Respublihasi


-§. 5P1, 5Pk va 5P9 elektr poyezdlar juft g‘ildiraklarini reduktori bilan ta’mirlash



Download 8,03 Mb.
bet29/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

30-§. 5P1, 5Pk va 5P9 elektr poyezdlar juft g‘ildiraklarini reduktori bilan ta’mirlash


Juft g‘ildiraklar reduktori bilan asosiy qism (57, 58-rasmlar) hisoblanadi va ularni ta'mirlash birmuncha og‘ir, shuning uchun korxonada har ikkala juft g‘ildiraklarning gupchagi o‘qdan ajratiladi. Reduktorning hamma detallari: o‘rta qismidagi podshipniklari, korpusi kulachokli muftasi, tishli g‘ildiragi o‘qi bilan to‘liq qismlarga ajratiladi va ta'mirlanadi. Asosiy qismlarni ta'mirlashga qo‘yiladigan talab (o‘qi, gupchagi va to‘g‘inlari) xuddi elektrovoz juft g‘ildiraklari ta'mirlanishiga o‘xshaydi, ta'mirlash ishlari ЦT-2306 yo‘riqnomasi bo‘yicha o‘tkaziladi.
30.1. O‘rta qismidagi podshipnik uzelini ta’mirlash. Reduk- tor korpusi tashqi qismining urilgan joylari silliqlash mashinasi yordamida tekislanadi. Agar korpusi darz ketgan bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi. Labirintli qopqog‘i shaber yordamida ortiqcha metall o‘simtalari, qirilgan joylari, chuqurligi 0,5 mm dan ko‘p bo‘lmagan joylari tekislanadi. Podshipnik vtulkasi tozalanib, silliqlash yo‘li bilan oval va konus shaklidagi yeyilishi 0,08 mm dan oshmasligi va xrom qoplash yo‘li bilan ta'mirlanadi.
30.k. Tishli g‘ildirak o‘qini ta’mirlash. O‘qi ajratilgandan so‘ng tozalanadi va hamma o‘lchovlari shtangensirkul, indikator hamda konusli kalibrlar bilan o‘lchanadi. Podshipnik o‘tiradigan joyining
diametri 900,023 mm, ovali va konus shaklidagi yeyilishi 0,015— 0,02 mm dan oshmasligi kerak. O‘qida darz ketish va boshqa

57-rasm. Reduktorning korpusi:


1 — korpusining tepa qismi; 2 — past qismi.
132

58-rasm. Juft g‘ildirak reduktori bilan:
1 — podshipnigi; 2 — reduktorning korpusi; S — tishli g‘ildiragi o‘qi bilan.

kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmaydi, mabodo bunday kamchiliklar bo‘lsa, u holda yangisiga almashtiriladi.



    1. Tishli g‘ildirak gardishini ta’mirlash. G‘ildirak gardishi elektr o‘chog‘iga joylanib 186—200˚C haroratda 2 soat davomida qizitiladi va sovitilgandan so‘ng tishlari maxsus dastgohda silliqlanadi, keyin tishining yuqori qismidan 14,6 mm masofada o‘lchanadi va uning qalinligi 16,5 mm ni tashkil qilishi kerak. Gardishining tishlari defektoskop yordamida tekshiriladi va darz ketgan bo‘lsa, yangisiga almashtiriladi.

Bundan tashqari, tishli gardishining kinematik aniqligi, notekis aylana bo‘ylab umumiy uzunlik me'yori 0,075 mm dan oshmasligi kerak. Tishli g‘ildirak gardishining ravon ishlashi uchun asosiy
qadamining noaniqligi bg‘o va aylana bo‘yicha qadami bg‘ tekshiriladi. Asosiy tish qadami uchun ± 0,036 mm va aylana bo‘yicha qadami uchun 0,04 mm noaniqlik bo‘lishi mumkin. Oxirida tishlarning
bir-biri bilan tishlanish uzunligi bo‘yicha tishlashish yuzi 50% va balandligi bo‘yicha 40% ga teng bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tishlarning markaziga nisbatan to‘g‘ri yo‘nalishi ham tekshiriladi.
Ularning to‘g‘ri yo‘nalishga noaniqligi ± 0,0626 mm ni tashkil qiladi. Bu ko‘rsatkichlar maxsus asboblar: normomer, shagomer
va to‘g‘ri yo‘nalishni aniqlaydigan asboblar yordamida tekshiriladi. Yuqoridagi ko‘rsatkichlar E0, bz, bto bt, bvs 8 toifa aniqlik GOKT 1643—86 bo‘yicha olingan.

    1. Reduktor korpusining yuqori qismidagi qopqog‘ini ta’- mirlash. Bunda reduktor yuqori qismidagi teshigining diametri 260 mm gacha metall naplavka qilinib, qopqog‘ini yopadigan joyida diametri 265 mm gacha naplavka qilinib, so‘ng dastgohda ishlov

133


59-rasm. Reduktorni yig‘ish uskunasi:
1 — buksa; 2 — juft g‘ildirak; S — rama; 4 — stoyka;
5 — reduktorning mahkamlanishi; 6 — reduktorning korpusi;
7 — uskunaning oyog‘i.
berib ovali va konusi kamaytiriladi. Qopqog‘ining diametri 110 mm dan 112 mm gacha kattalashtiriladi va uzugi yangi qo‘yiladi. Qopqog‘ining vazelin surilgan joylari emal CBД bo‘yog‘i bilan bo‘yaladi. Emal surilmaydigan joylariga vazelin surtib qo‘yiladi.

    1. Reduktorning korpusini ta’mirlash. Korpusining yuqori va pastki qismi tekshiriladi (61-rasm). Bunda korpusining yuqori va pastki qismining birlashish joylari tozalanadi, notekis bo‘lsa, tekislanadi, notekisligi 0,5 mm dan oshmasligi kerak. Ko‘ng yuqori va pastki qismi yig‘iladi. Korpusidagi diametri 502 mm bo‘lgan teshigi kattalashtirilib, konduktor yordamida diametri 496 mm gacha metall naplavka qilinadi, keyin dastgohda ishlov berilib, xohlagan diametrgacha kattalashtiriladi, so‘ng uning ovali va konus bo‘yicha yeyilishi kamaytiriladi, bunda kichik teshiklar masofa

orasi 75 mm va katta diametri 500 dan 535 ± 0,5 mm gacha kat- talashtiriladi, keyin vtulkaga ШC-40 podshipnigi va ikkita halqasi
mahkamlab qo‘yiladi. Reduktor korpusining tashqi qismi egovla- nadi, tekislanadi va ichki qismi tozalangandan so‘ng yig‘iladi. Podshipniklari 50—60˚C haroratda 4—6 soat davomida quritiladi va maxsus uskunalarda (59-rasm) reduktori yig‘iladi.
Juft g‘ildiraklar, reduktor va muftalar ta'mirlangandan so‘ng maxsus uskunada chiniqtiriladi.

    1. Tishli g‘ildirakning ishlash chidamliligini oshirish. Olimlarning xulosalariga ko‘ra, g‘ildirak tishlari asosan ma'lum darajada metall qattiqligining kamligi va shakli aniq ishlanmagan- ligi tufayli tez sinadi.

134


Tishli g‘ildiraklarning ish- lash muddatini oshirish uchun amalda uglerodli po‘- latdan nihoyat qattiq po‘latga (лeFиpobaниe) o‘tildi va bir vaqtda tishlanish burchagi 15˚ dan 20˚ gacha o‘zgartirildi. Bu bilan tishlarning ishlash mud- datini birmuncha oshirishga erishildi (60-rasm).

60-rasm. Tishli g‘ildiraklarning tash- qi qismini toblash:


1 — tishning toblangani; 2 — tishning toblanmagan qismi.

Podshipniklar bo‘shatilib, yuvish mashinasida, 90—100˚C haroratli kerosin vannasida, so‘ng 80—90˚C toza suvda 30 daqiqa davomida yuviladi, quritilib kerosinli vannaga 6—8% transfor- mator yog‘i quyiladi, so‘ng salfetka yordamida artiladi.
Gupchakning qolgan detallari 3—5% kaustik soda suv eritma- sida qaynatilib, so‘ng sovunli suvda yuvilib tozalanadi va salfetka bilan artiladi. Rolikli podshipniklarning tashqi va ichki halqalari, seperatori obdan tekshirilib, zaklepkalariga ahamiyat beriladi.

    1. Juft g‘ildiraklar gupchagini ta’mirlash. Juft g‘ildirak- larni ta'mirlash vaqtida, albatta, ularning gupchaklari ЦT-2361 yo‘riqnomasi asosida to‘liq tekshiriladi. Bunda gupchak to‘liq qismlarga ajratiladi, tekshiriladi va ta'mirlanadi.

Gupchakning korpusi o‘qdan tushiriladi va uning ichidan oraliq saqlaydigan halqasi olinadi, so‘ng gupchak korpusining ichidan yoysimon podshipnik, tashqi va ichki halqalari olinadi. Podshipnikning o‘qida o‘tirgan ichki halqasi induksion elektr isitgichi yordamida qisqa vaqt ichida qizdirilib, so‘ng bo‘shatilib olinadi. Agar induksion qizdirgich (61-rasm) ko‘proq vaqt ushlab turilsa, g‘ildirak o‘qi ham qizib, halqasini bo‘shatib olish qiyinlashadi yoki umuman olib bo‘lmaydi.

    1. Silindrli rolikli podshipniklarni ta’mirlash. Bu podship- niklar ikki yo‘l bilan ta'mirlanadi: roliklar saralanmasdan va saralanib. Birinchi yo‘l roliklarni saralamasdan podshipnikning o‘qqa o‘rnatiladigan ichki vtulkasi va separatori ayrim zaklepkalarini almashtirish tarzida amalga oshiriladi. Agar qolgan elementlarini ta'mirlashga va almashtirishga ehtiyoji bo‘lmasa, shunday qilish kerak. Keparatorni mahkamlash maxsus uskunada press yorda- mida bajariladi.

135



61- rasm. Induksion qizdirgichning tuzilishi:


1 — g‘altak; 2 — magnit o‘tkazuvchi paket; S — o‘q;
4 — induktorning korpusi; 5 — kabel.
Ikkinchi yo‘l roliklarda podshipnikning tashqi halqasi lat yegan, darz ketgan, o‘yilib qolgan, qizib ketgan, separatorlar buzilgan va roliklar halqa ichida aylanganda notekis yo‘l paydo bo‘lishi sezilgan taqdirda amalga oshirilishi lozim. Bunday holatda podshipniklar to‘la qismlarga ajratiladi va maxsus asbob minimetr yordamida roliklar diametri o‘rtasidan va ikki chetidan 10—15 mm masofada o‘lchanadi. Bir xil komplektli podshipnikdagi roliklar diametrining farqi 10  dan oshmasligi kerak. Ovali va roliklar uchidagi dia- metri katta-kichikligining farqi 5  dan ortiq, o‘rta qismining shishganligi esa 10  dan ortiq roliklar ishlatilmaydi. O‘sha asbobda roliklarning balandligi, ta'mirdan chiqqan podshipniklarning radial oralig‘i o‘lchanadi. Roliklar orasidagi, ular yuradigan yo‘li bilan tashqi va ichki halqalarining orasidagi masofa radial oraliq. Kilin- drli podshipniklar oralig‘i (erkin yurishi) maxsus asbob — plita lyuftomerda aniqlanadi. Podshipnikning ichki halqasi plitaga yotqizilib, bolt va shayba yordamida mahkamlanadi. Indikator shtiftini podshipnikning tashqi halqasiga tirab qo‘yib, podshipnik gorizontal tekislikda qo‘l bilan suriladi. Indikatorning qiymati pod- shipnik oralig‘ini ko‘rsatadi. Bunda to‘rt tarafi o‘lchanib olingach, ularning o‘rtacha qiymatining haqiqiy oralig‘i ma'lum bo‘ladi. Plita lyuftomerda podshipnikning o‘qi bo‘yicha oralig‘i ham tek- shiriladi.
136
62-rasm. Ultratovushning detal ichi- datarqalish chizmasi:
1 — detalning ichki qismidagi nosozlik; 2 — tekshiriladigan detal; S — pezoele- mentli shup; 4 — boshlanish impulsining ekranda ko‘rinishi; 5 — ekranda nosozlik joyining ko‘rinishi; 6 — orqa qismidan ko‘rinishining tarqalishi.



Podshipniklar ichki halqalarining diametri o‘qqa nisbatan 0,02—0,03 mm
ga kam bo‘lib, press yordamida kiydiriladi va o‘qda mustahkam o‘tirishi kafolatlangandan so‘ng labirint halqasi, masofa vtulkasi va oxirida gupchagi kiydirilgandan keyin qopqog‘i yopilib mahkamlanadi (62-rasm).



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish