15-mavzu. Gazlarni changdan tozalash. Tozalash darajasi. Tozalash usullari
Reja:
1. Sanoat gazlarini tozalash usullari. Chang cho‘ktirish kamerasi
2. Chang chщltirish kameralari, inersion chan ushlagichlar, siklonlarning konstruksiyalari.
3. Batareyali siklonlar. Siklonlarning joylashtirish variantlari.
Tarkibida qattiq zarrachalar yoki suyuqlik tomchilari bo‘lgan sanoat gazlari qo‘yidagi usullar bilan tozalanadi (1.1-rasm): a) markazdan qochma kuchlar ta'sirida tindirish; b) og‘irlik kuchi ta'sirida tindirish; v) gazlarni yuvish (namlab tozalash deb ham yuritiladi); g) fil'trlash; d) elektr kuchlari ta'sirida tozalash.
Og‘irlik kuchi ta'sirida tindirish, ichida gazning yo‘nalishi va tezligi o‘zgaradigan, davriy yoki uzluksiz ishlaydigan uskunalarda amalga oshiriladi. Bunday uskunalarga oddiy tindirgich va tindirish kamerasi (1.2-rasm) misol bo‘la oladi.
Tindirish kamerasida qattiq zarrachalar bir-biridan 40-100 mm masofada joylashtirilgan polkalar ustida cho‘kadi. Gazning qattiq zarrachalarning cho‘kishini ta'minlaydigan tezligi klapanlar yordamida sozlanadi. Toza gaz qaytarish to‘sig‘ini aylanib o‘tib kameradan chiqib ketadi.
Inersion ajratgichlar
Inersion chang ushlagichlarda tozalash darajasini oshirish uchun og‘irlik kuchidan tashqari inersion kuchlardan ham foydalaniladi. Bunday holatda qurilmaning o‘lchami ancha kamayadi.
2.1-rasmda eng oddiy inersion chang ushlagichning sxemasi
ko‘rsatilgan. Inersion chang ushlagichning ishlash prinsipi
quyidagidan iborat: changli gaz oqimi yo‘nalishining birdan
o‘zgarishi paytida, qattiq zarrachalarning zichligi havo zichligiga
nisbatan taxminan 1000 marotaba katta bo‘lganligi sababli,
zarrachalar o‘z inersiyasi bilan oldingi yo‘nalishda harakatini
davom ettirib, gazdan ajralgandan so‘ng, chang yig‘gichga tushadi,
tozalangan gaz oqimi esa qurilmadan tashqariga chiqib ketadi.
2.1-rasm. Inersion chang ushlagichlar:
a - markaziy qismdan gaz beriladi; b - yon tomondan gaz beriladi; v - qaytaruvchi to‘siqli; g - gaz oqiminiig yo‘nalishi o‘zgaradi.
2.1- a va b rasmlarda ko‘rsatilgan chang tutgichlarni changli qoplar deb ham yuritiladi. Uning ishlashi juda oddiy bo‘lib, changli gaz kirish patrubkasi orqali pastga qarab harakatlanadi, so‘ngra gaz birdaniga yuqoriga buriladi, bunda chang gaz oqimidan ajralib, qurilmaning pastki qismiga tushadi. Masalan, tarkibida diametri 30 mkmdan katta zarrachalarni ushlagan changli gazni tozalashga mo‘ljallangan changli qopning ajratish darajasi 65-7-85 % ni tashkil etadi. Gazning kirish patrubkasidagi tezligi taxminan 10 m/s qurilmaning silindrsimon qismida esa 1 m/s ga teng bo‘ladi. Bunday chang tutgichning gidravlik qarshiligi 150 - 390 Pa.
Qaytaruvchi to‘siqli chang tutgichning (2.1-rasm, v) samaradorligi changli qoplarnikiga nisbatan kam, qurilmaning gidravlik qarshiligi ham ancha kichik. 2.1-g rasmda ko‘rsatilgan chang tutgichni ishlatish qulay bo‘lib, ularni to‘gridan to‘gri gaz trubalariga joylashtirish mumkin, bunda gaz o‘tadigan trubalarning diametri 2 m dan kam bo‘lmasligi kerak.
Tindirish kamerasini hisoblash uchun gazning sarfi, tindirish (cho‘kish) tezligi va kameraning o‘lchamlari orasidagi bog‘liqlikni o‘rnatish kerak bo‘ladi. Buning uchun to‘g‘ri burchakli uskunani qaraymiz. Zarrachalarning cho‘kishi uchun ularning kamerada bo‘lish vaqti τb cho‘kish vaqti τt dan katta yoki teng bo‘lishi kerak:
τб=l/w; τт=H/wт (2.1)
Bu tenglamalarda w - gazning tezligi, m/s; wt - cho‘kish tezligi, m/s; H - uskunaning balandligi, m; l - kameraning uzunligi.
Eng kamida qo‘yidagi shart bajarilsagina zarracha cho‘kib ulgurishi mumkin:
τб=τт ёки l/w=H/wт (2.2)
Gazning tezligini hajmiy sarf orqali quyidagicha ifodalash mumkin:
w=V/(b∙H), унда lbH/V= H/wт ёки V=wтlb
bu yerda V - hajmiy sarf; b - kameraning eni.
Yuqorida keltirilgan tenglamalardagi lb ko‘paytma tindirish yuzasini (maydonini) beradi:
lb=Ғт
Demak tindirishning unumdorligi uning balandligiga bog‘liq emas va cho‘kish tezligi bilan tindirish yuzasining ko‘paytmasiga teng:
V=wтFт
Do'stlaringiz bilan baham: |