34-§. Motor o‘ramlari, qobig‘i, qutb va flanslarini ta’mirlash
Depoda g‘altaklaridagi kamchiliklarni ostovidan chiqarilgan- dan so‘ng ta'mirlanadi. G‘altak zanjirlarining butligi va qop- lamalarining qarshiligini ostoviga nisbatan megometr asbobi bilan tekshiriladi. Kontakt yo‘li bilan birlashgan joylari va g‘altakka ulangan joylari o‘zgarmas tok yordamida 69-rasmda ko‘rsatilgan sxema orqali tekshiriladi.
Bunda qutblar g‘altagini ketma-ket qilib o‘zgarmas qarshilik P3 ga ulab, vikluchatel P 2 ni
ishga tushirib, G — generator
kuchlanishini ko‘tarib, tok qiymati maksimal ko‘tarila- di. Qurilmaning g‘altaklarini silkitib, ampermetrga qarala- di, agar strelkasi tez o‘zgarib tursa, bu holat kamchilik borligini ko‘rsatadi. Kimlar-
ning payvandlangan joylari qizib ketish yo‘li bilan kam-
10—X.I. Nurxo‘jayev
rasm. Kontakt va g‘altakka ulangan joylarni tekshirish sxemasi.
145
chiliklarni aniqlasa ham bo‘ladi. Ko‘ng reostat Pп va potensiometr P yordamida voltmetr hamda galvanometrni nolga qo‘yib,
vikluchatellar P1., P11 va perekluchatel P ni neytral holatga qo‘yi-
1 1 1
п
ladi. Reostat P va vikluchatel P1 yordamida zanjirning ayrim
qismlarini va boshqa elektr mashinalarning g‘altaklarini ham tek- shirsa bo‘ladi.
Elektr mashinalarning g‘altaklarini to‘liq tekshirish uchun ulardan maksimal (ikki marta oshirilgan) tok ikki daqiqa davomida o‘tkaziladi va yordamchi mashinalarda 1,5 baravar ko‘paytiriladi. Zanjir but bo‘lsa, uning qarshiligi tez o‘zgarmaydi va voltmetr, ampermetr strelkalari qimirlamaydi.
Ko‘zga ko‘rinmaydigan g‘altaklardagi kamchiliklar kuchlani- shining pasayishi natijasi nominal tok yordamida aniqlanadi.
Bosh qutbining har bir qobig‘ining qalinligi 1—1,5 mm bo‘lib, shtampovka yo‘li bilan tayyorlanadi, ularni bir-biriga zaklyopka yo‘li bilan mahkamlanadi. Ularni Cт2 (GOKT 3680—57) va po‘latdan S 11, S 12 va magnit o‘tkazuvchanligini oshirish uchun S 310 va S 330 dan tayyorlanadi. Qo‘shimcha qobiqlariga esa 25L (GOKT 977—65) po‘latdan ishlanadi.
Qutbni mahkamlaydigan boltlarini rezbali kalibr yordamida tekshiriladi, u Cт. 45 (GOKT 1050—60) materiali asosida tayyorlanib, termoobrabotka qilinadi va cho‘zilishi 50 kg/mm2 ga teng. Ularda darz ketish hollarini aniqlash uchun ultratovush defektoskopidan foydalaniladi. Bunda defektoskopning shupini va bolt yuzini tozalab, uning ustini kompressor yog‘i bilan yog‘lab, so‘ng kontakt hosil qilinadi. Noto‘g‘ri signal hosil bo‘lmasligi uchun boltning yuzi tekis va o‘zagiga perpendikular bo‘lishi shart. Ultratovush to‘lqinlari bolt yuzidan oxirigacha o‘tib, ekranda to‘g‘ri chiziqli impuls ko‘rinadi. Agar boltda yoriqlar bo‘lsa, u holda ekranda qo‘shimcha impuls paydo bo‘lib, boltda yoriqlar borligini aniqlaydi va bunday bolt tashlab yuboriladi.
Qutblarining flanslari va yarim flanslari yuqori sortli 75F po‘latdan, ramkalari esa Cт 45 po‘latdan ishlangan va ularning korxonada almashtirilishi 30—40% va yordamchi mashinalarida esa 15—20% ni tashkil qiladi.
Cho‘tka ushlagichlari kronshteynlarining qoplamasi sluda materialidan bo‘lib, korpusi darz ketgan, qoplamasi teshilgan, panjalari bo‘shab qolgan bo‘lsa, unda to‘liq qismlarga ajratiladi.
146
Kronshteyn qoplamasining sovuq holda qarshiligi 100 M, uni 120—160˚C haroratda quritiladi va talabga javob bermasa, u ham raspressovka qilinadi. Kronshteyn shoxini shablon yordamida, rezbalarini esa kalibr bilan tekshiriladi. Kronshteynlarni va cho‘tka ushlagichlarini ta'mirlashda maxsus uskunadan foydalaniladi.
Tayyorlangan kronshteynlarni 150—160˚C haroratda 3 soat davomida pechlarda quritilib, qoplamasining qarshiligi o‘lchanadi va panjaralari qoplamasining ustidan gliftal laki surib qo‘yiladi, so‘ngra mikanitli vtulkasi kiydirilib, forforli izolatorlari o‘rnatiladi. Cho‘tka ushlagichlarning korpusi ЛC-59-1Л (GOKT 1019— 92) jezdan ishlangan bo‘lib, ЛK-80-3 eritmasi yordamida yog‘sizlantiriladi. 10—15% kaustikli issiq (80—90˚C) suvda yuvi- ladi, so‘ng qum yordamida va azot-fosforli eritmada tozalanadi. Korpusdagi darz ketgan joylariga ishlov berilib, korpusi 300— 350˚C gacha qizdiriladi va avtogen yordamida Л—62 jezli sim 70% li bura flus orasida eritilib, unga 20% natriy xlor va 10% bo‘r kislota qo‘shiladi. Cho‘tkalari turadigan joylarini moslab, o‘lchovlari to‘g‘rilanadi. Mislangan joylarini issiq va sovuq suv bilan yuvilib, quritiladi, so‘ng oynalari po‘lat kalibr yordamida to‘g‘rilanadi va cho‘tka ushlagichlarning ichi olovga chidamli
elektroemal bilan qoplanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |