiq balkalaridan iborat bo‘lib, to‘rtta aylanadigan stoli, aravali gidravlik silindr, saqlagich uskunasi va boshqarish apparatlari bor. Konveyerda boltlarni buraydigan uskunasi kran-balkali, havo yordamida ishlaydigan gayka buragichlari, elektr induksion syomnigi va bosh qutblarni surish uchun qurilmasi bor.
Tortuv motorini I pozitsiyaga (67-rasm) gorizontal tarzda o‘rnatib, qo‘l bilan bajaradigan ishlarni tamomlab, II pozitsiyaga motor o‘tkaziladi, bunda kollektor tarafini pastga qilib o‘rnatiladi, so‘ng podshipnikning shiti va yakori olinadi. Bo‘sh qolgan ostovini III pozitsiyadan IV pozitsiya stoliga vertikal ravishda o‘rnatib, kichik podshipnik shitlari bo‘shatiladi, cho‘tka ushlagichlari, g‘altak o‘zaklari va qobiqlari olinadi.
Konveyer gidravlik uzatmasi nasosining elektr motori 10 kW quvvatga ega, 70 l/min hajmdagi suyuqlikni 6500 Pa (65 kg/sm2) bosim ostida haydaydi.
G‘altak o‘zaklari (qobig‘idan) va yakor podshipniklarini shitidan press yordamida chiqariladi. Podshipniklarni bo‘shatish paytida kuchni roliklariga emas halqasiga uzatiladi.
141
Tarkibning yordamchi elektr mashinalarini qismlarga ajratish xuddi katta elektr mashinalarni qismlarga ajratishga o‘xshaydi. Bunda qismlarga ajratish (67-rasm), ularni yig‘ish va ta'mirlash vaqtida undan foydalansa bo‘ladi.
Detal va qismlarni tozalash. Elektr motorlarning qora metall- dan ishlangan qism va detallarini kir yuvish mashinalarida yuviladi. Rangli metall, aluminiy qotishmalari, rezinali va qoplama detallari alohida tozalanadi. Motorning ostovi, podshipnik shitlari, buksa va boshqa detallarini panjarali temir qutiga solib, kran yordamida yuvish kamerasiga kiritiladi, so‘ng uni 3,5 ayl/min tezligida 0,9 atm havo bosimi ostida yuviladi. Qismlarni yuvish suvida 5—10% ka- ustik sodasi yoki 2—3% pasta, uni qismida 25% petrolatum, 30% kaustik sodasi va 45% yog‘ chiqindilari bor.
Yuvish mashinasining quvvati motorlarning 2 ta ostovini detal va qismlari bilan 1 soat davomida bajaradi. Unda yuvish rastvori uchun maxsus bak va suv, filtri, issiq almashish uskunasi, nasos va havo tortish uskunasi bilan jihozlangan.
Metallardan yasalgan detallarni tozalash uchun gidroabraziv uskunasi bor, ularni ishlash prinsipi pulverizatorga yoki elektr nasosiga (tortib) o‘xshab ishlaydi. Kiqilgan havo forsunkadan havo almashtirish kamerasiga o‘tadi va kamerada vakuum hosil qilib, quvur yordamida bakdan suspenziyani tortadi hamda havo bilan aralashtirib, soplo yordamida tozalanadigan yuzaga bosim ostida sochadi, shuning hisobiga detal yuzidagi kirlar ko‘chib tozalanadi. Tozalangan detallarning usti zanglamasligi uchun ularning ustini 1,5% li harorati 80˚C li nitrat rastvoriga 1% kalsiy aralashmali soda qo‘shib sepiladi.
Juda ko‘p kir bilan qoplangan detal yuzalari qum yoki qumtosh yordamida tozalanadi. Bu yo‘l bilan detallarni tozalash xuddi kvars qumi yordamida tozalashga o‘xshaydi va qumni 35—80% tejashga olib keladi.
Yakorning podshipnigini tozalash uchun avtomat uskunasi- dan foydalaniladi. Podshipniklari qatorasiga o‘z o‘qi atrofida aylanib, bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga o‘tish davrida ularga aylana stol ustida forsunkadan kichik bosim ostida sodali suv sepilib, so‘ng issiq suv bilan yuviladi va quritiladi. Zaxiraga qo‘yiladigan podshipniklar ustiga YTB yog‘i (1—13) surtib qo‘yiladi.
142
Yakor, kronshteynlar, cho‘tka ushlagichlar, qobiq o‘zaklari, aylana qobiqlarini tozalashda va ularni yuvishda sochli temir cho‘tkalardan foydalaniladi. Ayniqsa, aylana qobiqlarini yuvishda teshiklarining tozaligiga katta ahamiyat beriladi. Chunki yakor aylanganda bu teshiklardan havo o‘tib turishi shart, agar havo o‘tmasdan qolsa, unda yakor qizib ketishi va motorlar butunlay ishdan chiqishi ham mumkin.
Yakor va g‘altaklarning ustini maxsus eritmada ho‘llab, toza qilib artiladi. Qo‘lda artish ancha mehnatni talab qiladi, ayniqsa, kerosin yoki benzin yordamida artilsa, o‘t olish xavfi bor. Khuning uchun eng to‘g‘ri yo‘li ularni yuvish kameralarida suvga 25% li eritmalar qo‘shib, 80˚C haroratda yuviladi va so‘ng quritiladi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish