Respublihasi


§. Elektrovoz va elektr poyezdning



Download 8,03 Mb.
bet19/50
Sana17.07.2022
Hajmi8,03 Mb.
#817476
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Elektrovozlar va elektr poyezdlarni ishlatish va ta\'mirlash asoslari (X.Nurxo\'jayev)

§. Elektrovoz va elektr poyezdning


kuch transformatorlarini ta’mirlash texnologiyasi
O‘zgaruvchan tokda ishlaydigan elektr tarkiblarda (BЛ 60 elektrovozi va SP9 turidagi elektr poyezdlarida) OЦP—5600/25
7—X.I. Nurxo‘jayev
97


44-rasm. OЦP-5600/25
kuch transformatorini ko‘tarish uskunasi:
1 — yelka; 2 — tros;
S — transformator.
va OЦP-1000/25 tokli kuch trans- formatorlari o‘rnatilgan (44-rasm). Bu transformatorlarning og‘ir ahvolda ish- lashi ko‘pincha quyidagi sabablar bilan izohlanadi: birmuncha yuklanishining notekisligi, tarkibning qiyin qo‘zg‘alishi, tormoz berishi, tarkibni vagonlarga ulash vaqtida sodir bo‘ladigan dinamik kuchlar ta'siri va h. k. Transformatorlarning kam- chiliklariga quyidagi nosozliklar kiradi: o‘rami qarshiligining pasayishi (5 M), darz ketgan va payvandlangan joylaridan yog‘ning oqib chiqishi, simlar mahkam- langan joyidan yog‘ning o‘tish hollari va h. k.
Transformatorlarni qismlarga ajratil- gandan so‘ng nuqsonlari tekshirilganda quyidagi nosozliklar uchrashi mumkin: past qismida cho‘kmalar va o‘ramlarining iflosligi, yog‘ o‘tadigan teshiklarining bitib qolishi; mo‘rt, qisqa tok chiqish izlari, o‘ram qoplamasining ishga yaroqsizligi va h. k.
Transformatorlarning ichki qismini chiqarib va chiqarmasdan ta'mirlash

mumkin. Transformatorlar usti yopiq joylarda ta'mirlanadi, joy namligi 75% dan oshmasligi kerak.
Transformator qismlarga ajratish va tekshirish uchun ko‘ta- rish uskunasiga o‘rnatilib (45-rasm), qopqog‘idan o‘tish reaktori tushiriladi va ta'mirlashga jo‘natiladi, so‘ng tiqinlaridan va krandan tamg‘alari tushirilib, termometrik ishorachisi ham tushiriladi. Khundan so‘ng yog‘i kran orqali idishga tushirilib, tozalashga yuboriladi va regeneratsiya qilinadi, so‘ng yog‘ oqish quvurlari, yog‘ nasos agregatlari, qopqog‘ining boltlari bo‘shatilib, transformatorning ichki qismi chiqariladi va toza yog‘ bilan yuvilib, so‘ng o‘ramining qoplamasi ko‘riladi.
O‘rami qoplamasining rangi, mo‘rtligi va elastikligi, tokning qisqa tutashuv joylari hamda mexanik nosozliklari tekshiriladi. G‘altak orasidagi qistirmalari, tenglashtirish o‘ramlarining ko‘riladigan joylari va bo‘yin to‘g‘risining qoplamasi, bakelitli silindrlari ham xuddi
98





  1. rasm. SP9 elektr poyezdi OЦP-1000/25 transformatorining umumiy ko‘rinishi:

1 — havo o‘tkazish patrubkasi; 2 — yog‘ nasosining privodi; S — yog‘ ko‘rsatkichi; 4 — yog‘ o‘tkazish patrubkasi; 5 — yog‘ni tushirish teshigi; 6 — yog‘ olish teshigi; 7 — yuqori voltli kabelni mahkamlash; 8 — kabelning chiqarish joyi; 9 — izolator; 10 — kabel chiqadigan joyining qopqog‘i; 11 — tovush chiqaradigan termometri; 12 — havo sovitgichi; 1S — transformatorni ko‘tarish uskunasi; 14 — transformatorni ko‘tarib turadigan balka; 15 — yog‘ quyish ventili; 16 — yog‘ nasosining kamerasi; 17 — yog‘ quyish joyining tiqini; 18 — sovitgichlar (radiatori); 19, 20 — sovitgichlar trubkasining krani.

shunday nazoratdan o‘tkaziladi. Ko‘ng past va yuqori kuchlanishli o‘ramlarining qarshiligi o‘lchanadi. Ularning qiymati 0,00100— 0,00450  bo‘lib, ko‘prik o‘lchash tizimi yoki volt-ampermetr yor- damida o‘lchamini olib, jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlar bilan solishtirib, qanday nosozliklar kelib chiqishini aniqlasa bo‘ladi.


Magnit o‘tkazuvchisining ko‘rinadigan paketli plastinalari, bo‘yinturug‘i, pastki plastinkalarining mahkamligi tekshiriladi. Ko‘ng megometr yordamida 2500 V kuchlanishda konsoli presslangan plastinkalarning magnit o‘tkazuvchisi orasidagi qarshilik o‘lchanadi. Bunda qarshiligi yangi zavoddan chiqqan qarshilikka nisbatan 30% dan kam bo‘lishi mumkin. Eng kam qoplamasining qarshiligi 5 M dan kam bo‘lmasligi kerak. Transformator bakining hamma joyi tekshirilib, yog‘ni sovitish uskunasi chiqariladi va toza yog‘ bilan yuviladi, so‘ng ta'mirlash ham mumkin. Bakining tagi cho‘k- malardan tozalanadi. Tagi toza qilib artiladi, so‘ng payvandlangan joylari obdan tekshiriladi. Darz ketgan joylari payvandlash yo‘li bilan ta'mirlanadi.
99
19.1. Transformatorning chiqarilgan qismini ta’mirlash.
Transformatorlarning ichki qismini chiqarib va chiqarmasdan ta'mirlash mumkin. Elektrovozlarni ta'mirlash korxonalarida ichki qismini chiqarib ta'mirlash birmuncha afzal hisoblanadi. Ichki qismini ta'mirlash quyidagi tartibda bajariladi. Transformatorning mahkamlangan qopqog‘i bo‘shatilib tushiriladi va o‘ramlari, bo‘yinturug‘ining plastinkalari bo‘shatiladi. O‘ramlari bo‘sha- tilgandan so‘ng sterjenlarining izolatsiyasi tushirilib, simlari va bakelit silindrlari ko‘zdan kechiriladi. O‘ramlari toza yog‘ bilan yuviladi va qayta quritilib tekshiriladi. Transformatorning chiqa- rilgan qismida quyidagi ta'mirlash ishlari bajariladi: magnit o‘tkazgichining hamma past va yuqori kuchlanishli o‘ramlari, bosh va bo‘ylama qoplamasi ta'mirlanadi.
Transformatorning o‘ramlarini ta'mirlash juda og‘ir ish hisob- lanadi. Bunda maxsus asbob va uskunalar, yuqori malakali ishchilarning mahorati talab etiladi. Khuning uchun bu yerda transformatorlarni ta'mirlash qoidalarini keltiramiz.
G‘altaklarining nosozligi har xil bo‘lishi mumkin: masalan, simining erib ketishi va kuyib qolish hollari bir yoki bir qancha o‘ramlarida uchraydi. Bundan tashqari, qo‘shni g‘altaklarnikiga ham o‘tishi mumkin. Bunday nosozliklarni g‘altak o‘ramlarini boshqatdan o‘ramasdan, kesib olib tashlash ham mumkin. G‘altagining eski simlarini tashlab yubormasdan, uni olovda kuydirib yangi qoplama o‘rnida ishlatsa bo‘ladi. Bakelitli silindrlarning yangisi yoki ta'mirlangani 3—4 soat davomida quritiladi, so‘ng yangi o‘ramlar texnologik yo‘riqnoma bo‘yicha tayyorlanadi. Yuqori va past voltli o‘ramlar quritishdan va loklashdan oldin elektr toki yordamida tekshiriladi, uni quritish va to‘yintirish ko‘rsatma qoida bo‘yicha bajariladi.
Transformatorning ta'mirdan chiqqan detal va qismlari quyidagi tartibda yig‘iladi: o‘ramini joyiga o‘rnatish, yuqori bo‘yinturug‘ini ish joyiga zapressovka qilish, transformator o‘rami va zanjirlarini mahkamlash, chiqarilgan qismini bakka o‘rnatish, qopqog‘ini boltlar yordamida mahkamlash, yog‘ sovitish tizimini yig‘ish va transformatorga toza yog‘ quyish.
Ta'mirdan chiqqan va yig‘ilgan transformatorning ishlashi tekshiriladi. O‘ramlari almashtirilmagan transformatorlar qoplamasining elektr tokiga chidamliligi va qarshiligi o‘lchanadi.
O‘ramlari to‘la va qisman almashtirilganda yuqori tekshiruv- dan tashqari elektr tokiga chidamliligini induktiv kuchlanish yo‘li
100
bilan tekshiriladi. Bundan tashqari, transformatorning salt ishlash va qisqa tutashuvga uzatish koeffitsiyenti hamda guruhli bog‘lanishi ham ko‘zdan kechiriladi.
Transformatorni sinov tekshiruvidan o‘tkazishdan oldin unga quyilgan yog‘ning GOKT 982—76 bo‘yicha 40 kV kuchlanishga chidamliligi razryadnik yordamida tekshirib ko‘rilib, o‘ramlari- ning qarshiligi yuqorida aytilgan tartibda aniqlanadi.
OЦP-5600/25 tipidagi ta'mirdan chiqqan transformatorini sinovdan o‘tkazish mahalida tokning sinusoidal kuchlanishi, 50 Hz elektr tokini 1 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Yuqori kuchlanishli o‘ramlar 53 kV kuchlanish bilan tekshirilishi kerak.
Transformatorning to‘satdan yuqori kuchlanishga chidamlili- gini oshirish uchun unga sharli razryadnik qo‘yiladi. U 110% ga ortiq kuchlanishga chidashi mumkin. Bunda sozlanadigan va sozlanmaydigan o‘ramlar past kuchlanishli 11—15 kV chamasida olinadi.
Transformatorning quvvati va salt ishlash toki ikki marta o‘lcha- nadi: nominal kuchlanishda 4120 V va 116% nominal kuchlanishda — 4780 V transformator quvvatining maksimal yo‘qo- tishi va salt ishlash toki quyidagicha qabul qilingan (4-jadval):
4-jadval



Kuchlanish, V

Tokning maksimal qiymati

Kalt ishlash toki

Kalt yurishini yo‘qotish

Yangisi

Ta'mirdan chiqqan

Yangisi

Ta'mirdan chiqqan

4120

33,0

43

10

11,5

4780

63,5

82,5

13

15

OЦP-5600/25 tipli transformatorning guruhli ulanishi quyi- dagicha:
Yuqori kuchlanishli o‘rami o‘ziga xizmat qiladigan guruhga 12 Yuqori kuchlanishli o‘rami —x1 = 1 12
Past kuchlanishli o‘rami —x2 = 5 6

Download 8,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish