PAYVANDLASH VA HESISHNI ME'YORLASH
GAZ BILAN PAYVANDLASH VA HESISH USULLARINI ME'YORLASH
Ikki xil me'yorlash mavjud: vaqt me'yori va ishlab chiqarish me'yori. Vaqt me'yori ma'lum miqdor detalni sifatli qilib bajarish uchun ishchining sarflashiga yo‘l qo‘yiladigan vaqt miqdoridir. Ishlab Ghiqarish me'yori esa vaqt birligi ichida bajarilishi mumkin bo‘lgan detallar miqdoridir. Ishlab chiqarish me'yori ko‘pincha payvandlash uchun pogon metrlarda, eritib qoplashda esa bir soat ichida eritib qoplanadigan metallning kilogrammda ifodalangan miqdori bilan belgilanadi. Me'yorlar vositasida mehnatga haq to‘lash rostlanadi.
Vaqt me'yori T quyidagi elementlardan tashkil topadi:
tayyorlash-tugallash vaqti tt; bu vaqt buyumlar partiyasiga beriladi va topshiriq olish, ko‘rsatmadan o‘tish, ish bilan tanishish, moslamalar hamda jihozlarni tayyorlash, ishni topshirish vaqtlaridan iborat bo‘ladi;
asosiy vaqt ta detalga yoki l m chokka yoxud l m metallni kesishga beriladi; asosiy vaqt deb, faqat payvandlash yoki kesish jarayonining o‘ziga (shu jumladan, ishni boshlashdan oldin metallni qizdirishga) sarflanadigan vaqtga aytiladi;
yordamchi vaqt ty chokni o‘lchash va ko‘zdan kechi- rishga, qirralar hamda choklarni tozalash, buyumni o‘rnatish va olib qo‘yish, choklarni tamg‘alash, boshqa payvandlash joyiga o‘tish, dam olish va hokazo ishlarga sarflanadigan vaqtlarni hisobga oladi;
ish o‘rnida xizmat qilish uchun qo‘shimcha vaqt tq (asboblarni joy-joyiga qo‘yish va yig‘ish, ballonlarni almashtirish, shlanglar kiygizish, gazlar bosimini rostlash).
T = tt + ta + ty + tq.
Vaqt me'yorlarini belgilashda sex (korxona) ning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, jihozlarning eng unumli ish rejimlarini hamda mazkur shart-sharoitlarga eng qulay ish
230
usullari va mehnatni tashkil etish shakllarini to‘la hisobga olish zarur.
Asosiy vaqt payvandlanadigan metallning xili va qalinligiga, gorelka quvvati, chokning fazodagi holati hamda payvandchi malakasiga bog‘liqdir. Kesishda asosiy vaqt kesiladigan metall qalinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Payvandlash uchun sarflanadigan umumiy vaqtni topish uchun avvalo asosiy vaqtni topib, unga «a», «b», «e» ele- mentlar bo‘yicha sarflanadigan qo‘shimcha vaqtlarni qo‘shish kerak.
Gaz bilan payvandlashda asosiy vaqt daqiqa hisobida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
t0 = K · s, daq/mm,
bu yerda: s — payvandlanadigan metall qalinligi, mm;
K — payvandlanadigan metall turiga bog‘liq bo‘lgan koeffitsiyent (koeffitsiyent qiymatlari quyidagicha olinadi: kam uglerodli po‘lat uchun K = 4 — 5; legirlangan po‘lat, cho‘yan, jez va bronza uchun K = 6; mis uchun K = 3,5; aluminiy va uning qotishmalari uchun K = 4).
Kislorod bilan kesish uchun sarflanadigan asosiy vaqt (daqiqa hisobida) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
t L ,
0 v
bu yerda: L — kesish uzunligi, mm; v — kesish tezligi, mm/daq.
Kesish tezligi kesish rejimlari jadvallaridagi ma'lumotlar bo‘yicha olinadi.
Asetilendan foydalanib kesishda metallni tunuka qirrasining bosh nuqtasida qizdirish uchun sarflanadigan vaqt qalinligi l0 — 20 mm po‘lat uchun 5 — l0 sek.; qalinligi 20 — l00 mm po‘lat uchun 7 — 25 sek.; qalinligi l00 — 200 mm po‘lat uchun 25 — 40 sek. ni tashkil etadi. Kerosindan foydalanib kesishda bu vaqtni 30%, asetilen o‘rnida ishlatiladigan gazlar yordamida kesishda 40 — 60 % oshirish kerak bo‘ladi.
231
Do'stlaringiz bilan baham: |