Respublihasi


k6-§. Elektr tarkibning tortuv motorlarini korxonada ta’mirlash



Download 8,03 Mb.
bet25/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

k6-§. Elektr tarkibning tortuv motorlarini korxonada ta’mirlash


k6.1. Birinchi hajmdagi tub ta’mirlash ishlari — KP-1. Tarkib 600 ming km masofa bosib o‘tgandan so‘ng tub ta'mirlanishi kerak. Tub ta'mirlashning birinchi, ikkinchi bosqichlari mavjud. Tub ta'mirlashda tortuv elektr mashinalari o‘ramlarining chidamliligi, detal va qismlarining benuqson ishlashi ko‘zda tutiladi. Qismlarga ajratilgandan so‘ng, magnit qobig‘i va o‘rama g‘altaklari
112
ustki qoplamasini va shinalari qoplamasini sozlab, lok surib qo‘yiladi. Tortuv motorlari ostovining darz ketgan joylarini nap- lavka qilib, stanokda ishlov beriladi, so‘ng podshipnikning shiti o‘tiradigan joyi kattalashtirilib, naplavka qilinib ishlov beriladi va motorli-o‘q podshipniklar joyi tayyorlanadi, teshiklardagi rezbalar to‘g‘rilanadi.
Motorli-o‘q podshipniklarining buksalari ta'mirlanadi yoki almashtiriladi, bundan tashqari, kollektorning lyuki, shiti, setkasi, havo qopqoqlari, mahkamlash detallari va magnit qobig‘i ta'mir- lanadi.
Yakorini ta'mirlashda nosoz o‘qi, vtulkasi, rolikli va yog‘ o‘tkaz- maydigan halqasi, ventilatori va boshqa detallari yakorining eski o‘ramiga ziyon yetkazmaydigan qilib ta'mirlanadi. Yakor bandaji va o‘ramlarining chiqib ketmasligini saqlab turuvchi plastinkalari but bo‘lsa, joyida qoldiriladi. Yakor o‘ramiga ikki marta ter- moreaktiv lok suriladi, bunda birinchi marta havo so‘rib olinadigan vakuumda to‘yintiriladi. Kollektorini yo‘nib, plastinalarining arig‘i ochiladi va silliqlanadi. Yakori dinamik yo‘l bilan stanokda balan- sirovka qilinadi. Kirg‘aluvchi podshipniklari (juft g‘ildiraklar o‘qiga o‘rnatiladi) ta'mirlanadi, yaroqsizlari yangisiga almashtiriladi, cho‘tka ushlagichlari qismlarga ajratilib, ishga yaramaydiganlari almashtiriladi.
Ta'mirlashdan so‘ng mashina yig‘iladi va maxsus uskunada ishlashi tekshirilib, bo‘yab qo‘yiladi.
k6.k. Ikkinchi kapital hajmdagi ta’mirlash ishlari — KP-k. Ikkinchi kapital (KP-2) hajmdagi ta'mirlash ishlariga elektrovoz- lar 1200 va elektr poyezdlar esa 1800 ming km masofa bosib o‘tgandan so‘ng turadilar. Ularni ta'mirlash ishlari xuddi birinchi hajmdagi (KP-1) ishlarga o‘xshaydi, lekin bunda tortuv motorlari yakorining o‘ramlari to‘liq yangisiga almashtiriladi. Qolgan qism va detallari xuddi birinchi hajmdagi kapital ishlarga o‘xshab to‘liq bajariladi.
Birinchi kapital hajmdagi ta'mirlash ishlarni bajarish uchun 1400—2500 odam kuchi-soat talab qilsa, ikkinchi hajmdagi kapital ta'mirlash ishlari esa 3100—5000 odam kuchi-soatni tashkil qiladi. Ko‘rinib turibdiki, ikkinchi hajmdagi ishlar birinchi hajmdagi ishlar soniga nisbatan taxminan ikki barobar ko‘p.
k6.3. Villitli razryadniklar ishini tekshirish. Tarkibga villitli razryadniklarni o‘rnatishdan ilgari tokni o‘tkazish va uchqun

8—X.I. Nurxo‘jayev
113

orasidagi masofaning kuchlanish yo‘li bilan o‘tishi tekshiriladi. Tokni o‘lchash yo‘li bilan razryadnikning butunligi, shuntli qar- shiliklarining butligi va vintli diskalarining yaroqliligi tekshiriladi. Razryadnikning tok o‘tkazishini bilish uchun uni kuchlanish
4 kV tok to‘g‘rilagichiga ulab, mikroampermetr yordamida tok o‘tkazish qobiliyati tekshiriladi. Bunda tekshiradigan kuchlanish- ni yuqori aniqlik yo‘li bilan oshiriladi, chunki uning tok o‘tkazishga ta'siri katta bo‘ladi va 500—650 mA ni tashkil qiladi.
Kuchlanishning o‘tishini o‘zgaruvchan tok 50 Hz bilan o‘l- chanadi. Razryadnikning kuchlanish ostida ko‘p vaqt bo‘lishi shuntli qarshiliklarining qizib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin, bu vaqt 2—3 soniyadan oshmasligi kerak.
k6.4. Elektrovoz va elektr poyezdlarni ishlatish va ularni qishki mavsumga tayyorlash. Elektrovoz va elektr poyezdlarni benuqson ishlatish uchun unga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va yo‘lda to‘g‘ri ishlashiga katta ahamiyat berish lozim.
Tarkiblarga o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash ishlari ko‘pincha depo hamda korxona (zavod) rahbarlariga bog‘liq bo‘ladi.
Maxsus texnik xizmat ko‘rsatish punktlarida kecha-yu kunduz yuqori malakali chilangarlar bosh usta rahbarligida elektr tarkibga texnik xizmat ko‘rsatish punktlariga tarkib uchun ehtiyot qism, asbob va uskunalar yetkazib turadi.
Lokomotiv brigadalari xavfsizlik texnikasiga rioya qilgan holda poyezdni boshqarib boradi, asosiy qism va uskunalarini ishlatish tartibini kuzatib, poyezdning tashqi va ichki qismini toza tutgan holda yo‘lda uchraydigan nosozliklarni to‘g‘rilab, maxsus asbob va uskunalarni to‘g‘ri saqlashi lozim.
Lokomotiv brigadalari lokomotivning ishlash vaqtida quyidagi ishlarni bajarishi kerak:

  • yurish qismining to‘g‘ri ishlashini kuzatib borish va saq- lovchi ayrilariga ahamiyat berish;

  • tormozining richagli mexanizmini sozlash kerak bo‘lsa, kolodkalarni yangisiga almashtirish;

  • bo‘shab qolgan bolt va gaykalarni mahkamlash;

  • tomdagi uskunalarni va pantografni moylash;

  • mexanik qismini moylash;

  • tovush chiqaradigan uskunalarning to‘g‘ri ishlashini tek- shirish;

114

  • havo rezervuarlari va yog‘ ajratish mexanizmlaridan o‘z vaqtida nam havoni chiqarish;

  • havoning tirqishlardan chiqib ketishining oldini olish;

  • yuqori va past voltli saqlagichlarning ishini tekshirish va elektr apparatlar kontaktini tozalash;

  • izolatorlarning butligini tekshirish, ayniqsa, pantografining izolatorini artib tozalash;

  • qish faslida mexanik, pnevmatik va elektr apparatlarni qordan tozalash hamda boshqa ishlar kiradi.

Lokomotiv brigadalarni yo‘lda almashtirish tizimi bo‘yicha ishlaganda quyidagi keltirilgan ishlardan ayrimlari (tarkibning tomidagi ishlar va pantografi) maxsus texnik xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar tomonidan bajariladi.
Yo‘lda ishlash vaqtida va bekatlarda to‘xtab turgan paytda elektr hamda boshqa apparatlar va mexanizmlarning ishlash jarayonini tekshirib borish, ularni tuzatish ham lokomotiv brigadasi vazifasiga kiradi. Agar yo‘lda tarkib buzilib qolsa va uni tuzatishning iloji bo‘lmasa, darhol lokomotiv dispetcheriga xabar qilish lozim (ra- dioaloqa, telefon, stansiya xodimlari yoki boshqa lokomotiv mashinisti orqali).
Elektrovoz (elektr poyezd) mashinisti yo‘lda tarkibning ishdan chiqqanligi haqida depoga qaytgandan so‘ng depo boshlig‘iga yoki uning o‘rinbosariga yozma ma'lumot beradi. Lokomotivning qaysi qismi va apparatlarining ishdan chiqqani va qay ahvoldaligi to‘g‘risida to‘liq tushuntirish xati yozadi.
Lokomotivni qabul qilish va uni qayta topshirishni ro‘yxatda ko‘rsatilgandek va texnika xavfsizligiga rioya qilgan holda brigada qabul qiladi. Lokomotivni topshirish brigadasi tarkibni topshirishdan oldin to‘liq yoki qisman ekipirovka qilib, uni qabul qiluvchi brigadaga (yoki elektrovoz qoldiriladigan bo‘lsa, depo nozimiga) tarkibning holati bo‘yicha axborot beradi.
Agarda lokomotivni topshirish vaqtida mashinist tarkibning nosozligini o‘z vaqtida aytmasa, bunday holatlarda u javobgar bo‘lib qoladi.
Qabul qiluvchi brigada lokomotivning yurish qismiga alohida ahamiyat berib, asosiy qism va agregatlarning texnik yurish xavfsizliklariga ta'sir ko‘rsatuvchi asbob va uskunalari holatini hamda ularning plombalarini tekshiradi. Qabul qilish vaqtida uchrab qolgan nosozliklar har ikkala brigada yordamida ta'mir-

115
lanadi. Agar bu kamchiliklarni tuzata olishmasa, bunda tarkibni qabul qiluvchi brigada depo noziriga xabar qiladi.


Lokomotivga texnik xizmat ko‘rsatishda har ikkala brigada texnika jurnaliga qo‘l qo‘yishadi va elektr toki sarfini ko‘rsatadigan schotchikning ko‘rsatish qiymatini yozib qo‘yadilar. Lokomotiv- ga texnik xizmat ko‘rsatilganidan so‘ng mashinist texnik holatni ko‘rsatuvchi jurnalda bajarilgan ishlarni yozib qo‘yishi lozim.
Lokomotiv xo‘jaligining qish mavsumida uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun bahorgi — yozgi mavsumda depo bo‘yicha max- sus dastur tuzib, tekshiruv ishlari olib boriladi. Bunda o‘tgan qish mavsumida paydo bo‘lgan kamchiliklar tahlil qilinib, bo‘la- jak qishki mavsumga tayyorgarlik ishlari boshlab yuboriladi.
Qishki mavsumga tayyorlanish jarayonida ishlab chiqarish sexlari ta'mirdan chiqariladi. Bundan tashqari bug‘ qozonxona- lari, dam olish uylari ta'mirlanadi. Qishki mavsumga tayyorla- nishda quyidagi asosiy vazifalar bajariladi: tarkibning moylanadi- gan joylarini qishda ishlatadigan moyga o‘tkazish, tortuv va yordamchi mashinalarni hamda apparatlarga qor tushmasligining oldini olish, elektrolitning zichligini oshirish, qishga mo‘ljallan- gan rama va oynalarni qo‘yish, kabina va vagon salonlarini isitish hamda boshqa ishlar kiradi.



Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish