Elektr quvvati poyezdni harakatga keltirish (tortuv motorlari- ni harakatlantirish uchun) va tarkibning o‘z ehtiyojiga sarflanadi. Elektr quvvatining tortuv motorlariga sarflanadigan qiymatini
AT deb belgilasak, uni ko‘pincha chizma-analitik yo‘l bilan aniqlash mumkin:
A = Uc (J esr t) ,
T 60 1000
kW·s,
bu yerda: J esr — o‘zgarmas tokda ishlaydigan elektr tarkibining o‘rtacha toki yoki o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan o‘rtacha aktiv toki;
Δt — elektr tokining to‘g‘ri chiziq bo‘yicha ishlaydigan vaqt
miqdori;
koeffitsiyentlar: 60 — daqiqani soatga aylantirish va 1000 — vattni kilovattga aylantirish soni.
153
Khunday qilib, ulanish simidagi kuchlanish o‘zgarmagan holda uni masofani bosib o‘tishi va ishlash vaqtidan aniqlasa bo‘ladi.
Bunda o‘rtacha elektr toki sarflanishini Jesr vaqt birligi Δt ni yuqoridagi formulaga qo‘yib, tortuv motorlari sarflaydigan quvvati
aniqlanadi.
Elektr tokini tarkibning o‘z ehtiyojlariga sarflash yordamchi mashinalarni yurgazish, boshqarish uchun sarflangan quvvat va yoritish quvvatidan iborat.
Qoida bo‘yicha tarkib poyezdlar bilan ishlash jarayonida o‘z ehtiyojlari uchun 1 soat davomida sarflaydigan elektr quvvati quyidagicha belgilangan:
Elektrovozlar
— » —
|
BЛ19,BЛ22,BЛ22M
BЛ23, UC2
|
35 kW/soat.
50 —“—
|
— » —
|
UC1,UC3
|
30 —“—
|
— » —
|
BЛ8
|
55 —“—
|
— »
|
BЛ60, BЛ60K,UC4
|
100 —“—
|
— » —
|
BЛ80K
|
210 —“—
|
— » —
|
Ф, Фн
|
130 —“—
|
Elektr poyezdlar SP1 SP2 (o‘n vagonli) 55 —“—
— » — SP9P, SP9E“ 65 —“—
Harorat past vaqtida bu sarflarga elektrovozlarni ishlatish uchun 4—8 kW va elektr poyezdlarga SP1, SP2, SP9 ga qo‘shimcha 175 kW quvvat, bundan tashqari, elektr poyezdning vagonlarini yoritish uchun qo‘shimcha 18 kWquvvat ajratiladi. Khuni hisobga olib, o‘zgaruvchan tokda ishlaydigan tarkibning o‘z ehtiyojiga AS 3% hisobida At qiymatidan va o‘zgarmas tokda ishlaydigan tarkibga 2% qo‘shimcha quvvat ajratiladi. Tarkibning depo izlarida va saralash ishlari harakatlanishiga ham qo‘shimcha Am quvvat ajratiladi.
To‘liq sarflanadigan quvvat quyidagicha topiladi: A = At + Ae + Am, kW·soat.
To‘liq sarflanadigan elektr quvvati, tortuv podstansiyalari kirave-
rish bo‘g‘inida quyidagicha bo‘ladi:
Akb
= A kW soat.
yks yns
ks — ulanish simlaridan foydalanish koeffitsiyenti (taxminan
0,9 deb qabul qilinadi);
154
Nps — tortuv podstansiyalarining foydali ish koeffitsiyenti (0,92—0,95) qabul qilinadi.
Elektr quvvati to‘liq sarflanishidan tashqari, uning solishtirma sarflanishidan foydalanish afzal hisoblanadi a, bunda tarkibning 1 t massa og‘irligini 1 km masofaga (tkm) hisoblash amalda qulaylik tug‘diradi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
a = 1000A , W·soat/tkm
e QS
Elektr quvvatining solishtirma sarfi kW-soatda bo‘lib, 10 000 tkm ko‘rsatkichga hisoblanadi.
Rekuperatsiya (qayta tok ishlab chiqarish vaqtida) yo‘li bilan qayta tok ishlab chiqarilib, yuqori ulanish simlariga uzatilganda uning qiymati umumiy sarf etilgan quvvatdan chiqarib tashlanadi. Bunda sarflanadigan umumiy quvvat qiymati birmuncha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |