k1-§. Elektr apparatlarining qismlarini naplavka yo‘li bilan tiklash
Tarkib elektr apparatlarining ko‘p qismi rangli metallardan: mis, bronza, latun va aluminli materiallaridan ishlangan. Elektr apparatlari ishlashi natijasida bu detallar yeyiladi, darz ketishi, ezilishi va sinishi, kontaktorlarni toksizlantirish vaqtida chetlari erib ketishi, kuyishi va boshqa nosozliklar kelib chiqishi mumkin. Bunda ishdan chiqqan ulanmalar yangisiga almashtiriladi. Qisman yeyilganlarini tiklash mumkin. Ulanma chetlarining yeyilgan joyi tozalanadi va misni eritib gaz bilan payvandlanadi, so‘ng yuziga ishlov beriladi.
Richaglar, mis simli g‘altaklar, yoy o‘chirish kameralari, kontak- torlarning shoxlari va boshqa rangli metalldan ishlangan detallari dastavval maxsus elektr o‘choqlarda qizdirilib, yuzlariga metall kavsharlanadi va yana elektr o‘choqlarda bu jarayon davom ettiriladi, so‘ng asta-sekin sovitiladi. Metall kavsharlash yo‘li bilan tekislanadi.
Detallarning katta bo‘lib qolgan teshiklari, rezbasining buzilgan va darz ketgan joylari cho‘yan yoki po‘latdan ishlangan elektrodlar yordamida naplavka qilinadi. Cho‘yan bilan naplavka qilingan kulachokli shaybalari, guruhli perekluchatellarining o‘qi tiklanadi. Cho‘yanli detallar naplavka qilinishdan ilgari 300—400˚C gacha elektr pechlarda qizdiriladi, naplavka qilingach, pechlarning o‘zida xuddi rangli metallarga o‘xshatib sovitiladi. Bunda metallarning ichki kuchlari tenglashtirildi. Naplavka qilingan kulachokli shaybalar qoplamasi valga o‘rnatilib, ularga dastgohda ishlov
beriladi.
Elektr apparati detallarini payvandlashga tayyorlash, payvand- lash, elektrodini tanlab olish va qo‘shimcha materiallardan foyda- lanish, payvandlashni benuqson o‘tkazishning har bir holatida qat'iyan yo‘riqnomaga va payvandlash bo‘yicha ko‘rsatilgan qoidalarga rioya qilish talab etiladi.
kk-§. Elektrovoz va elektr poyezdlarning pantografini ta’mirlash
Qismlarga ajratish. Tok qabul qiluvchi pantograf tarkibdan tushirilgandan keyin, tozalanib, maxsus tumbalarga o‘rnatiladi. Bunda tumbalarning yuzi gorizontal holatda bir tekis turishi kerak. Pantografni qismlarga ajratish quyidagi tartibda bajariladi: eng
104
avvalo, tepadan sirg‘aluvchi plastinasi kran yordamida olinadi, tashqi va ichki prujinalari bo‘shatiladi, so‘ng tepa va pastki o‘qi va pnevmatik uzatmasi ajratiladi.
Pantografning detal va qismlari ajratib olinib tozalanadi va sinchkovlik bilan tekshirilib, nuqsonlari bartaraf etiladi.
kk.1. Ramasi. Tekshirish vaqtida ramaning payvandlangan choklariga katta ahamiyat berish kerak. Darz ketgan joylari qirqib olib tashlangandan so‘ng, yangi chok yuritiladi. Rama qiyshayib qolgan bo‘lsa, tekis plita ustida to‘g‘rilanadi. Yuqori kuchlanishli kabellarining uchlariga o‘rnatiladigan uchliklari tozalanib, qalay surtib qo‘yiladi. Maxsus chizg‘ich yordamida teshiklarining orasidagi masofa o‘lchanganda ularning orasida 3 mm dan ortiq farq bo‘lmasligi kerak.
Pantografning o‘qi chiqarilib tekshiriladi va o‘qining uchlari yeyilgan bo‘lsa, elektr payvandlash yordamida naplavka qilinib, chizmada ko‘rsatilganidek, dastgohda ishlov beriladi. Agar o‘qining uchlari kam yeyilgan bo‘lsa, unda xrom qoplash yo‘li bilan tiklash mumkin. O‘qlari bir-biriga parallel ramasiga esa perpendikular qilib o‘rnatiladi. Agarda podshipniklari bu holatda to‘g‘ri kelmasa, unda podshipniklarning o‘rni surilib, so‘ng mahkamlanadi va shtiftlab qo‘yiladi.
Richagli-prujina mexanizmi tekshiriladi. Bunda richaglari va sirg‘alarining teshiklari katta bo‘lib qolgan bo‘lsa, ularga bronzali vtulkalar o‘rnatib tiklanadi. Keyingi paytlarda ularning o‘rniga zoldirli podshipniklar o‘rnatilmoqda. Natijada pantografning ishlash jarayoni yengillashadi. Prujinalarining butligi va ularning tavsiflari tekshiriladi. Pantograf prujinasida qoldiq deformatsiyalari bo‘lishi mumkin emas.
kk.k. Pnevmatik uzatmasi. Pnevmatik (havo) silindri qismlarga ajratiladi, charm manjetlaridan tashqari hamma detallari kerosin vannasida yuviladi va silindrning ichki yuzi tekshiriladi, agar tirnalgan bo‘lsa, u holda ichki yuzi shlifovka qilinadi. Bundan tashqari, silindrning yuzi ortiqcha yoki konusli shaklida va ellips bo‘yicha yeyilgan bo‘lsa, u holda bu nuqsonlar xrom bilan qoplash va shlifovka qilish yo‘li bilan bartaraf etiladi. Porshen shtoki va richaglari yuradigan teshiklar katta bo‘lib qolgan bo‘lsa, ular naplavka qilinib, talabda ko‘rsatilgan o‘lchovlari to‘g‘rilanadi. Charmli manjetlari yaxshi bo‘lsa, yog‘ga to‘yintirilib, joyiga o‘rnatsa bo‘ladi, agar eski manjetlarini almashtirishga to‘g‘ri kelsa, hamma manjetlari bir yo‘lakay almashtiriladi.
105
Porshenning yurish yo‘lini chegaralash uchun har xil qalin- likdagi uzuklardan foydalanish mumkin. Kilindrdan havo chiqishi va chiqmasligi 0,6 MPa (6 atm) havo bosimi yordamida tekshiriladi. kk.3. Ramasi. Pantograf ramasi po‘lat choksiz quvurdan ish- langan bo‘lib, tashqi diametri 27 mm ni tashkil qiladi. Ta'mir- lashdan ilgari ramasining to‘g‘ri turganligi, darz ketmaganligi, ezilmaganligi va mufta yordamida mahkamlanganligi tekshiriladi. Korxonada bunday kamchiliklarga ega bo‘lgan ramalar yangisiga almashtirilishi kerak. Agar sharnir qismlari mahkamlanadigan teshiklari 17 mm dan oshib ketgan bo‘lsa, bu teshiklar 21 mm gacha kattalashtirilib, ularga bronzali vtulkalar o‘rnatiladi. Kharnirdagi oraliqlar orasiga shaybalar qo‘yib kamaytiriladi yoki yon tarafiga naplavka qilib, talabdagi o‘lchovlarga qarab tiklanadi. kk.4. Sirg‘aluvchi nakladkalari. Ta'mirlashdan ilgari misdan ishlangan sirg‘aluvchi yoki ko‘mir qo‘shib ishlangan nakladkalari tushiriladi. Darz ketgan joylari naplavka qilinib, bor mashina yordamida tozalanadi. Bunda har bir nakladka kesimi bo‘yicha bitta va uzunligi bo‘yicha o‘rta qismida ikkita darz ketgan joyi bo‘lishi mumkin. Nakladkaning naplavka qilingan joyi uchtadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Yangi nakladkalarning qalinligi 1,5—2 mm po‘lat misdan tayyorlangan sinchi otsinkovka qilinadi. Yig‘ishdan ilgari ularning qolipini tekshirish kerak. Qolipini to‘g‘rilash uchun
maxsus shablondan foydalaniladi.
Pantograf nakladkasini yig‘ish uchun uning sinchi stellajga o‘rnatilib, o‘rta qismi belgilab olinadi, so‘ng sinchiga o‘rnatib, mahkamlanadigan nakladkasi teshiklarining o‘rni belgilab olinadi. O‘rnatish bazasi qilib sinchining o‘rtasi olinib, unga konduktor kiygiziladi va belgilab olinadi, so‘ng dastgohga mahkamlanib, nakladka sinchi teshiladi, keyin misdan ishlangan nakladkasining sinchiga joylashtiriladi va mahkamlanadi. Nakladkalarni sinchining o‘rtasiga o‘rnatilib, vintlar yordamida mahkamlanadi.
kk.5. Izolatorlari. Izolatorlarini qo‘yib bo‘lgandan so‘ng ularning past qismidan yuqorisigacha bo‘lgan masofa o‘lchanadi. Izolator ramasi ramaga tegib turgan bo‘lishi kerak. Ularning dielektrik chidamliligini o‘zgaruvchan 50 Hz toki bilan 10 kV kuchlanish yordamida tekshiriladi.
kk.6. Pantografni yig‘ish va sozlash tartibi. Pantografni yig‘ish uning past qismiga silindrni o‘rnatishdan boshlanadi. Kilindrni gorizontal tekislikda to‘g‘ri o‘rnatish uchun tagiga qalinligi 4 mm
106
dan oshmagan qistirmalar o‘rnatilishi kerak, keyin quvuri o‘rnatilib, o‘qi ramaning past qismiga tashqi va ichki prujinalari, so‘ng tepa ramasi qistirilib, ularga sharnir detallari o‘rnatiladi va yig‘ilgan nakladkalari hamda yumshoq shuntlari mahkamlanadi. Ta'mirdan chiqqan va yig‘ilgan pantografni bemalol yuqoriga ko‘tarib-pastga tushirishni qo‘l yordamida bajarsa bo‘ladi, bunda pantografning ravon ishlashi talab etiladi. Nakladkalarning o‘z
o‘qi atrofida aylanish burchagi 30˚ dan kam bo‘lmasligi kerak.
Nakladkalarning tekislikka gorizontal joylashganligini o‘rtasi- ga 1000 mm uzunlikdagi temir chizg‘ich qo‘yib tekshiriladi.
Bunda nakladkalar ikki uchining o‘rta qismdan pastligi 10 mm ni tashkil qilishi kerak.
Pantografning ulanish simlarga me'yorli bosimini aniqlash uchun uning tavsifnomasidagi ko‘rsatkichlari dinamometr yordamida o‘lchanadi. Bundan tashqari, pantografning ko‘tarish va tushirish vaqtidagi bosimi ta'mirlash qoidalariga to‘g‘ri kelishi kerak. Pantograf xarakteristikalari 5-jadvalda keltirilgan:
5 -jadval
Ko‘rsatkichlar
|
Pantografning tiplari
|
SPP, 13PP
|
M-3
|
ДX-5K
|
ДX-4
|
Pantograf ulanish simlarining ish ja- rayonidagi diapazonlarida ko‘tarishda, kHz tushirishda, kHz
|
8
12
|
8
12
|
5,5
9,5
|
8
13
|
Havoning bosimi 0,35 MPa (3,5 kg/sm2) bo‘lganda pantograf yengil ko‘tarilishi va o‘z og‘irligi kuchi ostida pastga ravon tushishi kerak, so‘ng uning tashqi pnevmatik qismi tekshiriladi. 0,6— 07 MPa (6—7 kg/sm2) havo bosimi yordamida havo chiqish tirqishlari aniqlanadi. 1 atm havo bosimi ostida pantograf tik turishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |