13-Ma'ruza.
Elektr stansiyalar va podstansiyalarning prinsipial elektr
sxemalari.
Reja:
1.Elektr podstansiyalarning sxemasiga qo'yiladigan talablar.
Belgilangan ish holatlarini ta’minlash uchun elektr stansiyalari va podstansiyalari turli
yordamchi tizimlar va qurilmalar bilan jihozlanadi. Ularga o‘ziga xos avtomatlashgan
ma’lumot-boshqaruv majmuasini aks ettiruvchi o‘lchash (
O‘
), nazorat qilish (
N
),
signallash (
S
) va boshqarish (
B
) tizimlari kiradi. Bu tizimlar maxsus ta’minlash
manbalarini talab etadi.
YOrdamchi tizimlar, inson-operator (
IO
) va boshqariluvchi ob’ektlarning o‘zaro
bog‘lanishini ifodalovchi tuzilma sxemasi 8.28- rasmda tasvirlangan.
8.28-rasm. Yordamchi tizimlar, inson-operator va boshqariluvchi ob’ektlarning o‘zaro bog‘lanish
tuzilma sxemasi.
O‘lchash tizimi boshqariluvchi ob’ektning holat parametrlari haqida ma’lumot
olinishini ta’minlaydi.
Nazorat qilish tizimi nazorat qilinuvchi parametrlarning qiymatlari yoki ularni
belgilangan qo‘yilmalardan og‘ishlarini qayta ishlash va baholashni amalga oshiradi.
Signallash tizimi inson-operatorni u uchun zarur bo‘lgan elektr stansiyasi yoki
podstansiyasida o‘rnatilgan elektr apparatlarining holatlari, ob’ektning ish holatini
talab etilgan holatdan og‘ishi, jihozlarning o‘ta yuklanishlari, elektr stansiyasi yoki
podstansiyasining elektr qismi turli elementlarining normal ishlashini buzilishi,
o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarida erga tutashuvlar, operativ tok
zanjirlaridagi nomozliklar (uzilishlar, izolyasiya darajasining pasayishi va sh.k.) hamda
elektr uskunasida sodir bo‘lgan avariyalar haqida ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Boshqarish tizimi boshqariluvchi ob’ektga optimal ta’sirni ta’minlashi zarur.
Boshqarish qo‘lda (inson-operator tomonidan) yoki avtomatik (avtomatika tizimi
tomonidan) amalga oshirilib, u uzluksiz yoki diskret bo‘lishi mumkin.
O‘lchash tizimi va qurilmalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- elektrotexnik parametrlar (tok, kuchlanish, chastota, quvvat, elektr energiyasi
va sh.k.)ni o‘lchaydi;
- mexanik, ximik, texnologik parametrlar (aylanish chastotasi, titrash, bosim,
harorat, turli muhitlarning zichligi va kimyoviy tarkibi, suyuqliklar, gazlar va qattiq
jismlarning sarfi va sh.k.)ni o‘lchaydi.
Nazorat qilish tizimi va qurilmalari quyidagilarni nazorat qilishni ta’minlaydi:
- elektr uskunalari elementlari (generatorlar, sinxron kompensatorlar, elektr
motorlari, transformatorlar, elektr uzatish liniyalari, reaktorlar va sh.k.)ning ish
holatlari, o‘ta yuklanishlarning mavjudligi, bir holatdan boshqasiga o‘tishning
mumkinligi;
- kommutatsiya apparatlari (uzgichlar, ajratkichlar va h.k.)ning holatlari;
- elektr tizimi elementlarining holat parametrlari (tugunlardagi kuchlanishlar,
zandirlarning toklari, tarmoqdagi chastota, elektr jihozlarining turli qismlaridagi
harorat va h.k.);
- o‘zgaruvchan tok kuch zanjirlari izolyasiyasining holati;
- operativ tok zanjirlari izolyasiyasining holati;
- elektr uskunasi va uning elementlarini belgilangan ish holatlarining
ta’minlanish stabilligi;
- ishlab chiyoki iste’mol qilingan elektr energiya miqdori;
- elektr uskunalirining navbatchi xodimlari tomnidan bajarilgan amallarning
to‘g‘riligi.
Signallash tizimi va qurilmalari quyidagilar haqida navbatchi xodimni u yoki bu
usulda xabardor qiladi:
- elektr uskunasi yoki uning elementlarini holatlarini belgilangan holatdan
og‘ishi;
- jihojning o‘ta yuklanishlari;
- o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlari izolyasiyasining buzilish;
- operativ tok zanjirlarida saqlagichlarning nosozligi haqida;
- kommutatsiya
apparatlarining holatlari;
- jihozning ish holatini o‘zgartirishga va texnologik yoki elektr sxemalarda
almashlab ulashlarga tayyorligi;
- navbatchi xodimning elektr uskunasini boshqarish bo‘yicha noto‘g‘ri faoliyati.
Boshqarish tizimi va qurilmalari quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- elektr stansiyalarining generatorlarini ishga tushirish, tarmoq bilan
sinxronlash va unga ulash;
- elektr tizimi elementlarini tarmoqqa ulash va uzish;
- elektr uskunalarining taqsimlash qurilmalaridagi uzgich va ajratkichlarga ta’sir
etish ulash va uzish amallarini bajarish;
- elektr stansiyalari va podstansiyalari elementlarining aktiv va reaktiv
yuklamalarini o‘zgartirish;
- elektr uskunasining ish holatini o‘zgartirish.