3-amaliy mashg`ulot mavzu: tokarlik dastgoxining shpindellarini tayyorlash



Download 188,46 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.04.2022
Hajmi188,46 Kb.
#570639
Bog'liq
3-amaliy



3-AMALIY MASHG`ULOT
 
MAVZU: TOKARLIK DASTGOXINING SHPINDELLARINI TAYYORLASH 
Shpindel konstruktsiyasi: shpindel (3.1.rasm)da keltirilgan ko’rinish tokarlik 
dastgoxining eng javobgar qismlaridan biri xisoblanadi. Uning konstruktsiyasi asosan 
bo’sh tana, po’latdan tayyorlangan val 1, bosh qismida oldingi markaz kiygiziladigan 
teshik 5, unga boshqa opravkalar xam qo’yilishi mumkin bo’lgan moslamadan 
iborat. Tana qismi ochiq o’tuvchi teshikdan 7 iborat bo’lib, u uzun prutok 
(zagatovkalarni) o’tkazib ishlov berish va markaz ochish uchun xizmat qiladi. 
Shpindelning oldingi qismda aniq rezba ochilgan bo’lib 4, unga patron va planshayba 
qotirish mumkin, ushbu rezbadan keyin bo’yin (sheyka 6 va burma (burtik) 3 
o’yilgan bo’lib u patronni markazlash uchun xizmat qiladi. Dastgoxning o’zida yana 
shpindelni qotirish uchun kanavka (ariqcha) 2 ochilgan bo’lib, u patronni oldindan 
saqlagichi bo’lib u o’z o’zidan yechilib ketishdan saqlaydi. 
3.1. rasm 1A62 modeli tokarlik – vintkesar dastgoxining shpindeli va uning 
podshibnigi. 
a) Shpindelning umumiy ko’rinishi; 
b) Orqa podshibnik ; 
v) Oldingi podshibnik;
Shpindel podshipniklarda oldingi babkada aylanadi va ishlov berilayotgan detalni 
aylantiradi. Tokarlik dastgoxlarida shpindel asosan sirpanish podshipniklarida 
aylanib, 
tezligi 
yuqori 
dastgoxlarda 
esa 
shpindellar 
asosan 
tebranishli 
podshipniklarda (sharikli va rolikli) aylanadi, qaysiki o’zida yuqori bikrlik 


xususiyatiga ega podshipnikdir. 
Tokarlik dastgoxida ishlov berilayotgan maxsulotga aniq ishlov berish uchun – 
shpindelni to’g’ri aylanishiga bog’liq bo’ladi. Buning uchun shpindelga yuklar 
tushganda podshipniklari xech qanday lyuft (qochish) bo’lmasligi, yengil va 
nuqsonlarsiz aylanishini o’z o’qi va radial yo’nalishida aylanishini taminlash kerak. 
Aks xolatda ishlov berilayotgan yuzalarda noaniqliklar va maxsulot talabga javob 
bermasligi mumkin. 
Oldingi podshipnik 3.1 rasmda keltirilgan tokarlik dastgoxining ketingi 
podshipnikdan ko’ra yuk ko’proq va javobgarlik natijasi yuqoriroq bo’lgan ikki 
qatorli rolik podshipnik 9, shpindelning yakuniy bo’g’ini 8 bo’ynida aylanib, unga 
majburiy yog’lanish tizimi nasoslar orqali yog’lar jo’natilib, bachokda tezliklar 
qutisida joylashtiriladi. Ichki yakuniy xalqa (koltso) 10 rolikni podshipnik shpindel 
bo’yin qismida joylashtirilgan bo’ladi. Shpindelning ketidagi podshipnik asosan o’q 
yo’nalishidagi kuchlanishlarni qabul qilib aylanishlarni bir maromda tarqatishdan 
iborat. 
Shpindellar tayyorlanishi uchun asosiy texnologik shartlar: 
-
Tayanuvchi bo’yinlar diametr o’lchamlari va ishlovchi yuzalarning aniqligi IT6 
talablarida bo’lishi kerak; Oddiy dastgoxlar uchun berilgan yuzalar geometrik 
formalari xatoliklari 0,01 mm, yuqori aniqlikdagi dastgoxlarga esa 0, 003 – 0, 
005mm, pretsizion dastgoxlar uchun 0, 001 – 0, 003mm ruxsat etilgan. 
-
Tayanch bo’yinli va ishlovchi yuzalarning o’qlari og’ishi 0,006-0,001 mm; 
-
Tayanch bo’yinlari tozaliklari Ra=0,32-0,04mkm, va ishlov beruvchi 
yuzalarning tozaliklari Ra=0,63-0,04 mkm; 
-
Tayanch bo’yinlar va ishlovchi yuzalar ustki qattiqligi HRC oralig’ida 55-69 
HRC 
Shpindel zagatovkalari materiali va olish usullari. 
Shpindel tayyorlash uchun materiallarni tanlash dastgox turiga va shpindelning 
ishlash uslubiga qarab tanlanadi. 
Shpidelning ishqalanuvchi tayanchda qatirilishiga qarab material nafaqat mustaxkam 
va qattiq balki yuqori ishqalanishga chidamli xam bo’lishi lozim. Bunday shpindelni 
tayyorlash uchun konstruktsion po’lat 45, toblangan va yuqori damlangan bo’lishi 


kerak. Yuqori talablarga ega bo’lgan shpindellarni esa Po’lat 40X, 40XN, ba’zi 
xollarda oz uglerodli po’latlar turlari 20X tsementatsiyalangan, toblangan va 
damlangan po’latlardan, qaysiki ishlanuvchi yuzalarning yuqori qattiqligini 
taminlaydi. 
Juda ko’p ishlatiladigan shpindellar uchun margantsitlangan po’lat turi 50G2, 
normallashgan va toblanib-damlangan po’latlardan tayyorlanadi. O’ta aniqlik va 
yuqori oborot tezliklarda ishlaydigan shpindellar Po’lat 12XN3 va Po’lat 35 XM10A 
azotlashtirilgan po’latlardan tayyorlanadi. 
Oddiy ish sharoitida ishlaydigan tokarlik dastgoxlarida shpindellar yuqori 
mustaxkam magniylik cho’yanlardan cho’yanlardan tayyorlansa, bo’sh tanali og’ir 
dastgoxlar shpindellari ba’zi xollarda quyma kulrang cho’yandan SCH15, SCH21 
ba’zan modifikatsiyalangan cho’yanlardan tayyorlangan. 
Ishlab chiqarish dasturiga qarab shpindel tayyorlash uchun zagatovkalar 
pokovka, po’lat quymalar, prutok materiallar va trubalardan tayyorlanadi. 
 
 ISHNI BAJARISH TARTIBI 
1.
Tokarlik va frezerlik dastgoxlarida shpindellar o’rni va sxematik ko’rinishlarini 
chizish. 
2.
Dastgoxlarni kinematik sxemalariga izox berish. 

Download 188,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish