33-§. Ostov, buksa va podshipnik shitlarini ta’mirlash
Ostovni tekshirish vaqtida darz ketgan joylarini bo‘r bilan belgilab qo‘yiladi. Buksa korpusining ichiga kerosin quyib tekshirish eng oson yo‘l hisoblanadi. Kerosin oqib chiqmasa, u butun hisoblanadi. Ostov og‘zining diametri maxsus o‘lchov as- boblari yordamida tekshiriladi va motorli o‘q podshipniklari o‘tiradigan joyi, shitlarining diametri, buksa pazlari, yon taraf shitlari, burtlari va sirg‘aluvchi podshipniklar o‘rnatiladigan joylari, ostovining og‘zi va buksalarning jag‘i o‘lchanadi.
Bundan tashqari, ostovining darz ketgan joylariga ishlov berilib, o‘zgarmas tok yordamida YOHN—13/15 (diametri 4—5 mm) elektrodlar yordamida payvandlanadi. Agar payvandlash yo‘li bilan ostovining og‘zini ta'mirlab bo‘lmasa, unda uni 66-rasmda ko‘rsatilgan aravachaga o‘rnatilib, elektr naplavka yordamida ta'mirlanadi. Bunda ostovining yeyilgan joylariga OMM-5 yoki ЦM-7 (diametri 5—6 mm) elektrodlar ishlatiladi. Cho‘yandan ishlangan detallarni payvandlash uchun o‘zgarmas tokdan va temir- misli elektrodlardan foydalaniladi. Cho‘yanli detallarning darz ketgan joylari V tarzda ishlov berilib, so‘ng payvandlanadi.
Ostovi va buksaning og‘zi o‘zgarmas tokda avtomatik ravishda flus uzatilib, maxsus uskunada naplavka qilinadi (67-rasm), u naplavka qiladigan apparat bilan TA-763 dan iborat bo‘lib, shkafdan turib boshqariladi. Unda manipulator YCM-5000 planshaybasi va payvandlash MC-500 preobrazovateli bor. Bu uskuna birato‘- la ikki elektrod, diametri 2 mm li bo‘lib, podshipniklar o‘tiradi-
143
66-rasm. Elektr motorlarni siljitish-payvandlash aravasi:
1 — rolikli suyanchig‘i; 2 — almashish halqasi; S — ostov; 4 — siljitgich reduktor; 5 — siljitgichning elektr dvigateli; 6 — arava; 7 — aravaning elektr dvigateli va reduktori.
67-rasm. Tortuv motorlarni flus ostida payvandlash uskunasi:
1 — payvandlash apparati; 2 — shtanga mexanizmi; S — sozlash mexanizmi; 4 — payvandlash simini uzatish; 5 — oboyma; 6 — boshqarish pulti; 7 — ustun; 8 — vertikal oboyma; 9 — aravacha; 10 — flus quti; 11 — motor ostov; 12 — manipulator; 1S — planshayba; 14 — aylanadigan stol; 15 — tumba; 16 — shkaf.
144
gan joyni naplavka qili- nadi. Ostovini va podship- niklar o‘rnatiladigan dia- metri maxsus asboblar yordamida ularni parallel joylanishi tekshiriladi.
Khitlarining og‘zi (dia- metri) OMM-5 yoki ЦM—7 elektrodlar yor- damida avtomatdan foy- dalangan holda naplavka qilinib, so‘ng uni usku- nada yo‘niladi. 67-rasm-
rasm. Podshipnik diametrini o‘lchash uslubi: Ta'mirdan chiqqan dvigatel ostovi va boshqa qismlarini siqilgan havo yordamida tozalab artib, ichki qismini FФ-9-X elektr emali bilan bo‘yab qo‘yiladi. Elektr mashinalarning tashqi qismi esa to‘liq yig‘ib so‘ng bo‘yaladi.
da podshipnik shitini flus ostida naplavka qilish jarayoni ko‘rsa- tilgan. Bunda metallni naplavka qilish uchun diametri 4 mm li sim ishlatiladi.
68-rasmda ostoviga podshipnik shiti to‘g‘ri kelishini o‘lchash jarayoni ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |